Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Magistr o'qiyotganlar. Savolni berishdan oldin. Nega Chet elga Magistrga topshirmading. Shu daraja o'qishni istayotgan ekansan. Men ham magistr akademik darajasini tugatganman. Online o'qiyotgan yoki o'qimoqchi bòlib kamchilik izlayotgan. Avval ta'lim uchun o'zing biron yangilik qil. Sendan oldingilar qilolmagan Sen ham qilolmaysan.
Bu kommentda berilgan ayrim savollarga javob.
O'zi no'xotdek oylik oladigan domla nima qilsin bechora. Nimani o'zgartirsin. Deputatni yoqasidan ushlanglar. 14million oylik+o'g'irliklarini bilasizlar.
Yana ayb kamchilik ta'limda emish.
Xorijiy davlatlarni unversitetlarini O'zbekistonda filyallari bor Masalan( INHA. TTPU ) shulardan O'zbekistinni o'qishlariga ko'chirmoqchi bolganlarga qandedr imtiyozlar bormi ? .
O'z yurtingda gado bo"l. deb bekorga aytishmagan ekanlar. Men judalar afsus qilaman O'zga yurtga topshirganimdan va boshqalarga ham tavsiya qilmayman undan ko'ra o'zimizni yurtimizga topshirsinlar o'qisinlar. Iltimos qilardim perevot masalasi haqida ma'lumot berishizni. Vijdonan ko'rib chiqshingiz so'rab qolardim. Bu kanalga omad tilab qolaman e'tiborlariz uchun katta rahmat.......
Савол: Республика фан олимпиадаларида ўрин олган ўқувчилар ОТМларга имтихонсиз кириш хуқуқлари борми? Унда нега Республика чемпионатларида ўрин олган ўкувчи спортчилар бундан махрум...? Хеч булмаса ўз сохаларига...?