This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Axmoqlar unda nega òtgan yil tanlash imkoniyatini berishmadi òzimizga.5ta yònlaishgayam kirdim ammo 1ga òqishga majbur bòldim
Тимур Нуралиев
Умид киламиз
Тимур Нуралиев
Бошка иложи йоо
Bu yog'i non oshib ketyapti, kvartira qimmat, u yerda yashash qiyin, ota onaga shuncha og'irligimiz tushmaganidek bu yog'iga nima qiladi? Ha bunday bo'lishini bilgansanlar tepadagilar... nega unda yana perevodni yo'q qilyapsizlar, mayli bitirib olayotgan diplom ham tanish bilishsiz oddiy kortonku, ishlay desa ish yo'q, nonni kutarib oldilaring qancha zahirada bug'doying bor bo'lishiga qaramay, hammasiga hali javob berasanlar. Xalq olovdir, xalq qudratlidir. Hali hammasini xalq sezib turibdi..... Javob berasanlar Alloh taolo ni oldida.. ilohim kosalaring oqqarmasin xalqni har kuyga solayotgan yeb to'ymas kazob amaldorlar
Muzaffarjon
Бу вазир Хамма талаба ва уларнинг ота онасини каргишига колади худохохласа
биз икки киши тошкентда укиймиз уйимиз фаргонада жуда кийналдик иккита контракт яшаш ейиш ичиш укищ,перевод умидида йилни якунласак энди бунака карор чикибди,тутруксиз карорлар чикаришдан кура бизларга йордам киладиган карорлар чикарилар хушнудбек бирор фикр билдиринг сиз хам,бизга кимни рахми келади ,ким йордам килади биз кабиларга
Samandar Mamanazarov
bu qaror boshqatdan ko'rib chiqinglar o'zini yo'nalishiga olishga ruxsat bersin
uralxoliyorov_oo6
hammasini Allohdan surab qolamiz Qalblarni uzgartiruvchi uzi
Aziza
Faqat oqishni kochirishda osha yonalishni oziga prevod qilishga ruxsat berish kerak masalan talaba biologiya fakultetida tahsil olsa xohlagan universetini bioligiya fakultetiga kochirishga lekin ToShMiga emas .Qolgan yonalishlarga ham turdoshlariga ruxsat bermasa boldiku
Тимур Нуралиев
Кадирли йуртдошларим срази йомонликка олмайликда... бекорга бизага жабр боп комасин
Miting qilishimiz kerak qachongacha qòrqamiz yuqoridagilardan
10 iyun kuni toshkentga vazirlik binosini oldiga yiģilaylik
A_00_Ibragimov.
Yo masalan ikki yow endi turmush qurgan o'g'il bola o'qiwga kirib bowqa viloyatda o'qiwga ketyapti turmush o'rtog'ini olib ketiwga waroiti to'g'ri kelmaydi bola o'qiwda kelin uyida qanaqdir sabablar bo'lib oilasi buzilib ketmasligiga o'wa miyyasini yeganlar javob beroladimi
Menda bitta savol bor edi agar ichki perevod masalasi qanday boladi masalan turdosh bolsa yoki kunduzgidan sirtqiga otkazsak turdosh shaklda super kantrakt tolaymanmi
Men QMU da kimyo texnalogiya yonalishi 2-kurs talabasiman men sharoitimdan kelib chiqqan xolda sirtqi shaklga perevod qilay desam men oqiyotgan Vuzda yoq sirtqi yonalishi agar turdosh bolsa super tolashim kk URDU da bor xuddi shu yonalish ammo unga xam super tolashim kk endi nima qilsam boladi @xushnudbek fikringizni bildirsangiz oldindan raxmat.
Qani shi kommentda yozgan 500 talab talaba,ota-ona va h.k birortasi ho‘p shunday qilamiz demyapti
Narxlar ko'tarilganda o'ylanmay qilingan qaror.Bir xil yo'nalashlarga ichki ko'chirishga ruxsat berilsa vaziyat ancha yumshasa kerak.Fuqarolarning yashash darajasi ancha pasaygan.Qanchadan -qancha iqtidorli yoshlarimiz talanti uvol bo'lodi o'qishini davom ettirolmay.
Show next 100 comments