Bugun dekabr oyi boʻyicha respublika va viloyat gʻoliblarini, ertaga tuman gʻoliblarini e’lon qilamiz.
🆕Hozir esa bu yildan yangi qoidalar qoʻshilganini e’lon qilmoqchimiz!
🔺 Endilikda viloyat yoki tuman miqyosida gʻolib boʻlgan va ma’lum balldan (testlar soni, oy kunlari soniga bogʻlik)yuqori natijaga erishgan oʻquvchilarga ham medallar beriladi.
🆓Medal sohiblariga pochta toʻlovi ham tashkilotimiz tomonidan qoplab beriladi.
🔺Medal sohiblarining ustozlariga ham tashakkurnomabepul beriladi.
🔺Viloyat gʻoliblari 300 balldan, tuman gʻoliblari 150 balldan yuqori natijaga erishsa elektron diplom bepul beriladi.
🔺 Endilikda har oyda eng yuqori ball toʻplagan 3 ta oʻquvchiga sovgʻa sifatida kitob yuboriladi.
🔺 Har chorakda (4 oyda)gi eng yuqori natija egalari qoʻshimcha sovgʻalar bilan taqdirlanadi!
🔺Respublika gʻolibi boʻlgan oʻquvchi 600 balldan kam toʻplasa gʻolib hisoblanmaydi!
🔺 Gʻoliblar gʻoliblik e’lon qilingan oyning 10-sanagacha murojaat qilishlari lozim. Aks holda sovrini berilmaydi.
❓ Qo‘shimcha takliflaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Eng sara takliflarni amaliyotga joriy qilamiz va taklif egalariga sovg‘amiz bor🙂
Assalomu alaykum, 10 tanga evaziga testni qayta yechish imkoniyatini yaratilsa yaxshi boʻlar edi. Baʼzi paytda bola shoshib testni xato ishlasa, testni qayta yechish yaxshi imkoniyat boʻlardi bolaga.
A.Komila
Yaqinda test ishlab boshlagan o‘quvchilar qanday qilib oldindan test ishlab yurgan o‘quvchilarning balliga yetisha oladi
A.Komila
O‘qituvchilar uchun kun testida attestatiyaga tayyorgarlik testlari bo‘lsa yaxshi bo‘lardi
Har bir test 5 tadan ko'proq bulsa yaxshi bulardi.
Kuntesti ilovasi o'zbek va rus tillaridan tashqari ingliz tilida ham olib borilsa zo'r bulardi