​​ДТМ – даромад топиш манбаи(ми?)

УзА нашрида қуйидаги мазмундаги мақола чоп этилди:

Facebook ижтимоий тармоғидаги «Ўзбекистонда Адолат» гуруҳи фойдаланувчиси Матсур Зоҳиров ​томонидан «Адолат дегани шу бўлса керак» сарлавҳаси остида пост жойлаштирди. Унда «КОРОНАВИРУС САБАБ ИМТИҲОНДА ҚАТНАША ОЛМАГАН АБИТУРИЕНТГА ТЎЛАГАН ПУЛИ ҚАЙТАРИЛМАЙДИ – ДТМ» мазмунидаги маълумот қайд этилган. Ушбу шахсий фикрга жуда кўпчилик юртдошларимиз ўз муносабатини билдиришди. Улардан айримларини эътиборингизга ҳавола этамиз.

Дилором Аҳаджонова:

- Давлатимиз битирувчиларга тадбиркорлик, ҳунар билан шуғулланишлари учун фоизсиз кредит, сармоя беряпти 20 сотихдан ер беряпти.

Тўлқин Тошев:

- ДТМниям тўғри тушунинглар. Имтиҳон бўлмаса, бункерлар, «ректорский» группалар, х-вариантлардан келадиган пуллардан маҳрум бўлишди. Ҳеч бўлмаса шу йўл билан пул ишласин.

Раҳима Ходжаева:

- Буларни кечаги гапи бугунга тўғри келмайди, кечагина иситмаси бўлса қўйилмайди, имтиҳон тугагандан кейин 3, 4 кун ўтиб топширади деган эди.

Хуршида Ҳолиқова:

- Имтиҳонга қўйилмаганларни пулини қайтариб бериш керак! Келмаган бўлса бошқа гап.

Муҳаббат Қодирова:

- Адолатсизлик ота оналар қанча қийналиб тўлаган у пулларни. Фарзандимни ўқитаман деб.

Наргиза Каримова:

- Нималар деяпсиз ҳурматли амалдор? Ёшларни руҳини синдириб нима қиласиз???

Дилшод Файз:

- Наҳоткиии... ”Коронавирус сабаб имтиҳонда қатнаша олмаган ўқувчилар рўйхати шакллантирилади, маълум бир муддатдан сўнг улар учун махсус имтиҳон ташкиллаштирилади. Ҳар икки ҳолатда ҳам қатнаша олмаган ўқувчиларнинг пуллари қайтариб берилади!” - деган тартибни жорий қилиш, ўйлаб топиш ва амалга ошириш шунчалик қийин бўлса?!

Умида Еримова:

- Қизиқ, бу пуллар қаерга бориб тўхтаркан, ким эгалик қиларкан? Кўпчилик охирги тийинларини тўлаган, бу аниқ факт!

Саид Комилович:

- Унақа деманглар жаноблар!! Мен коллежда ўқитувчиман. Шу тўловиниям зўрға тўлаб, ҳужжатларини муддатни охирида зўрға топширадиган ўқувчиларим бор. Мен улар билан 3 йил ишлаб, оилавий шароитини жуда яхши биламан! Бир нарсани тадбиқ қилаётганда сал қуйидан чиқиб баҳо беринглар! Илтимос!!!

Олимжон Раҳимов:

- Емаган сомсага пул тўлаш шунақа бўлади, мана сенга адолат! Бундай фикр билдирганлар Ватан хоини дейилади, негаки одамларда нафрат, ишончсизликни уйғотади. 

Мавзу юзасидан айтар сўзимиз, дастлаб битирувчининг ўзи кимлигини теран англаб олишимиз шарт. У ота она қарамоғидаги фуқаро. Аммо ҳар бири ўқишни ният қилади. Кунлик даромад топадиган қанчадан қанча оила вакиллари бугунги вазиятда қийин аҳволга тушиб қолишган. Тўлов учун пули етмаган қанчадан қанча абитуриентлар ҳужжат топширолмади. Имтиҳонга қатнашолмайдиган абитуриентнинг пулини қайтариб бериш шарт деб ҳисоблаймиз.

Сиз нима дейсиз?

Эслатиб ўтамиз, ДТМ ушбу хабарлар ортидан расмий муносабат билдириб ўтди. Айтилишича, узрли сабаб билан тестда қатнаша олмаган абитуриентларга пуллари қайтарилади. Лекин қандай сабаблар ДТМ учун "узрли" тоифага кириш ҳақида аниқ маълумотлар очиқланмаган.

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈

43 comments

Show 11 more comments
Endi bir gap hamma DTM ni aybalamiqda aslida, DTM to'g'ri Ish qilyapti nimaga? Degan savol tug'uladi bir paytning o'zida keng qamrovli test imtihonini boshqarish, uskunalrni ishdan chiqish, ishchilar salomatligidan tortib Ish haqi masalasi yana boshqalar...
to'lovga kelsak haqiqatdan sharoiti og'ir ko'p bolali oila farzandlariga to'lovni imtiyoz qisa bo'ladi. Hali ko'ramiz DTM bunga o'z munosibatini ijobiy bildiradi...
Bahodir Saidakbarov
Eeh bu DTM shu hayron qolaman
1.5mln abitruyent hayoti ula uchun o'yinchokdek bir kun qolganda suriladi deydi ohirgi kuni yangi qaror chiqaradi bu holat qachongacha davom etadi axir
Abitruyentlar imtihondan emas qarorlardan qo'rqadigan bo'lib qolishdi😔😔😔
Ayb DTM da emas
Universitetlarni jahon tajribasi buyicha xususiylashtirish kerak TAMOM.
Hamma muommolar o'z yechimini topadi.
Ayb DTM da un bunda deyishdan naf yuq.
Diplom berishni davlat tasarrufidan chiqarish kerak.
Nega AKFA INHA WESTMINTER talabalari dtm dan jalba qimaydi. Nega ular asosan yaxshi ishlarda ishlashadi
Muommoni yechimi shu OTM larni xususiylashtirish kerak buldi.
Жасур Давлатов
asta sekin hususiy OTMlar kopayyapti. Yaqin 10 yilda siz aytgan sistema bolsa ajab emas
2 3 yil ichida tuliq amalga oshirsa buladi buni. Uzbdan boshqa joyda OTM monopoliyasi yuq.
Uzbni aslida MONOPOLISTON nomiga ozgartirish kerak bumasa
Fikr bildirganlarga tasanno...
Эээ мен билмадим хамма хар хил уйлади
Sindrella*
Bunca Dtm tolovi ustidan jalba qilishadi,imtihondan 4kundan keyin qilinadi didilayu,agar ungacon tuzalmasala qoladi imtihonda,endi Dtm bazada qanca abutrent bor,ulani hammasini chiqarib berolmidi,togri Dtm NOTÓGRI ishlari kop,lekin tolovni qaytarmi yaxshi qilyaptila,chunki shundagina abutrent ozini asrab avayledi,imtohongacon UYDA QOLADI,hamma abutrentlaga omad😊
Gap yo‘q fikrlarga oq qoraga ajralib bo‘libdi hamma yoq. Qachon birlashamiz bu ketishda. Hayronman to‘g‘risi 😓
Sindrella*
Karantin uzaytirganlik haqida qaror chiqdiyu,lekin nimaga haliyam imtohon qoldirilganlik haqida RASMIY bayonot berilmayapti,pulni qaytarishni oylamasdan oqishga kirishshi oylilik,Hali budjet kirse bu 100min pull kop bolib qaytadi,yaxshi niyat qilelik
Руйхатдан утказилганини кандай билсак бди
Sindrella*
Dtm saytiga kirib shahsiy cabinet bolimida kod va telefon raqam kirgizas ozi chiqadi
🌸🌸🌸
Дтм тугрисида бир нима дейишгаям хайронман лн 🤔И.К даврида тулов юк эди. Энди эса пул бн имтихонга кряпмиз, жудаям алам клади одамга😒
Abituriyent bechora necha yil tayyorlanib, bexosdan( xudo ko'rsatmasin) koronavirus yuqtirsa, shuncha mehnat qayoqqa ketadi? O'zi kasallik ruhiyatni sindiradi, imtihondan qolib ketish esa "o'lganning ustiga tepgan" bo'ladi.DTM ular haqida ham o'ylasa bo'lardi.Axir, pulni olgandan keyin sharoitlar ham ko'ngildagidek bo'lsin! Ehhhh! Olloh har bir abituriyentni suyuntirsin, DTM ga esa insof bersin!
Hudo hohlasa hammasi yaxshi boladi tepada aytilganidek yaxshi niyat qilaylik inshaalloh talabalikka yetamiz va bu kunlarni kulib kulib eslaymiz hurmatli abituriyentlar. Men ham sizdek abituriyentman. To'g'ri hozir karantin sharoitida bizni ham ozgina o'ylashlari kerak. Yuz ming so'm arzimagan pul bo'lishi mumkin ammo mana bu karantin holatida shu yuz ming so'mni topish qanchalik qiyin... Axir ishda bo'lmasak pul qayerdan keladi, kelgan taqdirda ham ro'zg'or deganlaridek... Qisqasi hammaga omad va sabr kutamizzz hali hammasi yaxshi boladi
Жасур Давлатов
aslida DTM 1994-yilda tashkil etilgan. Avvalroq bunaqa shaffof tizim tashkil qilinishi kerak edi. Bundan xalq xursand bo'lgani yaxshi, lekin bu DTMni tushunish degani emas aka. Bu shunchaki vazifasi ularni. Prezidentnu Qarorini bajarish DTMning vazifasi
DTMni tashkil topganiyu uni ichki tizmi sizu bizni qizqtirmaydi bu 1 2-dan mukammal tizimni boshqarish maktab va o'rta ta'lim sohasini yangi bosqichga olib chiqish kerak oliy ta'lim da yangilik yaratib maktablada eski metodlar tizimni baribir saqlanib qoliyapti
Obloqulov Akmal
1-avgust filmidagi do‘ppili o‘quvchilar endi hayotdagisi isitmali o‘quvchilar bo‘larekanda a? Endi ""isitmachilar"" hammasi kirarekanda.
🌸🌸🌸
Дтм тугрисида бир нима дейишгаям хайронман лн 🤔И.К даврида тулов юк эди. Энди эса пул бн имтихонга кряпмиз, жудаям алам клади одамга😒
Azgina oʻylab qarangda siz uyda oʻtrib osongina online roʻyxatdan oʻtdingiz arzimagan pul evaziga. Endi siz aytayotgan "Oldin tolov yoq edi" deyapsiz. Oʻtgan yili topshirib oʻqishga topshrgansiz demak bilasiz oʻsha paytlari qancha hujjat togʻrlashiz kere boldi kunni issiq paytlarida navbat kutishga togʻri keldi tibbiy malumot uchun va yana boshqa xujjatlar, yol xarajatlari ili koʻchada qilingan ovqatlanishlar hammasini xisoblaganda barbir shu bu yilgi olingan summa kelib chiqadi. Oʻylab qarang uydan chiqmasdan turib salqin kanditsaner ostida osongina roʻyxatdan oʻtdingiz. Bu online roʻyxatdan oʻtish tizimini yaratish uchun ham davlatga mablagʻ kerak bolgan. Ili ertaga imtihonda barcha abturentlarga ruchka, qogʻoz, suv, hali maska va qoʻl qoplar uchun shu imtihonni olib boradigan xodimlarga nozoratchilarga oylik maosh uchun ham xarajat kerak boladi. Davlatni ham azgina oʻylang xozirda karona virusga chalinayotganlarni bepul davolayapti. Karantinda qiynalganlarga yordam koʻrsatyapti. Qaysi saytga kirmay sizga oʻxshagan noshukurlar DTM va davlat muassalarini yomonlashyabdi.
Show next 11 comments