Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Qizim talaba, 2-bosqichni tamomladi. 4 semestr davomida bitta 3 bahosi bor, boshq baholari 5. Shu 3 tufayli imtiyozli stipendiyalar prezident, Navoiy stipendiyalarga hujjat topshira olmas ekan. Nahotki bitta 3 talaba bilimini belgilab bersa, vaholanki bu uch talabaning real bahosi bòlmasligi mumkinligini talaba bòlib kòrganlar juda yaxshi biladi. Aytingchi, qachon bunaqa byurakratiyalarga chek qòyiladi? Domlalaringizning hammasining ham bahosi talaba iqtidoriga mos emasligini, qancha iqtidorlar òlib, qancha ilmsizlar diplomli bòlayotgani juda achinarli.
Assalomu alaykum. Man iqtisod yõnalishida bakalavr diplomim bor, magistraturaga matematika yõnalishida topshirmoqchi edim ancha vaqt õzim fanlarni õrgandim va hujjat topshirmoqchi edim iloji bõsa shuni inobatga olinglar, yõnalishlar bõyicha ham matematika ham iqtisod yõnalishiga tõĝri keladigan kõp yõnaliahlar bor axir, matematika yõnalishida õqiganlar iqtisod yõnalishida magistraturaga topshirib biladi-ku
MTM da o'qiyotgan talaba Metodikaga oqishini ko'chirsa (ichkida)bunda ham kantrakni minimal miqdorini to'lashi kkmi
Хушнуд ака бир икки кун аввал айтибсиз Узбекистан чемпионат совриндорлари учун имтиёзлар бекор килинди деб айтибсиз берилмаслигини тасдиклаб отибсиз аммо нега ундай болди ахир жуда оз муддат колганида, шундай болар экан нега эртарок бу нарсани овоза этишмади. Биз спортчилар имтихонларга тайёрланишга улгирар эдик. Шунга ойдинлик киритиб беринг
Assalomu alaykom taklif kiritmoqchiman agar mumkin bo'lsa albatta taklifim shundan iboratki 2 chi mutaxasislikga o'qishga ijtimoiy himoyaga muxtoj qizlar va ayollarga grand ajratilsa chunki hozirgi kunda qaysidir soxada ish topish juda muammo bo'lib qolmoqda aynan boshqa yo'nalishga o'qishga to'g'ri kelyapti, buning uchun esa kantrakt to'lash kerak ammo to'lovni faqat moddiy jihatdan qurbi yetadiganlar to'lay oladi va o'qoydi har doimgidek, qolganlar esa umri ish qidirish bilan o'tib ketadi,.hech bo'lmaganda har bitta yo'nalishga 1 ta grand ajratilsa deb taklif kritgan bo'lar edim.
Assalomu Alekum
Savolim shuki zauchniy oqiman chet elda shuni uzb OTM lriga ochniy qib otkizzam boladimi hechqande lichniy rasxot kopayib ketmidimi? Javob un oldindam raxmat
Ассалом алайкум.
Мен ТДИУнинг 1 курс магстрантиман. Шу билан бирга, " Корпаратив иқтисодиёт ва безнис таҳлил" кафедраси ходимиман. Турмуш ўртоғим ҚарДУ талабаси (2 курс), турмуш ўртоғимни Жахон тиллари Университетига кўчириб олиб келмоқчиман.
Савол: ўқишни кўчиришда менинг ўқиш жоим ва иш жоим асос бўла оладими? ёки бу учун доимий "прописка" талаб қилинадими? 
Илтимос спортчиларга имтиёзларини хеч болмаса шу йили кайтиб беринглар. Ахир бизни хабаримиз йок эди тайёрланишга, пандемия туфайли тузи курук катта чемпионатлар хам болмадику
Assalomu alaykum! Men Toshkent Davlat Tehnika Universiteti katta o'qituvchisiman. Sanjar Abduraimov. Vazirga murojat telegram botiga ham vazirlikning Facebook kanaliga ham murojat yuborganman. Ammo javob kelmadi. Tushundimki hammasi rasmiyatchilik uchun ekan. Agarda mana shu chatda murojatim ko'rilsa Xushnudbek aka sizdan hursand bo'lar edim. Yurtimizda raqamlashtirish jarayonlari jadal ketmoqda. Shu jumladan oliy ta'lim tizimida ham. Men bergan taklifning qisqacha mazmuni quyidagicha. Butun dunyoda Universitetlarning ONLINE campuslari mavjud bir davrda bizning yurtimizda haligacha tizim va tartibga ega bo'lmagan ishlar ketmoqda. Mening taklifim oliy ta'limda dars beruvchi professor o'qituvchilarni ikki toifaga bo'lish kerak. Online va Offline dars beruvchilar toifasiga bo'lish kerak. Hozirgi noturg'un zamonda professor o'qituvchilardan bir vaqtning o'zida ham an'anaviy shaklda ham online dars berishni talab qilish g'irt mantiqsizlik. Chunki ikkalasini ham bajar deyilsa hammaga ma'lumki ikkalasi ham sifatsiz bajariladi. Shuning uchun kirib kelayotgan o'quv yilidan boshlab talabalarning ham hohish istaklarini o'rganib, ularga istasa online, istasa an'anaviy ta'lim shaklini tanlash imkonini yaratish kerak. Yotoqxonalar yetishmovchiligi kabi muammolar ham 50% ga yechilgan bo'lar edi. Lekin online dars beruvchi professor o'qituvchilarning vaqt me'yorlari an'anaviy dars berish vaqt meyorlaridan tubdan farq qilishi kerak. Bu endi keyingi masala. Xullas o'qituvchiga vazifa beravermasdan qulayliklar yaratib ta'lim sifatini oshirishni o'ylaydigan bironta manili inson bormi o'zi vazirlikda?
Sirojiddin Nigmatov
Assalomu alaykum. Man kimyo yo'nalishi buyicha bakalavrni tugatganman. Tibbiyot yunalishiga qizishim tufayli ikkinchi mutaxasislikka topshirmoqchi edim. Lekin 2020 yil pandemiya tufayli, tibbiyot yo'nalishhlariga 2 chi mutaxasislik uchun kvota ajratilmadi. Savolim 2021 yil 2 chi mutaxasislik tibbiyot yunalishiga kvota ajratiladimi. Javobiz uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum
Pervot masalasi boyicha savolim bor edi
Grandda oqib turgan. talaba (maqsadliga kirmagan) pervot qila oladimi (Grant saqlangan holda) Turdosh bolsa fanlari
Assalom-u Alaykum!!! Magistraturaga kirish imtihonlariga bu yil qanday tartibda ball beriladi??? Magistratura imtihonlari ikki bosqich bo'larkan. 1- bosqich ya'ni mutaxassislik bo'yicha imtihonlar qanday tartibda bo'ladi, batafsil ma'lumot bersangiz???
Узбекистон бойлаб 2000дан ортик спортчини такдири нима болади. Коллаб кувватланг бизлар илтимос
Assalomu alaykum. Mening savolim quyidagicha mos va turdosh yo'nalishlar jadvali qachon taqdim etiladi? Javob uchun oldindan raxmat.
Менинг углим Кукон нодавлат университетида укийди. У хам укишини узини вилоятига кучирса буладими
Собитжон
Ассалому алекум бундай ташаббус билан иш бошлаганларга рахмат хайрли ва давомий бўлсин. Менинг саволим 2020 йил 23 июн да вазирлар махкамасининг 402-сонли хотин қизларни қўллаб қувватлаш тўгрисидаги қарори чиққан ва 4% грант ажратилган бунга асосан тафсиянома олиш керак, тафсиянома олинган аммо қайерга? қандай? қайси йўналишлар лигота берилганини ва қанча бал қўшиб беришини, хамда хужжатни бориб яни офлаин топшириш керакми онлине масофадан топширса хам бўладими шу саволларга тўлиқроқ жавоб кутиб қоламан, олдиндан рахмат
Bakalavr va magistratura 1 ta yo'nalishda o'qilgan bo'lsa ammo doktaranturani boshqa yo'nalishda o'qish mumkinmi?
Show next 100 comments