Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Z𝓾𝓵𝓯𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 S𝓮𝓿𝓪𝓻𝓪
Assalomu aleykum. Man Buxoroda yashayman. Hozirda ToshDAU Termiz filialida 2 kurs talabasiman. 1 kurs tugatganda perevodga ariza tashlagandik òxshamadi. Hozir BDU ga perevod qilmoqchiman. Uzrli sabab yòq. Uzoqda òqishga qiynalyapman masofa uzoqligi sababli qiziqishim ham bialogiya bolgani sabab Bialogiyaga perevod qilsam bòladimi. Unda ham tòlov qilinadimi qayerga tòlov qilamiz 2 kursni yana qayta òqiymanmi. Iltimos aniq javob bering. Javob uchun oldindan raxmat.
Davlat Nomdor stipendiyalarini tayinlash jarayonlari xaqida ma'lumot berilsa yaxshi bo'lardi. Oldindan raxmat!
Мадина Нажмиддиновна
Илтимос саволимга жавоб олишни жуда хохлайман. Ассалом алейкум Технология институтини битирганман. Математикадан кайта тайёрлов курсини битириб, математикадан мактабда дарс беряпман шу йил математика йу'налишига магистратурага топшириш имкони менда борми ёки асосий дипломим техничиский болгани учун топшира олмайманми?
Man qazogistonda uqiyman qanaqa qilib prevod qilaman
Assalomu alaykum men O'zmuda 1 kurs kunduzgi shakli talabasiman sessiya tugab endi oilaviy sharoitim tufayli men o'qishimni sirtqi shakliga perevod qilmoqchi edim lekin menga dekanatdagilar sen oldin praktikaga borishing shart bo'lmasa o'tqizmaymiz seni sirtqi shakliga didi va bir muammo praktikagayam 1milion 500 so'mga yaqin pul kerak ekan hamma narslarni o'zimiz olishimiz va yo'l xaqqini ham to'lashimiz kerak ekan. savolim shunday praktikaga borish majburiymi 1 kursda oilaviy sharoitim to'g'ri kelmaydi hali kontrak to'lashimiz kerak javob uchun raxmat
Ramazon Uralovich
Magistratura turdosh yo'nalishlari haqida aniq ma'lumot berilsa tayyorgarlik ko'rish kerak
Mutahasislik bōyicha boshqa Institutga oqishni kochirish tartibi
СайлихонОға
Ассалому алайкум.Ўғлим бакалавриат бўйича иккинчи мутахассисликка иқтисодиёт йўналишига ТДИУнинг сиртқи бўлимига ҳужжат топширмоқчи.Иккинчи мутахассисликка ҳужжат қабул қилиш қачон бошланади ва тартиби қандай.Раҳмат.
SIROJIDDIN MUXAMMATOV
Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar!
Savolim shunday: Agar, o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talaba, Ollox saqlasin, imtihondan o'ta olmasa, ball yetmay, o'sha yetmay qolgan balini qay tartibda to'laydi? (super kantirakt qilib!)
Va qancha ball yetmay qolgan talaba shu imtiyozga ega?
Taklif: magistraturaga ham imtihon topshirganda 2ta OTMga kirish (yo'nalishi to'g'ri kelsa) imkoniyat berilsin. (Xuddi abiturentlar 1ta 5ta otmga topshirgani kabi ).
Бахром Холбоев
Mıllıy sertıfıkat natıjaları qachon e'lon qılınadı
Yaxshi bo'lardi ancha savollarimiz bor
Magistratura bo‘yicha bir nechta savollarimiz bor. Javobni qayerdan olsak bo‘ladi? Call markaz mavjudmi? Oliy ta‘lim vazirligiga qo‘ng‘iroq qilganimizda bilmasligini aytdi.
Ассалому алайкум Абдукодир Хамидович. Биз Карши Мухандислик Иктисодиёт Институтининг 2-мутахасислик сиртки булими талабасимиз. Биз 2-мутахасисликка укиётган барча талабалар уз сохамиз буйича мутахасислармиз. Сизга 2та таклифимиз бор эди: 1) Биз 2-мутахасислик буйича сиртки булимда укисак, 5-курсни хам укишимиз шартми? 2) Бизга худди кундузги булимдагидек амалиёт уташимиз шартми. Бу хам кушимча оворагарчичик. Сабаби уша сохада ишласак, уз ишимизни билсак, нимага керак бунака когозбозлик. Шу масаларни куриб чикиб, ижобий хал килиб берасиз деган умиддамиз.
Narzullayev Lazizbek
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek Xudayberdiyev! Men ikkita savol bilan murojaat qilmoqchiman. Birinchi savolim quyidagicha: oʻqishni kunduzgi taʼlim shaklidan sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazish tartibi qanday boʻladi (bunda turdosh va mos boʻlgan yoʻnalish va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga koʻchirish tartibi nazarda tutilmoqda)? Ikkinchi savolim esa quyidagicha: akademik taʼtil olish tartibi haqida, yaʼni akademik taʼtil olish jarayonida oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazish mumkin deyilmoqda. Agar shunday holat boʻlsa, akademik taʼtil muddatlari qanday muddatlarga beriladi? Yoki umuman bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabasi toʻrt yillik oʻqishi davomida necha martagacha akademik taʼtil olish imkoniyatiga ega boʻladi? Javob va eʼtibor uchun tashakkur!
Assalom alaykum man bajalavrni 10 yil oldin tugatganman 4yil bo'ldi magistraturaga xujjat topshiraman xar yili o'zim yuqori ball olaman diplom balim tufayli kira olmayman. Savolim 1. nima uchun 10 yil oldingi diplom balim bugungi bilimimni bosib o'tishi kk.
10 yil oldin ingiliz tilini bilmaganman bugun IELTS sertifikatiga egaman.
Hammani kuchi teng emas janob Toshqulov.
Magistraturani 100 foiz DTM olsin Imtixonni OTMga topshirib korrupsion o'yinlarga yanada yo'l ochibsz.
Taklif:Hammaga ma'lumki hozirda chet tillarga extiyoj juda katta va bizning ham oliy goxlarimizda chetdan talabalar kelib o'qishmoqda ularga ingliztilini mukammal bilgan o'qituvchilar dars berishyapti.Taklifim shundan iboratki har birta yo'nalish bo'yicha ingliztili gruppalari ochilsa (masalan arxitektura o'zbek va yevrapatok hamda shu yunalishni ingliz gruppasi) ochilsa bu yo'naloshga kirish uchun esa imtixonlar ham ingliz tilida bo'lsa demoqchimanki bemalol chet davlat talabalari bilan birga kursdosh bo'lib o'qisa birgalikda stajirofkalarga yuborilsa xullas ingliztilida yo'naloshlar ochilsa ancha til boyligimiz ham oshadi ustozlar ham majbur o'rganishadi.Talabalar orasida fikr almashish va urf odatlarni o'rganosh ular bilan ilm olosh imkoniyati yaratilsa.
Show next 100 comments