This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek hich narsa demaydimi
Vazirgayam qoyilmasman hich nimani òylamay qaror chiqaraverar ekanda
Noinsof
Мен укиш бошлангандан бери кун санаб щу кунгача келдим худо хохласа перевод килдираман деб энди бу янгиликни эшитганимдан буйон дунё кузимга тор куринябти . ИЛТИМОС узини йуналишига перевод килдирадиган талабаларни тинч куйиинглар . Мен бу чиккан карордан норозиман.
...valiadze...
Noinsoflik
Yigitlarga qanday imtiyozlar bor bu perevod da
Dildora Abdunasimovna.
Bu qaror 2023-yildan kuchga kirsin boshqa joyda òqish qanchalar qiyin ekanligini musofirlikni faqat boshidan òtkazgan kishigina biladi òziku qishki perevotni 3ta sabab bilan kòchiradigan qilgan sizlar nimaga endi yozgi perevotni bunaqa qilasizlar man kun sanayman shunay perevotga shuncha kun qoldin keyin ketaman uyimga deb bunaqa qarordan keyin nima qilish mumkin qishda qilmoqchi edim perevot uni ham 3 ta sababi borla degansizlar hamma yozgi perevotdan umidvor edi bu qaror ta'sdiqlanmasin
Zulayhohon
Xushnudbek siz ham fikr bildiring axir sizni ham òrninggiz katta jamiyatimizda.Qarorga òzgartirish kiritishsin talabalar bosh kòtarishmoqchi
Nimaga shu talabalarni o'ylamedi hech kim
Shu ishni yaxshi qildim deb o'ylayapsanmi vazir
Talablarni lanatiga uchrayapsanku
Nima endi biz o'z huhudimizga ham o'qishga perevod olib keta olmaymizmi
Yaxshimisizlar. Bu yildan ekanmi qaror tasdiqlaniptimi
Kelasi yildan qoʻllansin
Xo'jayev Fayzulla
Iloji bolsa boshqa davlatdagi perevodni to'xtatsin o'zimizdagilar shuncha o'qib qiynalib o'qishga kirar ekanda boshqa davlatda o'qiyotganlar ozginagina balni 66 ballni toplab kirar ekan qani haqiqat.
Boshqa viloyatda o‘qiyoygan talaba o‘z viloyatiga ko‘chira oladimi. Akademik mobillik nima
Talabalarni ham o'ylash kerak ularga ham oson uzoqda yurish yaqinlaridan oilasidan uzoqda bolish o'zini yo'nalishiga o'zini viloyatiga ko'chirib o'qisa nma ziyon tarafi szlarga foydaku uzoqdagilar kunduzi o'qisa kechqurun ishlayapti kechqurun o'qisa kunduzi ishlayapti o'qishga uncha etibor bermedi bunaqada qanaqa kadrlar chiqadi
Hamma qatori men ham noroziman ózini yoʻnalishiga kóchiradiganlarni tinch qóysin xamma sharoiti bir xil emas shu xabarni óqishga topshiryotganimizda aytganda óqishga topshirmas edik
𝑴𝒖𝒛𝒂𝒇𝒇𝒂𝒓𝒐𝒗_𝑶𝒕𝒂𝒃𝒆𝒌_S21_15 guruh
Assalomu alaykum.Sirtqi ta'limga aloqasi bormi yuqmi.Uzi kontraktda uqiman sirtqida Bowqa viloyatda .bu nimasi endi.Uzlaricha yaxshi ish qildm db o'ylashyapdimi.Qullaridan kelsa chetdan perevod olganlarni qaytarsin avvalgi joyiga aniq bir joyda diplom olish kk bo'lsa.Vazirni ham qarorini muhokama qiladigan insonlar bormi .Qiynalib uqishga kiramiz .Chetdan kelganlar 66 ball bn Uqishni kuchiradi .Bizlar bir ovozdan norozimiz
Uzoqda o'qigani hammani ham sharoiti tog'ri kelavermedi hamma yuz minglab talabalarni qarg'ishiga qolib nma foyda topasizlar
Show next 100 comments