Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
СИЗ МЕНИНГ НАЗАРИМДА ИДЕАЛ ИНСОНСИЗ, СИЗГА РОСТДАН ҲАВАСИМ КЕЛАДИ, менинг ҳам Ўғлим СИЗДАЙ бўлишини ХОҲЛАЙМАН. РАҲМАТ СИЗНИ ТАРБИЯЛАГАН ОТА ОНАНГИЗГА!!!!
( Абдуқодир ака, бир укангиз сифатида бу гапларимни чин кўнглимдан айтаяпман, Оллоҳ шоҳид)!!!
Хушнудбек, сиздан илтимос... юракдан чиққан бу сўзларимни ҲУРМАТЛИ ВАЗИРИМИЗ АБДУҚОДИР АКАГА ЕТКАЗИБ ҚЎЙИНГ.
Oliy ta'lim muassasalari qachon yangi standartlarda, yangi malaka talablari asosida yangi ta'lim sistemasiga o'tadi. O'tiladigan fanlarning ahvoli, mutaxassislari achinarli. Xalqaro dasturlar asosida dars berilmaydi. Qachon yangi o'quv dasturlari ishlab chiqiladi. Har yili ishlab chiqiladigan o'quv dasturlari, standartlari oldingisidan umuman farq qilmaydi. Zamonaviy xalqaro toifadagi fanlar deyarli yo'q. 3- kursdayam no spets fanlar daxshatki darajada ko'p, bu ahvolda sohasini mutaxassislari chiqadimi! Har bir oliy ta'lim muassasalari o'zlarining xalqaro toifadagi standartlarini, can do statementlari,assessmentlarini ishlab chiqishi kerak! Bu uchun albatta xalqaro mutaxassislar bilan ishlash kerak. Shuncha kontrakt to'lanadi ammo bitta moduli yaxshi ishlamaydigan, hatto onlayn ta'limi yaxshi yo'lga qo'yilmagan oliygohlarda o'sish bo'ladimi? Oliy ta'lim dasturlari bilan tanishib chiqib, talabalar bilan suhbat qilsinlar.
Savolim shundan iboratki:
-nega hali xam forma masalasiga bog'liq cheklovlar bor hamda inson faktori(homilador bo'lish, kasal va h.k.) hisobga olinmaydi? Bu insonning erkinliklariga zid emasmi?
- qachon biz shunchaki qo'ng'iroq orqali ishimizni, muammlarimizni vazirlikda hal etamiz? Nahotki vazirlikda birorta raqam yo'qki shunchaki telefonda muammoni hal qila oladigan (ishonch raqami 15 kunda arizaga javob berishini aytdi ammo menga masalani darhol ko'rib chiqadigan inson kerakligini tushuntirdim, 2 marotaba raqam berdi, 3- marotaba raqamlarni hech kim ko'tarmayotganini aytmoqchi bolganimda, go'shagni ishonch telefoni ham ko'tarmadi)?
Ofarin yana ogzini toldirib kelajak yoshlar qulida deyishadi yoshlar sizlardan rozimi afsus 1yil ketga samarasz shugulanishlar ha sizlarga buni zaracha qizigi yuq