⚡️ Yangi yilning ilk kuni xayrli boʻlsin!

Bugun dekabr oyi boʻyicha respublika va viloyat gʻoliblarini, ertaga tuman gʻoliblarini e’lon qilamiz.

🆕Hozir esa bu yildan yangi qoidalar qoʻshilganini e’lon qilmoqchimiz!

🔺 Endilikda viloyat yoki tuman miqyosida gʻolib boʻlgan va ma’lum balldan (testlar soni, oy kunlari soniga bogʻlik) yuqori natijaga erishgan oʻquvchilarga ham medallar beriladi.

🆓 Medal sohiblariga pochta toʻlovi ham tashkilotimiz tomonidan qoplab beriladi.

🔺 Medal sohiblarining ustozlariga ham tashakkurnoma bepul beriladi.

🔺 Viloyat gʻoliblari 300 balldan, tuman gʻoliblari 150 balldan yuqori natijaga erishsa elektron diplom bepul beriladi.

🔺 Endilikda har oyda eng yuqori ball toʻplagan 3 ta oʻquvchiga sovgʻa sifatida kitob yuboriladi.

🔺 Har chorakda (4 oyda)gi eng yuqori natija egalari qoʻshimcha sovgʻalar bilan taqdirlanadi!

🔺 Respublika gʻolibi boʻlgan oʻquvchi 600 balldan kam toʻplasa gʻolib hisoblanmaydi!

🔺 Gʻoliblar gʻoliblik e’lon qilingan oyning 10-sanagacha murojaat qilishlari lozim. Aks holda sovrini berilmaydi.

❓ Qo‘shimcha takliflaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Eng sara takliflarni amaliyotga joriy qilamiz va taklif egalariga sovg‘amiz bor🙂

200 comments

Ассалому алейкум янги йил муборак булсин! Сизларга катта рахмат. Янги йилда яна янги имкониятлар яратганларингиз учун миннатдормиз. Доимо сог булинглар. Изланишдан хеч качон чарчаманглар.
Q. MATLUBA NUSRATOVNA
Assalom. Yangi yil barchamizga omadli kelsin. Yangi qoidalar 👍. Yangi yildan barchaga nol ball bilan boshlanadimi?
Лекин негадир бизда илова ишламаяпти. Ucell компанияси абоненти булганимиз учунми? Олдин ишларди. Охирги 3ойда катнашолмадик. Илтимос ёрдам беринглар. Кизим хурсанд буларди
Dilnoz
Gap yo'q. Omad
Assalomu alaykum hamma. Khiso.uz saytidagi profile kutesti bilan bitta qilsa boladimi
yangi yilingiz bilan
Omadli kelsin. Xonadoningizga tinchlik keltirsin. Hadislarda ilm tarqatishga sababchi insonlarga ham savob va'da qilingan, Savobli ishlaringizni Allohim ajrini chiroyli mukofatlasin. RAxmat sizlarga.
Assalomu alaykum barchangizga yangi yil muborak bolsin.Kun testi ilovasini komputerga o'rnatish imkonini yaratish.
Aziza
Assalomu alaykum yangi yilingiz bilan tabriklayman.Omadilarni bersin.Sertifikatga Xalq ta'limi vazirini imzosini ham qo'shsa bo'ladimi
Qachon iphonega qo’shiladi?
Show next 100 comments