This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Bu qonun juda adolatsiz ,2023 oquv yilidan qilsin edi,meni oglim Fargonada oqiydi,ozimiz Surxondaryodan bir yilda 1 marta uyga keldi,yol kira qimmat,bir qizim matematikada kontraktda oqiydi,2 nafar farzandim oqiydi,yolgiz ayolman boshlangich sinf oqituvchisiman,oglim informatikaga qiziqadi bu yil ,politexnika institutida oqiydi perevod qilmoqchi edik ,Toshkentga Surxondaryoda u oqiydigan yonalishfa ish umuman yoq,kim shu qonninni oylab topgan bolsa ,5 vaqt nomozimda xudoga solaman,bechora talabalar uzoq joyda qanday kun kechiganini biladimi shu qonunni chiqsrganlar,bechora talabalar shanba kuni ishlaydi,qish kunlarofa 30 tonna yuk tushirishgan bechoralarni qoliga 30 mingdan pul bergan insofsiz tadbirkor,oglim hech qachon aytmagan edi,yiglab aytdi bir haftadan beri ovqat qolganimiz yoq,rolton eb yuribmiz deb uyalganidan ogil bolaman deb aytmabdi,bir necha marta xojatxona tozalashga majbur bolibdi,uzoqda ,otadiz owish onson emas barakatopkurlar,agar shu wonunni oldiroq chiqsrganda oglimni Fargonada shuncha qiyinchilik bilan oqitmas edim iltimos yanagi yildan qollasin bu qonunini,qarz olib bolsa ham Prezidentimizgacha boraman ming lanat shu qonunni oylab topganga
Самариддин
Ассалом аллекум бизгахам рухсат берилсин турмуш уртогим Бошка вилоятда ишлайди биз фарзандларим бн Андижонда яшайман войага йетмага мактаб бор татилда тугарак ва шунга ухшаш машғулот бн банд фарзандларим Бошка жойга куника олмади илтмос первут килинсин
Endi hamma oʻylab hujjat topshiradi. Adolatli qonun boʻlibdi
Ma'muraxon
Assalomu alaykum ichki pervodni yoʻqotmanglar tursin talabalar odammasmi esishaveradi yerga urib
Abdulaziz
O'qishdan hafsalam pir bo'ldi
Otabek Abbasov 212 bank ishi
Boʻldi qilinglar ichki perevod chilar odam emasmi chet koʻchiradiganlarga ruxsat nega ichki perevod chilarga ruxsat emas
Boshqa viloyatda oqiydiganlarga qiyin iltimos bunaqa qaror bekor qilinsin
Nimaga boshqa viloyatga erga tegsa usha qo'shtirnoq ichidagi firibgarlar o'z ishini qilolmaydimi? Shuncha masala turganda shu mavzuda o'yin qilish yajxshimi? Balki bir ikki ball sababli
Bu qarorni yaxshilab oʻylab koʻring hurmatli OTM vaziri hammani ham sharoiti har xil masalan man Namangandanman oʻqish joyim Buxoro viloyatida orada qancha masofa bor sal bizi oʻylamasalarinam bechora ota onamizni oʻylanglar ular qancha harajat qilishyabdi bizni OTM oʻqitish uchun
Ushbu qonun nega aynan bu yildan qabul qilindi
Undan koʻra Chet Davlatlardan perevodni toʻxtatishsin shunda adolatli boʻlar edi
Boshqa viloyatdan òzini yònalishiga perevod qilsa ham bolmedimi
Abdulaziz
Quruvchi | #Masofa_saqlang!
Endi hamma oʻylab hujjat topshiradi. Adolatli qonun boʻlibdi
Qolganlarchi uzoq viloyatda o'xshamagan qarorni deb qiynalib yuradimi
Sohibnazarov Sh
Uzoqdan keladiganlar bor nima 1 yilda bir oy bòladimi uyiga borib kelishga ham 1 oylik puli ketadi har kun borib kelolmasa kasal bòlishi bor boshqa boshqa
Hech bolmasa oz mutaxasisligi bo'yicha , hududiga perevod qilishga ruxsat berilsin!
Sohibnazarov Sh
Quruvchi | #Masofa_saqlang!
Endi hamma oʻylab hujjat topshiradi. Adolatli qonun boʻlibdi
Kelasi yildan qòlasin hammasi adolatli bòlardi hamma perevod ochiqligi uchungina har joyga topshirgan dòst
Chekka viloyatga o'qishga kirgan talaba qizlar bordir. Ularniyam uylash kerak. Oilaviy moddiy muammolari bordir
Shu perevod yana muammo qonun chiqarilsin lekin 1yildan keyin amalda tadbiq qilsala, shunga qarab talabalar(abiturientlar) harakatini qilishardi. Yana yuqorida aytishdi Chet davlatdan perevodni ochib, ichki perevod yopish ham notoʻgʻridek🤔 oʻylab koʻrish kk manimcha. Bu mani fikrim
Birorta boy odamni farzandi oqimaydi ,bilmaydi vaziyatni shuning uchun bechora ikambagal xalqni boladi bilan hech kimni ishi yoq ,talabalarni bir taroziga tortib korsinlar, katta katta yigitlsr 45 kg chiqadi,op- nomus qilib ota- onasiga aytmagan ,aytsa ham menga oxshagan 2 nafar talabadi bor ayol nima wila olardo ,oglim 45 kg bolib qolgan rasmini korib yiglab oz qoldi,chida yaqinroqqs perevod qilamiz deb yuruvdim,mingdan ming lanat shu qonnuni oylab topganga
Show next 100 comments