Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Muzaffar Oʻtayev
Ikkinchi mutaxassislikka xujjat topshirishda yaqin 3yil ichida bitirgan talabalarni xujjat topshirishidagi taqiqni olishni ham soʻrang
Madina
assalom alaykum Xushnud aka viloyatarda chet tili filialari ochiladimi to‘liqroq malumot bersangizlar prezident qarori ham bora
Мухлиса
Ассалому алейкум
Нега хориждаги ОТМ лардан Ўзбекистон ОТМ ларига ўқишни кўчириш пулли бўлди? Бу жуда хунук ва адолатсиз қарор!
Мухлиса
Хорижда укийман кандай перевод киламан козогизтонда
Matniyozova Shaxlo
Ассалому алайкум мен урта махсусман,19 йиллик иш стажга егаман.44 ёшдаман, 1998 йил техникумни битирдим .2020 йил 6 ноябрдаги карор кучга кирадими яьни биз каби урта махсусларга кандай имтиёзлар бор .Хозирги вактда хотин кизларни иш билан таьминлаш учун канчадан канча ишлар килиняпти,бизга олий булишингиз керак дейишяпти,иш жойимизни олий булсаккина саклаб коламиз екан, биз урта маьлумотлиларни купчилиги 15-20-25 ва ундан куп ишлаганлари хам бор.Ёши каттарок урта маьлумотлиларга давлатимиз тамонидан имконият берилса яхши буларди. Укишимиз учун имконият берилса кантракт тулаб булсаям укиймиз,чунки купчилик четга кетиб укяпти шу четга туланган пулларни бизда хам тулаб укиса бумайдими.Сизлардан илтимос жавобини ёзсангизлар чунки бир неча жойларга ёздьим жавоб кемайди .
Assalomu alaykum men inson resurslarini boshqarish yõnalishida oqiyman. Õzimizni viloyatda bu yonalish yoq shuning uchun iqtisodga perevod qilsam boladimi uyda yolģiz farzandman
ЎзР Президентининг 23.06.2021 й.даги 5157-сонли қарори 10 банди зудлик билан қўшимча киритиш лозим! Чунки жахонда шундай спорт турлари мавжудки уларда на Осиё ва на Жахон чемпионатлари мавжуд! Шулардан бири катта теннис!
Superkontrakt degan "o'ziga xos everikaviy tizim" bizda diskriminatsiyaga yo'l ochmayapdimi hurmatli Toshqulov? To'g'ri, universitetlar o'zini-o'zi boqishi kerak, ammo davlat universitetlariga davlat yordam bermasa, subsidiya ajratmasa "davlat" maqomi qayerda qoladi? "A" harfni zo'rg'a tanigan, ko'cha hayotidan beri kelmagan boyvachcha bolaning ertaga olayotgan diplomi uning ertaga olishi "rejalashtirilgan" mansabi uchun keng yo'l ochib bermaydi, deb kim kafolat beradi? Korrupsiya va nepotizm bizning mentalitetimizga chuqr singib ketgan, ming harakat qilmaylik hali-beri uni tozalash qiyin. Kezi kelsa Siz ham "kattani" o'g'li deya ko'z yumushingizga to'g'ri kelishi mumkin ba'zi joylarda. Shu sababdan "super" va "super-muper kontrakt" tushunchalarini qayta-ko'rib chiqish maqsadga muvofiq emasmi?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni savolim shuki mening bir tanishim Qirgʻiziston Respublikasi oliygohlarini birida taxsil oladi va u yerda talim jarayoni masofaviy taʼlim shakliga yani onlayn tarzda olib borilayotgani sababli hozirgi kunda Rassiya federatsiyasida aniqliq kiritmoqchi boʻlgan savolim oʻqishni Oʻzimizni oliygohlarga koʻchirish boʻyicha Rassiya federatsiyasidan turib onlayn tarzda oʻqishni koʻchirish boʻyicha onlayn imtihon topshirsa boʻladimi yo Rassiyadagi konsullik idoralari yoki elchihona nazorati ostida imtihon olinsa oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish boʻyicha bilasiz hozir avia qatnovlar karantin pandimea sababli kam va chiptalar qimmat iltimos shunga bir mazmunli aniqroq javob olsangiz oldindan raxmat Faqat savolim etiborsiz qolib ketmasin iltimos
Abdumalik Yo'ldoshev 💪
Assalomu aleykum . Bu yil prezident qaroriga asosan Toshkent davlat transport universitetida uchuvchilik yo'nalishi ochilishi vada qilingandi lekin kecha yo'nalishlar ro'yxati tasdiqlangan hujjatda u yo'nalish yo'q nega?
2 mutaxasislikka qabul haqida ham malumot bersinlar tibbiyot yònalishida shu yilda qabul bòladimi? Òtgan yilda bòlmagan edi iltimos 🙏🙏 bu savolga ham tòxtalib òtung
Jasurbek Mamadaliyev
asslom aleykum, kutilayotgan muloqotda asosan xorijiy oliy ta'lim muossalaridan o‘qishni ko‘chirish masalasi yuzasidan ko‘pdan-ko‘p savollar beriladi, deb o‘ylayman.
Bu savollarning tag zamirida yoshlarning o‘qishga va oliy ta'lim olishga bo‘lgan ishtiyoqning balandligidan dalolat. Zero shunday ekan, Oliy ta'limimizda yoshlar istagandek ta'lim dasturini yaratishni taqazo etadi. "Raqobat bor joyda, albatta o‘sish bo‘ladi" tamoili asosida tizim yaratish kerakligini isbotlaydi. Avvalo ishni OTMlardagi qa'bul tizimini isloh qilishga,
- darsliklarga,
-o‘qitish metodikasiga,
-kurslarga kvotalar tizimini joylashtirish,
-talabalar o‘rtasida raqobat muhitini yaratish,
-ma'lum kunlarni belgilab talaba o‘z ustida ishlashi uchun masofaviy ta'lim tizimini yaratish.
Assalomu alaykum men Qirgʻizistonda oʻqiyman birinchi va ikkinchi semestrimi yopib boʻldim reyting daftarchamga baxolar qoʻyilib boʻldi shu bilan oʻqishni koʻchirishga ariza topshirsam boʻladimi yo faqat transkrib boʻlish keremi
Talaba boshqa viloyatda òqiyotgan bòlsa mos yònalishga òzini doimiy yashash joyiga kòchira oladimi
Rossiya Kuchli 1000talikga kirgan universitetdan oqishni kochirish imtihon bolishi mumkin emas.
Xushnudbek aka sizga taklifim bor edi telegram, Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi kanallarizda sizga murojaat qilish uchun telefon raqamingizni qoldirsangiz yaxshi boʻlar edi Xuquqshunos bloger sifatida sizning shaxsan menga kop maslahatlariz yordamiz juda kerak va zarur boʻladi
Assalomu alaykum meni savolim shundan iboratki men Kimyo yoʻnalishidan Farmasevtikaga perevod qilmoqchiman men shu aytilgan toʻloʻvni tolasam institut tomonidan bizda limit qolmadi perevodlar koʻpayib ketdi deb qabul qilmasligi mumkinmi koʻpchilik med sohalar perevod qiladi bu qarordan keyin yana koʻpayib ketadi med yoʻnalishlarga koʻchirish unda nima boʻladi
Assalomu alaykum. Men Namangan muhandislik texnologiya institutida iqtisodiyot fakulteti menejment (tarmoqlar va sohalar) yònalishida òqiyman. Òzim Farģonalikman. Men òqishimni FarDU ga iqtisodiyot yònalishiga kòchirsam bòladimi. Iltimos shunga javob bersangiz. Hurmatli A.Toshqulov shu savolga javob bersangiz.
As salomu alekum. Men "Qozoqiston davlati shimkent universitetida Iqtisodiyot ekanomika" yo'nalishida o'qiyman. Men TDU ga ko'chirmoqchiman ayni damda oqishni ko'chirish o'tgan yilga nisbatan juda qiyinlashtirildi. Qarorlar oktiyabir oyiga qadar imzolanganida men tayorgarlik korardim va bu yil kochirishimga xech qanday tosiq qolmasdi, ammo ikki oy qolganda birdan ozgarishlar kiritildi. Sizdan iltimos qilib sorayman men va boshqa chet elda oqiyitgan abutrentlar nomidan bu yil ham bizga yordam sifatida ossonroq qilsangiz. Biz chet davlatda tolayotgan kantrakt pulimiz o'z yurtimizga tolab o'z yurtimizga o'qishimizga imkon yarating. Chet davlatda kelgindi bolib oqishimizni davom etirishimizga yol qoymang sizdan yana bir bor iltimos.
Assalomu alaykum.
Bakalavriatni davlat granti asosida bitirganlar uchun magistraturani chetda òqishga halaqit berayotgan dimlomning asl variantini universitetdan olish bo'yicha ishlar qilinadimi? Keyinchalik ishlab berish bo'yicha 3 tomonlama kontraktni bilmadim. Xullas grandchilar uchun eng muammoli masala yechilishidan umid bormi?
Show next 100 comments