⚡️ Yangi yilning ilk kuni xayrli boʻlsin!

Bugun dekabr oyi boʻyicha respublika va viloyat gʻoliblarini, ertaga tuman gʻoliblarini e’lon qilamiz.

🆕Hozir esa bu yildan yangi qoidalar qoʻshilganini e’lon qilmoqchimiz!

🔺 Endilikda viloyat yoki tuman miqyosida gʻolib boʻlgan va ma’lum balldan (testlar soni, oy kunlari soniga bogʻlik) yuqori natijaga erishgan oʻquvchilarga ham medallar beriladi.

🆓 Medal sohiblariga pochta toʻlovi ham tashkilotimiz tomonidan qoplab beriladi.

🔺 Medal sohiblarining ustozlariga ham tashakkurnoma bepul beriladi.

🔺 Viloyat gʻoliblari 300 balldan, tuman gʻoliblari 150 balldan yuqori natijaga erishsa elektron diplom bepul beriladi.

🔺 Endilikda har oyda eng yuqori ball toʻplagan 3 ta oʻquvchiga sovgʻa sifatida kitob yuboriladi.

🔺 Har chorakda (4 oyda)gi eng yuqori natija egalari qoʻshimcha sovgʻalar bilan taqdirlanadi!

🔺 Respublika gʻolibi boʻlgan oʻquvchi 600 balldan kam toʻplasa gʻolib hisoblanmaydi!

🔺 Gʻoliblar gʻoliblik e’lon qilingan oyning 10-sanagacha murojaat qilishlari lozim. Aks holda sovrini berilmaydi.

❓ Qo‘shimcha takliflaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Eng sara takliflarni amaliyotga joriy qilamiz va taklif egalariga sovg‘amiz bor🙂

200 comments

Show 24 more comments
Respublika gʻoliblari qachon elon qilinadi
Assalomu alaykum. Meni taklifim Kun testi ilovasini komputerga ornatish imkonini yaratish
Муаттар Расулова
Таклифим: 1)масалан канакадур савол берила ва 1чи тугри жавоб берганларга бепул танга берилсин! Чунки буни ёрдамида купчилик харакат килишни бошлиди! 2) Хар ойнинг бошида олимпиада утказила голибларга эсдалик совгалари, диплом ва укитувчиларига ёки ота-оналарига ташаккурнома берилсин! 3)Масалан яна енгича медаль куринишини уйлаб топила! Бу мани таклифим Хамма жойда шахарларда ва вилоятларда сахий инсонлар куп, улар билан келишган холда болаларни укишга кизикишини уйготишга янада харакат килишимиз керак ахир! Яна 1та таклифим хаммага кулайлик урнатиш максадида таклифим масалан: Ота-она ёки укитувчи боласини ёки укувчисини руйхатдан утказади-ку ушалар учун осон булиши учун кимдадур телефон ва раками 1та ёки уша вакт хеч ким йук булади улар учун осонлик кулайлик яратиш максадида 1телефондан 1нечта укувчи ёки боласини руйхатдан утказиш учун кулайлик яратиш керак!
1) Saytimizdagi har bir olimpiadada faol qatnashganlarga bepul tanga berilmoqda
2) Har oyni boshida emas har hafta kamida 1 marta olimpiada boʻlmoqda saytimizda. Kuntestida esa har kuni test.

3) Medallarimizni barchasi chet eldan keltiriladi. Har 300 tada yangi medal qildiriladi.
Assalomu alaykum 2022- yil muborak bo'lsin. Bolalarga yaxshi va katta imkoniyatlar yaratibsizlar, katta rahmat. Bilim izlashga undash yo'lida qilgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Assalomu alaykum har oyda reytinglar yana 0 ga qaytadimi?
Hozirgina javob berdikku:
R Abdullayeva
Qachon testlar boshlanadi?
Yana bir taklif khiso.uz dagi profil bilan kuntestidagi profilni ulasa boladimi
Nurbek Alisherov
Yana bir taklif khiso.uz dagi profil bilan kuntestidagi profilni ulasa boladimi
Bu narsani oʻylayapmiz. Agar chiroyli yechim topa olsak shunday qilmoqchimiz.
Abdurasulova Sevara
Assalomu alaykum hurmatli kun testi ilovasi mutasaddilari.Avvalo sizlarni O'zbekiston uchun 100g'oyada finalga chiqqaniz bilan tabriklayman. Sizlarga ota-ona va ustoz sifatida o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Chunki siz yurtimizdagi ko'plab o'quvchi yoshlarni izlanishga, bilim olishga chorlamoqdasiz. Yangi yilda ham yangi omadlar tilayman
Abdurasulova Sevara
Hurmatli mutasaddilar sizlardan iltimos kun testi uchun tanga olishni qulayroq usullarini ham joriy qilsangiz.Qishloq joyda yashaymiz klikni iloji yo'q, lekin o'g'lim har tong bir harakat qiladi, unga moddiy tomondan yordam berolmaganim uchun o'zimni aybdor sanayman. Sizlardan iltimos tanga olish uchun biror savolga javob berishmi yoki test yechishmi, elektron kitob o'qishmi shu kabi usullardan foydalansangiz xursand bo'lardik
Assalomu alaykum.men bu kun testi ga endi qatnashmoqchiman.INTIL olimpiadaga qatnashib testlarga qiziqdim.juda ajoyib tuzilgan.
Bir savolim bor men o'qituvchiman 1 ta nomerdan faqat 1 kishi qatnashishi mumkinmi?chunki menda 1 ta nomer bor.qizim o'quvchi uni ham qatnashtirmoqchidim.buning uchun boshqa nomerdan kirish kkmi?
Рус тилида хам тестлар ташкиллаштиринглар. Рус тилида мантикий фирлаш ва танкидий . Рус синфда тахсил олаётган болажонларга тушунтириш осонрок булар эди. Танга олиш бизга муаммо...
Акмалбек Aзаматович
Assalomu alaykum Kun testi ijodkorlari. motivatsiya u.n bolalarni nominatsiyalar bo'yicha ham g'olib aniqlab borsangizlar. yani yosh matematik yoki ingliz tili bilimdoni .... har oy eng yuqori natijasi bo'yicha rag'batlantirib borilsa degandim. Farzandim 2sinf matematikadan qiynaladi lekin ingliz, rus,bilog'on testlaridan yuqori natijaga erishadi. buni ham o'ylab ko'ringlar🙏🙏🙏
Assalomu aleykum KUNTESTI ijodkorlari kuntestida bir oyda kim qancha ball toʻplayotganini ham koʻrsatadigan boʻlsin.
Rashidova
Biror sanani belgilab har yili owa sanada hammani balli 0 dan bowlansin
Show next 100 comments