This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum Xushnudbek aka! Sizga bir iltimosim bor edi shuni bilib bering. Biz Qashqadaryo vil. Nishon tum.da istiqomat qilamiz. Ukam Farg'ona vil. So'x tum.da Davlat ishida ishlaydi kelinimiz esa Tosh. Davlat Jurnalistika fakultetida 3- kursda uqiydi kelinimizni uqishini Farg'ona yoki Qashqadaryoga kuchirish iloji bormi? Shu haqida tuliq malumot bering iltimos
Ohiridagi qarorlarni kimni manfaati òylanganini chunib bumidi. Kimga qanaqa fikr kesa ushani qonun qib chiqarishyabdi. Xalqni ham uylash kere. Birdan qaror chiqarme avval xalqni shunga tayyorlash kere. Uzbekistonda uzi uqib bume qoldi.
GAVHAR BAHROMOVNA
Assalom alekum xurmatli talabalar bu qarorga hammamiz qarshimiz bu yerga yozgan gaplarimizni hech kim kurib chiqmayapti televideniya orqali murojaat qilish kerakmikin yo Markaziy studiyaga murojaat qilib kurish kerak.Hech kim talabalarni tushunmidi kimdir uzoqda bir kun vaqt ketadi uyimizga borishimizga endiku bu habarni eshitib kv larni narxi ham osmonga chiqdi yotoqxonadan buncha talabaga joy yuq.Iltimos mutasaddilar bu qarorni qayta kurib chiqib keyingi yildan ishga tushirizlarizzi suraymiz.
👨‍🎓👨‍🎓@@@@@@👨‍🎓👨‍🎓
++++bu yerga yozganimiz be foyda
GAVHAR BAHROMOVNA
Ikki kundan buyon shuncha gap sóz yozishdi bu yerga hech kim etibor berishmayapti . Ósha Markaziy studiyaga murojaat qilib kurish kk.
Ne'matova Kamola
Men ham qoʻshilaman hech kim bizni tushunmaydi chunki ular bizni sharoitimizga yashamaydi shuningdek tushunmaydi ham shuning uchun bir yoqadan bosh chiqarib markaziy studiyaga murojaat qilaylik bizdan hech narsa ketmaydi balki maqsadimizga erisharmiz
GAVHAR BAHROMOVNA
Agar biz faqat bu yerga yozib utiraversak aniq bu qaror kuchga kiradi. Unda kech buladi keyin . Hozir hammamizni nomimizdan Markaziy studiyaga murojaat qilishi kerak
Sherzod
Assalomu aleykum Xushnudbek aka .Nima bu bizda chiqqan qonunlar bir - birini inkor qilaveradi qachon tugaydi bu . Ha hop ichki perevotni yopisharkan nega unda òtgan yildan istagan yònalishga supper - kontrakt tòlab òqishga ruxsat berishdi😒😒 . Nima endii òzimmiz yashaydigan viloyatga ham òtkazib òqiyomaymizmi , ma'no yoqku bu qonunda . Nima maqsad kòzlangan bu qonundan kim tushuntirib beradi bizga🤷‍♂️🤷‍♂️🤷‍♂️
Assalomu alaykum Xushnutbek aka bir savol bilan yuzlanmoqdaman.
Chetdan va Nodavlat oliy ta'lim muassalariga ham tegishlimi bu qaror yoki kuchirsa buladimi.
Aka shu savolim javobsiz qolmasin iltimos
Шўрлик вазир, бу ҳам қўғирчоқ шекилли. Бугун айтади эртага қайтиб олади. Ўтган йилги қарорлари бир йилга бормай бекор қилинади. Эссиз тизимни ривожлантириш учун сарфланган шунча пул. Эссиз талабалар тўлаган шууунча контракт пуллари. Энди қарорларни ҳар ойда ўзгартиринглар. Шунда анниқ ривожланиш бўлади.
Samandar Mamanazarov
markaziy studiyaga qanday yozzak bo'ladi
GAVHAR BAHROMOVNA
Murojaat uchun tel raqamlari borku shunga tel qilish kk
Talabalar ni qiynashni bas qililar iltimos
Show next 100 comments