This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum nimaga aynan perevodla yaqin qolganda bunaqa qarorla chiqadi axir biz talabala 1 yil òzga viloyatda qiynalib òqidik endi òz viloyatimizda òqiymiz deganda bunaqa qarorla chiqyapti axir bizgayam osonmas moddiy tomonlama qiyinchiligimiz bor buni ustiga 1kunimiz yòlda òtadi.Bu qanaqasi hech bòlmaganda òzini yònalishiga kòchirishga ruxsat bersinla boshqa yònalishga kòchirish kk emas òzimizni yònalishimizga òqisak bòldi
Nima endi perevod qilish uchun sandagi vazirlardan ruxsat sorash kerakmi lanati
Ogzingga qarab sozlalaring
Shomurodova
S
Chet elda mn Qirg'izistonda o'qib yurganlar imtihon topshirib perevod qilib bilami yo bu qarordan keyin yoqmi
Assalomu alaykum, albatta bo'ladi, menimcha 67 balldan yuqori to'plasayz o'zimizga perevod qilasiz, osongina
Assalom aleykum uzr lekin jonga tegdiyizla qarorni har minutda ozgartirib togri korupsiya deysizu xalqni sharoiti bilan ishizla yoqmi buyogi oyinchoqmi chetdagilarku mayli onlayn kopchiligi bizchi yani viloyatlarda uzoqdaligi uchun 4oydan beri uyga bormaganmiz uydagilarni soginib iltimos oylab koring
Xurshida Yusupova
Assalomu alaykum bu umuman nohaqlik biz shunga qarab 1 yil oqib tursa kelasi yil perevod oladi deb farzandimizni uzoqqa o'qishga jonatganmiz, bu qarorni sentabrda aytganda shunga qarab yana 1 yil tayyorlanib ozimizga yaqin joyga oqishga kirar edi.
Xurshida Yusupova
Bu qarorni bu yildan joriy qilsa shunga qarab talabalar oqish yo oqimaslik haqida oylab uzoqqa oqishga borishar edi
Assalomu alaykum.Mening qizim ham Samarqandda Chet tillari institutida oqiydi.Ozimiz Fargonaning chekka hududidanmiz.Qizim uyga kelgani qiynalyapti.Uyga kelish uchun bir kun vaqt ketadi.Undan kelib-ketish harajatlar.Bu yil ozimizning hududga perevod qilamiz degandik.Nega qarorlar 2 yilga ham bormay ozgaraveradi.Bunda yoshlarda qarorlarga nisbatan hurmat qoladimi?Mablag yetmayabdi deb oqitmaylik desak bolalarimizning orzu umidlari nima boladi?Vazir nimalarni oylayapti.Qizim umisizlanib qoldi.Qishlogimizdagi maktabga bu yil ishga kirib bilimimni oshiraman deb turgandi.Qiz bolani tarbiyasidan ilhaq bolamiz Iltimos bu warorni bekor qilishsin.Shunday zamonda hamma talabalar ota onasining bagrida kamchilik kormay oqishsin oqishsin.Men qarshiman bu qarorga.Farzand 4 oyda bir oilasidagilarni korsa unda mehr qayerda boladi.Iltimos har tomonlama oylab keyin qaror chiqaringlar.
Assalomu alaykum viloyatdagi talabalarni va ularning ham sharoitini tushungan holda qaror chiqarishlaringizni sorayman. 4 yil boshqa viloyatda o'qishni hammani ham sharoitiga togri kelmaydi. Xech bolmasa viloyatdan viloyatga perevod olishga ruxsat beringlar!!!
Akalar men qirgizda oqiman da perevod qilolmimanmi endi ichki perevod shekl a buu
Qarorni o'zgartiringlar
Raximova M
Assalomu aleykum bu qarorni chiqarishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'ring hurmatli vazir.Meni qizim o'tgan yili bu qaror chiqqanda uzoq viloyatni tanlamagan bo'lardi .Bu qarorni bu yilgi abiturentlar o'ylab ko'rib topshirsin shularga qo'llanglar .O'tgan yilgi talabalarga bu qarorni qo'llashingiz nohaqlik iltimos yana bir bor o'ylab ko'ringlar.Men Andijonda yashayman qizim Navoiyga o'qishga kirdi mayli bir yil eplab o'qitsam ko'chirib olaman deb 1 yilni kutdik .Andijondan Navoiygacha 800 km masofa bor 4 oydan beri qizim uyga kelgani yo'q .Qiz bola uchun qiyin .1 yilni orziqib kutgandik bu qarorni endi kirayotgan talabalar uchun qo'llanglar iltimos.Talabalik ota-onadan uzoqdagilar uchun qiyin.Qizim sogligini yo'qotyapti Navoiyni suvini icholmadi 1 yil suvni sotib olib ichdi,shu tamonlari ham bor iltimos yana ko'rib chiqinglar.
Hamma ham vazirni farzandimasku pora bn o‘qishga kirsa yoki super o‘qisa chetdagilar ham umid bilan kirishgan nega unda yil boshidan shu narsani joriy qilishmadi odamlarni puli ko‘chada qolmaganku nima axvol bu kvota ajratsin bo‘lmasa kamroq undasin edi ko‘chirib o‘qislar deb odamlarni ahmoq emasku
O‘ZGARTIRISHSIN BIZ BU QARORGA QARSHIMIZ QONUNNI OLDINDAN YANI YIL BOSHIDAN AYTIB O‘TISH KERAK EDI
Assalomu alaykum nima bunaqa qiladi Oxirida perevod olaman deb turganda
Biz talabalar vazirlikdan norozimiz bu qarorni chiqarganlari uchun , munday qilmaslik kerak edi oxiriga kelganda , oddindan aytib qaror qilish kerak edi pervodni.mutlaqo olib tashlash aqilga sig'maydi, hech bo'lmasa o'zi o'qib turgan yo'nalish bo'yicha ko'chirish kerak hech bir talaba bu qarorlariga rozi bo'lmaydi, buni yaxshilab o'ylab ko'rish kerak
5 yonalish ozlari qilib qoyib endi perevod yoq deyishigachi,vohliro aytganda hamma ozini viloyatiga topshirgan bolardi. Nohaqlik bular talabalarni ota onalarni fikri muhim emas. Korrupsiya bu yol bn yoq bb qolmidi,aksincha avjiga oladi. Oylab korishsa bolardi,nima bolsada studentlarni ezishsa, yengillik yaratamiz deb aksincha qilishyabdi. Uzbga kirishni oson qilib qoyishsin,oqishni qiyin qilishsin talab qilishsin chet eldagilarga oxshab. Hamma norozi bu qarorga prizidentga murojat qilish kk yoki Saida Mirziyoyevaga
Vazir yoqmadi ozgartirishsin
Сохиба
bu ichki perevod uchunmi faqat
Xushnud aka bilan qanday bogʻlanish mumkin
Yuqorida o'tirib bo'lar bo'mas qonun chiqaravermasdan xalqni dardini hisobga olib ish qilinglar yuqoridagilar
Show next 100 comments