This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Bu yaxshi bulishi mumkin bir tomonlama lekin boshqa viloyatga kirganlarning pul masalasi buyicha sharoiti yetari bor, yetmasi bor. Men bilganlarning ko'pchligi bazo'r kontrakt to'lab o'qiyapdi.
Shu tomonlarini ham hisobga olip qaror qabul qilgan yaxshi
Lobar Pulatova
Ózini yónalishiga yashash joyiga perevodni cheklamaslik kerak hech bólmasa,shunda sal adolatli qaror bóladi!
𝗚𝘂𝗹𝘇𝗼𝗱𝗮𝘅𝗼𝗻 𝗙𝗜𝗡𝗚-2152
UMIDJON
Assalomu alaykum men boshqa viloyatda o'qiyman o'zimizning viloyatga o'zim o'qiyotgan yo'nalishga ham perevod qilolmaymizmi endi
Men ham shunday tushundim. Men ham Toshkentda oʻqiyman oʻzimni viloyatimga perevod qilmoqchi edim
𝗚𝘂𝗹𝘇𝗼𝗱𝗮𝘅𝗼𝗻 𝗙𝗜𝗡𝗚-2152
Lobar Pulatova
Ózini yónalishiga yashash joyiga perevodni cheklamaslik kerak hech bólmasa,shunda sal adolatli qaror bóladi!
Men ham fikrizga qoʻshilaman
UMIDJON
Nimaga hech bo'lmasa o'zimizning yo'nalishga perevod qilishga ruxsat berishsin
Lobar Pulatova
Aniq katta janjal norozilik kutyabdi bularni agar shu qaror tasdiqlansa,chunki eshitdim uje ota onala bormoqchi urish qilib vazirlikka
Lobar Pulatova
Muhokamaga qóymasdan faqat ózi shuncha yoshlarni taqdirini belgilashga haqqi yóq hechkimni!!!
UMIDJON
Biz talabalarning ham fikrimizni ham inobatga olishsin
🇺🇿🇺🇿🌟🌟OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI🌟🌟🇺🇿🇺🇿
Bizda barini qilsa boʻladi endi bular turdosh fakultet boʻlsa ham super qilib pul undirmoqchi xalqdan
Adolatli qaror qabul qilib boshqa viloyatdan kelgan uchun perevod bo‘lishi kerak
Yaxshi bo'libdi o'zlaricha past ball bn universitetga kirvolib, yana osmondi ko'zlaganlarni yerga tushiradigan payt edi.
Ibrohim
Bu xorijdan perevodga taaluqlimi
Eeee nima deyabdi bu sharoiti tòģri kelmaydiganlar bor ular boshqa viloyatda òqishga qiynaladi xalqni òylaysizlarmi
Bu qaror wu yildan kucga kiradimi yoki 2023 yildanmi
Tg kanaliga qanaqa utiladi
Show next 100 comments