This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Нурик
Оддий халк,ни у́йламайди булар👍🏿
@xushnudbek iltimos fikr bildiring
Bu qarorni birdaniga joriy qiliw notogri
Жумабоева Зарнигор
Mening singlim Toshkentda byudjetda o'qiydi. Kontraktdan ko'p pul sarfladik.Kvartiraning o'zi 500-600 Ming bo'lsa, undan boshqa Yana 2opa-singil o'qiymiz.Nimaga yuqoridagilar xalqning dardini,sharoitini o'rganib qaror chiqarmaydi.Qorni och bilan qorni to'qning nima ishi bor, deganimi bu. Ko'chada kuni o'tib Qirg'izdan ko'chirayotganlarchi, ular savodsiz holda gardkam bilan testni urib chiqib ko'chirsa bo'laveradimi?Qani mantiq, Qani bilim.Axir hech bo‘lmaganda o'z yo'nalishiga ko'chirsa bo'ladiku.Yana bir bor qarorni ko'rib chiqilishini talab qilamiz.
Sabriyam
Man xorazmdan farģonaga qatnay olmayman onam har kuni uyga chaqiradi 22 soat yolimizga ketadi har kuni uyga borib kelomiyman kuuuuuu
Lekin fakultetdan unversitetga koʻchirsa nima boʻladi . Masalan Samarqandagi iqtisodiyotdan Toshkent iqtisodiyotga agar u yerda filiali ochilganku
Sabriyam
Òzgartiringlaaaaaar
uralxoliyorov_oo6
Xushnud akamizdan kutib qolamiz qarorga uzini yaxshigini atvetini qiladi.
Talabalarning yagona umidi shu X.Xudoyberdiyev akamiz, lekin bu qaror chiqib bo‘lgan,ularni fikrigayam:"Sani gaping mani bir qop b..im "qabilida ish tutishadi. Xuddi hozrgdey talabalarni fikriga,sharoitiga Toshqulov "Sanlarni fikring mani bir qop bo'*im"devotgandey
Hamda hammada sharoitlar har xil shulargachi qaraydimi
O‘zini yo‘nalishiga boshqa OTM ga ko‘chirishga ruxsat bersinlar
Samandar Mamanazarov
o'zini yashash joyiga o'zini yo'nalishi b
perivot olishga ruxsat berish kerak bu qanaqa qaror bo'ldi
Bu qaror joriy bolsa qirgiziston va bowqa davlatlardagi savodsiz talabalar perevodini ham toxtasinlar
@xushnudbek iltimos fikr bildiring
@xushnudbek iltimos fikr bildiring
Chunki hamma ham ko‘pchilik perevod olish un o‘qib yuribdi chet viloyatlarda
@xushnudbek iltimos fikr bildiring
Sabriyam
Notogri qaror
Тимур Нуралиев
Биргина киладиган ишимиз енди хурматли мутасаддилардан илтимос килиб коламиз бу карорни кайта кориб чикишларини
Show next 100 comments