Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 36 more comments
Ассалому алайкум. Узбекистондаги Давлат университетларидан Биология йуналишидан Тиббийот йуналишига укишни кучирса буладими?. Жавоблар учун олдиндан рахмат.
Zaynura Raxmatullayevna
Magistraturada mutaxassislik fanlaridan imtihonni universitetni ozi oladi deyishdi. Imtihon qanday shaklda bolishi qachon anniq boladi?
Magistraturaga topshiruvchilar ham bakalavrga topshiruvchilar kabi bitta yo'nalishdagi bir nechta fakultetlarga topshirsa, ularga yanada imkoniyat oshgan bo'lardi. Shu borada fikringiz qanday?
Ширин
Аттестация масаласи кайта курилиб чикиш керакмикин? Адолатсиз бу жараён купчилик укитувчиларга ортикча иш бувотти.
Assalom alikum savolim bor edi ichki pervodlar qachondan boshlanadi 1 fakultetdan boshqa 1fakultedga kõchirish
Ichki pervod haqida tushintirish bersalar batafsilroq .
Magistraturada turdosh yo'nalishlar masalasi qachon aniq bo'ladi.
Assalomu alaykum men noturdosh sohaga perovod olmoqchiman shu haqida to'liq malumot bwring
Assalomu alaykum hurmatli vazir janoblari,
O'zimizni oliy oʻquv yurtlarida o'qishni ko'chirish tartibi qanday bo'ladi ?
Bu yil o'tgan yilgiga nisbatan o'zgarish bo'ladimi ? Agar bo'lsa maʼlumot berib o'tsangiz.
Islom akademiyasi qabul parametrlari pastligi va bu muammo ekanliginiyam aytinglar iltimos!!!
Sotilgan milliy sertifikat, OTM yoʻnalish va tillar kesimidagi ajratilgan kvota, qanday shaklda imtihonlar oʻtkazilishi haqida testdan keyin javob berishsa kerak-a?!
Magistraturaga kvotadan tashqari qabul boladimi o'tgan yilgidek
Assalomu alaykum .Bu yil abituriyentlarga nechta oʻqishga hujjat topshirish mumkin va agar 5 ta boʻlsa birinchi tanlagan oliy oʻquv yurtiga kantrakt kirib ikkinchisi yoki uchinchisiga grantga kirsa grantni tanlash huquqiga ega boʻladimi.Javob uchun oldindan raxmat.
🪐✨
Ассалому алейкум укишни кушириш буйича тест кандай шаклда олиб борилади компьютер дами ёки титул варокда буладими?
Salom Xotin qizlarga berilgan imtiyoz bilan qaysi ta'lim shakiga topshirsa bo'ladi. ya'ni faqat kunduzgimi yoki kechki hamda sirtqiga toshipsaham bo'ladimi. Barcha ta'lim shakllari uchun imtiyoz qo'llaniladimi
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka Ichki perevod haqida ham Yani Bir OTM dan ikkinchi OTM ga boladigon perevotda ham Test boladi yoki qay tarzda Ariza korib chiqiladimi shu haqida ham sorab bering Oldindan Raxmat Javob un👍Agar korgan bolsayiz Postimni😔
Show next 100 comments