Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Savolim shuki, òzbek tili va adabiyotining sirtqi bòlimidan Toshkent davlat Yuridek unversititutining kunduzgi ta'lim shakliga ko'chirishim mumkinmi?
Ism .... Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti Muhandislik Qurilish Infrastrukturasi fakulteti 1- bosqich talabasiman.
1 Bizning institutda o’quv jarayoni Kredit Modul tizimida SINOV tariqasida ketmoqda va Yakuniy Nazorat paytida esa Dekan o’rinbosari va Fan o’qituvchisi ishtirokida bormoqda va ba’zi o’quvchilarga yaxshi muomla qilishmayapti sen chiqib ket yakuniydan ba’zi hollarda haqoratli so’zlar ham afsuski ishlatilmoqda Maqsad nima bunaqa qilishdan deb so’rasak maqsad yo’q haqqoniy bo’lsin deyapti qaysidir ma’noda ular haqdur lekin kredit modul sinovi paytida shunaqa qattiq qo’llikni qanchalik qo’llab quvvatlaysiz.
2 Agar keyingi yillarda ham shu holat takrorlansa yozda kelib o’qish kimga ham yoqardi. Yozda o’qimaslik uchun talaba qiynalsa ham Korrupsiya variantini tanlashligi aniq hamma narsani pulga chaqaversak bilim uchun hech Kim institutga kelmay qo’ymasmikin deb o’ylab qolaman ba’zida. Bu holatga fikringiz qanday
3 Ba’zi fanlarni ta’lim dasturidan olib tashlashga qanaqa fikr bildirasiz
Masalan: Fizika fani bu fanda o’rganayotganimiz Matematik mayatnik , tebranish , tovush tezligi bu fanni arxitekturaga nima foydali tomoni bor. Bizdan qoyiladigan talab esa uyni mustahkam, shinam, va kamxarch uylarni loyihalash, qurish va odamlarga qulaylik yaratish. Biz bu joyni bitirganimizdan keyin hech kim bizdan matematik mayatnik tovush tezligi nima deb so’ramaydiku.Meni fikrimcha kerak bu fan dasturidan olib tashlasa ayni muddao. Sizning fikringiz qanday
Avvalombor uzr so’rayman ko’p gapirganim uchun hozirgi kundagi vaziyatdan kelib chiqib aytishga qaror qildim meni to’g’ri tushunasiz degan umiddaman
E’tibor uchun raxmat
Savolim shuki, òzbek tili va adabiyotining sirtqi bòlimidan Toshkent davlat Yuridek unversititutining kunduzgi ta'lim shakliga ko'chirishim mumkinmi?