Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Savolim: men 2- kurs tamomlayapman. Shu oy turmushga chiqdim, shu bois , sharoitim va imkoniyatim to'g'ri kelmayotganligi uchun, o'qishimni sirtqi ta'limga o'zgartirsam bo'ladimi. Javob uchun oldindan rahmat.
Oliy ta'lim olish uchun kurash tobora keskin tus olmoqda.Faqat test yodlagan o'quvchi shunda ham omadi chopsa talaba bo'la oladi.O'quvchilarning imloviy savodxonligi,dunyoqarashi qachon e'tiborga olinadimi?Qachon?
Бу йил нечта йуналишга топшириш имконияти бор
2-savol nogirinligi bòlgan student o'qishni sirtqi talimga kòchira oladimi va bunda qay holda o'tadi byudjet yoki kontrakt
Mening savollarim
1- OTM ning o'zida faqatgina fakultet almashtirsam ham imtihon bo'ladimi?
2- Asosli sabab bo'lmagan holda ichki ya'ni faqat fakultet almashtirgan holatimda ham pul to'laymanmi?
3- Men yashayotgan tuman chekka tuman hisoblanib bu yerda kadrlar yetishmaslik muammosi bor. Hattoki bazi maktablarda ingliz tili o'qituvchisi yetishmasligi sababli nemis tili o'tiladi yoki ikkinchi tili ingliz tili bo'lgan o'qituvchilar ko'r ko'rona dars berishadi. Mening maqsadim yetuk kadr bo'lib o'zim istiqomat qilayotgan joyimda pedagok sifatida ish olib bormoqchiman mana shu sababli o'qishimni perevot qilmoqchiman bu holatda mening ko'rsatgan vajim inobatga olinadimi?????
ILTIMOS SHU SAVOLLARGA JAVOB BERSANGIZ !
Diplom ilovasidagi ballarimiz, ingliz tili o‘qiganimiz, mutaxassislik fanidan qo‘limizdan kelgancha yechib biz grant asosida o‘qishga qabul qilinmaymiz deb qo‘rqaman. Shaffof qilamiz imtihonni deganday keyin umuman OTM larga ishonib bo‘lmaydi. Hammasini yoki DTM test olsin yoki mutaxassislik fanidan tuziladigan testlar shu OTM ni o‘ziga tushmasin. Masalan Milliyniki FarDU da, NamDU niki QarDU da berilsin savol. Meni qiynayotgan savol shundan iborat edi. Javob olib berasiz degan umiddaman.
Namanganga kelganingizda zakovatda shu savollarni bermoqchi edim. Nasib bugun ekan. Iltimos bizga yordam bering...