This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум Хушнудбек углим Тошкент Иктисодиёт Университети Халкаро туризм факультети маркетинг булимини 3 курсни тамомлади якинда Ilts дан 7.5 бал олди логистика фирмалари, укув марказда ишлаш учун русс тилини билиш хам керак экан шунга ишга жойлашаолмаяпти шунга ёрдам беришингизни илтимос килиб коламан
.....
Assalomu aleykum qarorlarni dabdurisdan chiqarish kerakmasda.Bir talabalarni ham hohiwlari bilan ham qiziqib kurilsin.Ovozga quyilisin yokida.Misol un men Toshkentda uqiyman .Na yotoqxona beriladi unga ham sababla kerak.Kvartiralar palon narxda.Uz viloyatimizga wu yunaliwni uziga perevod qilishiga ruxsat berilishini surayman.Qiz bolaga chetda uqiw oson emas.Iltimos yokida ovozga quyishsin wuncha kiwi norozi ularni ham tinglanglar.Vazirlar qaror chiqaraveradi oddiy xalqni ham tushunish kerak.Iltimos bu qarorga o'zgartirishlar kiritilishini surayman
.....
Bu fikrlarimiz inobatga olinadi deb umid qilamiz illohim uqishsinlar wuncha fikrni
👑Faxriddinovna🎓
Assalomu alaykum! Men Surxandaryoda yawayman. Hozrda Andijon viloyatuda òqiyabman. Biz talablarni ham ozroq òylawsin. Qonunni qaytadan kòrib chiqizlar iltimos. Keyngi òquv yilidan qaror cqsa hamma òylab topwrardi. Lekin hozir bu qaror dabdurusdan bunaq qlw. Bz talablarni ham òylawsin
Chet elda mn Qirg'izistonda o'qib yurganlar imtihon topshirib perevod qilib bilami yo bu qarordan keyin yoqmi
Akademik Mobil lik nima
Tepadan kimdur shu chatni öqikanmi özi
1 yildan beri perevodni kutib yuribman talim tizimiga sk****
iltimos bu yil perevod bolsin korib chiqing qarorni 🙏🥺
iltimos bu yil perevod bolsin korib chiqing qarorni 🙏🥺
@xushnudbek shu qarorni qaytadan körib chiqishlarini xoxlardik hurmat bilan talabalar
ichki perevod
yonalishin boshqa qizqmayman unga. perevod qilamandigandim. xalqni qiziqshni xam oylang. axir savodsiz kadr kimga kerek
.....
Rostdan bu fikrlarimizni kimdir o'qiydimi uzi
@xushnudbek ni atmetka qib yozilar balki körib qolar
ozi bularni kimdr koradmi yo inobatga olish kerakku. tepada otrib qaror chiqaravershadmi kommentlarni koryabdimi kimdr javob yoq...
Assalomu aleykum men namangan viloyatida yashayman andijon viloyatida õqiyman pervod qilishni bir yil kutgandim lekin bu qaror talabalar uchun juda nohaqlik qilindi deb õylayman bu qarorni yana qaytadan korib chiqishlari sorayman va yozganlarimizni inobatga olishadi deb umid qilaman.........
Show next 100 comments