This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Qarorni o'zgartiringlar
Raximova M
Assalomu aleykum bu qarorni chiqarishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'ring hurmatli vazir.Meni qizim o'tgan yili bu qaror chiqqanda uzoq viloyatni tanlamagan bo'lardi .Bu qarorni bu yilgi abiturentlar o'ylab ko'rib topshirsin shularga qo'llanglar .O'tgan yilgi talabalarga bu qarorni qo'llashingiz nohaqlik iltimos yana bir bor o'ylab ko'ringlar.Men Andijonda yashayman qizim Navoiyga o'qishga kirdi mayli bir yil eplab o'qitsam ko'chirib olaman deb 1 yilni kutdik .Andijondan Navoiygacha 800 km masofa bor 4 oydan beri qizim uyga kelgani yo'q .Qiz bola uchun qiyin .1 yilni orziqib kutgandik bu qarorni endi kirayotgan talabalar uchun qo'llanglar iltimos.Talabalik ota-onadan uzoqdagilar uchun qiyin.Qizim sogligini yo'qotyapti Navoiyni suvini icholmadi 1 yil suvni sotib olib ichdi,shu tamonlari ham bor iltimos yana ko'rib chiqinglar.
Hamma ham vazirni farzandimasku pora bn o‘qishga kirsa yoki super o‘qisa chetdagilar ham umid bilan kirishgan nega unda yil boshidan shu narsani joriy qilishmadi odamlarni puli ko‘chada qolmaganku nima axvol bu kvota ajratsin bo‘lmasa kamroq undasin edi ko‘chirib o‘qislar deb odamlarni ahmoq emasku
O‘ZGARTIRISHSIN BIZ BU QARORGA QARSHIMIZ QONUNNI OLDINDAN YANI YIL BOSHIDAN AYTIB O‘TISH KERAK EDI
Assalomu alaykum nima bunaqa qiladi Oxirida perevod olaman deb turganda
Biz talabalar vazirlikdan norozimiz bu qarorni chiqarganlari uchun , munday qilmaslik kerak edi oxiriga kelganda , oddindan aytib qaror qilish kerak edi pervodni.mutlaqo olib tashlash aqilga sig'maydi, hech bo'lmasa o'zi o'qib turgan yo'nalish bo'yicha ko'chirish kerak hech bir talaba bu qarorlariga rozi bo'lmaydi, buni yaxshilab o'ylab ko'rish kerak
5 yonalish ozlari qilib qoyib endi perevod yoq deyishigachi,vohliro aytganda hamma ozini viloyatiga topshirgan bolardi. Nohaqlik bular talabalarni ota onalarni fikri muhim emas. Korrupsiya bu yol bn yoq bb qolmidi,aksincha avjiga oladi. Oylab korishsa bolardi,nima bolsada studentlarni ezishsa, yengillik yaratamiz deb aksincha qilishyabdi. Uzbga kirishni oson qilib qoyishsin,oqishni qiyin qilishsin talab qilishsin chet eldagilarga oxshab. Hamma norozi bu qarorga prizidentga murojat qilish kk yoki Saida Mirziyoyevaga
Vazir yoqmadi ozgartirishsin
Сохиба
bu ichki perevod uchunmi faqat
Xushnud aka bilan qanday bogʻlanish mumkin
Yuqorida o'tirib bo'lar bo'mas qonun chiqaravermasdan xalqni dardini hisobga olib ish qilinglar yuqoridagilar
Qachon insof berarkan bular hamma qonun talabaga hamma kaltak sinadigan bosh talabada
Bu faqat ichki perevod ucunmi akala
Xushnudbek bn qande boglaniw mn?
Asirova D
Бу перевод масаласи Козок, Киргиз, Тожикистонга укиб кейин бошка вилоятларга перевод килиш айтиляптими? ёки масалан Каршида укиб бир йуналишга кейин бошка йуналишга перевод килиш айтиляптими? Илтимос тушунтириб берингларчи...
Assalomu aleykum Xushnudbek aka! Sizga bir iltimosim bor edi shuni bilib bering. Biz Qashqadaryo vil. Nishon tum.da istiqomat qilamiz. Ukam Farg'ona vil. So'x tum.da Davlat ishida ishlaydi kelinimiz esa Tosh. Davlat Jurnalistika fakultetida 3- kursda uqiydi kelinimizni uqishini Farg'ona yoki Qashqadaryoga kuchirish iloji bormi? Shu haqida tuliq malumot bering iltimos
Show next 100 comments