Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum boshqa davlatdan o'qishni ko'chirish masalasida aniqroq javob kerak
Assalom alaykum masalan deylik Buxoro yoki Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga òqishni kòchirishda Toshkent shahriga davolanishga ketish uzrli sabab bòla oladimi.Masalan meni Toshkentda qarindoshim bor men ularni qaramoģidaman ularni propiskalari bor men ham òqishimni Surxandaryodan Toshkentga mos va turdow yònalishga pervot qila olamanmi.Javob uchun oldindan rahmat...
Xayrullayeva U
Assalom alaykum man Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida oʻqiyman oila qurayotkanim sababli oʻqishimni Navoiy davlat pedagogika institutiga koʻchirmoqchiman tarix yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman noturdosh boʻlsa ham manga imkoniyat bormi oʻqishni koʻchirishim uchun chunki Navoiyda madaniyat institutini filiali yoʻq
Assalomu alaykum.Xorijiy davlatlarda ta‘lim olayotgan talabalarni o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishda yengillik yarating,chunki ular ham yurtimiz uchun o‘zlarini qo‘ldan kelguncha yaxshi xizmat qiladi.Pandemiya sharoitida ko‘pchiligi onlayn o‘qishdi.Kirdi-chiqdi vizalari bo‘lmasa ham ruxsat berish kerak.Agar ularda o‘qishga xoxish istak bo‘lmasa bari-o‘zimizda ham sessiyada yiqilishlari tayinku.Shu sababli yoshlarimizga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.Prezidentimiz ham yoshlarni har tomonlama quvvatlayaptiku.Boshlari omon bo‘lsin.
PRINCESSA
Ассалому алейкум Абдукодир Тошкулов укишни кучириш буйича, баллар кандай таксимланади супер контракт пулнихам Хар йилгидака буладими
xorijdan O'zbekistonga o"qishni ko'chirishda qanday hujjat kerak va kimga murojaat qilish kerak.
G.Rahmonqulova
Assalomu alaykum!Farzandim ikki yildan buyon òqishga yuqori ball tòplagan bòlishiga qaramasdan ayrim sabablarga kòra kira olmadi.Majburlikdan ilojsizlikdan super kontraktni tòlashga imkiniyatim yetmaganidan yana bir yilni kuydirmaslik uchun(chunki tibbiyot sohasida 8 yil òqishi kerak edi)qiz bola boshi bilan òzi shu sohaga qiziqqanligi uchun òzga yurtga òqishga topshirishiga majbur bòldik.Ammo òzga musofir yurtda qiz bolaga olti yillab òqish farzandimga ham bizga ham oģirlik qiladi.Xorijdan òqishini kòchirish tartibidagi amaliyotga joriy qilinishi kutilyotgan yangiliklardan xabarim bor.Lekin bu talablar yoshlar uchun imkonsuz.Nimagaki ular bir yil davomida universititut fanlarini òqidi.Qolgan qisqa vaqtda endi sessiya semestr yopadi.Xullas shu narsani ham talab ham iltimos qilmoqchimanki bu yil òqishni kòchirishga hech qanday òzgartirishlar kiritilmasin qolgan qisqa vaqt ichida.Bu yil ham doimgi amaldagi tizim bòyicha ya'ni maksimal balning 30%ni tòplash tartibi bilan amalga oshirilishini iltimos qilaman.Farzandlarimiz òzga musofir yurtda emas,òz yurtimizda ota-onasi baģrida òqib ilm olishiga amaliy yordam berishingizni sòraymiz!
qo'shma dastur asosidagi universitet talabalariga hech imtiyozmi yengillikmi yo'qmi? Masalan, UrDu va Astraxan texnika univerditetidagi talaba Urduga perevod qilsa osonroq bo'lmaydimi, axir ikki tomon imzolaga hujjatlar bor. Shunga aniqlik kiritib bering.Vaqt ajratib xalq dardini eshitganlarga rahmat!
Ассалом алейкум хурматли вазир!
Мен Салохиддинов Нурали БухМТИ институтининг 1-боскич талабасиман, Навои тог кон металлургия институтига укишимни кучиришимга амалий ёрдам беришингизни сурайман. Мен келажагамни шу соха оркали кураман.

Тел: 936890159
iltimos xorijdan oqishini kochiruvchi oilali ayollarga imtiyoz qilib bersalaringiz chunki yoshimiz katta lekin ish joyimiz oliy bolishni soragani uchun majbur vaqtdan yutish un xorijga topshirgandik endi agar kochirolmasak xojayinim meni borib oqib kelishga yol qoymaydi iltimos shu tomonlarni xam oylab qarorlar chiqaringizlar murojatimga befarq bolmaysizlar degan umiddaman
Shoira Yusupova
Assalomu alaykum turmush o'rtog'im orta maxsus bug'alteriya mutaxasisligini bitkazib sirtqi bolimga topshirmoqchi ekanligi haqida savol bergan edim,shu savolimga qoshimcha yana bitta savolim bor ozi ishlab turgan korhonadan tavsiyanoma olsa boladimi, tavsiyanoma olsa savol javob asosida qabul qilinadi deyishgandi shu togrimi.va xujjatlarini onlayin xozir topshiradimi yoki 5 yilda ortiq stajga ega bolganlarga keyinchalik xujjatlarini topshiradilarmi,shu boyicha ma'lumot bersangiz iltimos xech qayerdan ma'lumot topa olmayabmiz.
Агар имкони бўлса иккинчи мутахассислик ҳақида ҳам қўшилса яхши бўларди
********
Assalomu aleykum hurmatli Abduqodir Hamidovich. Sizga beradigan uchta savolim bor.
Birinchisi: bu yilgi magistraturaga kirish imtihonlarida qanday yangiliklar va yengilliklar bor?
Ikkinchisi: bu yilgi magistraturaga kirish imtihoni birinchi bosqichi qanday shaklda ótkazilishi rejalashtirilyapti?
Uchinchisi: Xalqaro sertifikatdagi ball yoki daraja chet tili magistratura yónalishiga kirishda hisobga olinadimi?
Javoblar uchun oldindan rahmat.
Ассалому алайкум жаноб вазир мен Мирзо Улугбек номидаги Миллий университет География факултети 1-курс талабаси Мелибоев Шахзод Рустам углиман.
Сиздан бир нарсада ёрдам беришингизни сурайман.
Хозирги кунда тулов контракт пулимни бир кисми тулангани йук 885 000 сум тулашим керак амалдаги конунчиликка кура лекин менда хозир оилавий шароитим яхши емас оилада дадамни соглиги яхши емас хозир даволанябдилар.
Мени контракт пулини шу кунларда тулашга имконим йук бироз кечикиб булса хам албатта тулайман.
Менга шу масала борасида амалий ёрдам беришингизни илтимос киламан.
Assalomu alaykum
Qo'shma ta'lim dasturida o'qiyotgan talabalar o'qishni ko'chirsa yani perevod qilsa bo'ladimi?
Masalan Men Toshkent Arxitektura qurilish instituti va Belarus milliy texnika universteti shartnomasi asosida tashkil etilgan:"Эканомика (строительство)" yo'nalishida 1-kurs talabasiman.Bizda o'qish 2+2 ya'ni 2yil O'zbekistonda, 2yil Belarussiyada bo'lishi belgilangan.
Xozir oqishimni qo'shma ta'limdan odatiy uquv tizimiga o'tkazishimni imkoni bormi?
Masalan Toshkent davlat iqtisodiyot universtetiga "iqtisod" yo'nalishi bo'yicha...
Bobur
Assalomu aleykum Magistraturaga ham bakalavr singari 5 tagacha topshirish imkoniyatini qo‘shsalaringiz hamda tanlov ustuvorligni ham qo‘shsalaringiz juda yaxshi bo‘lardi, Toshkentagi yo‘nalishga topshirsami, Samarqanddagi yo‘nalishgami, yoki Namangandagigami qaysi biriga kira olarkanman deb bittasi tanlashga majburmiz;
bu taklifim xolos taklifimni iltimos o‘qib ko‘rasizlar degan umiddaman e'tiborlaringiz uchun rahmat
Assalomu alaykum hurmatli Abduqodir Hamidovich sizga beradigan savolimni asosiy mazmuni o'qishni boshqa davlatdan ko'chirishda kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'limga o'zgartirsa bo'ladimi Qozog'istonning Chimkent shahridagi "Xalqlar do'stligi " Instituti Ekonomika fakultetining kunduzgi talim shaklidan Samarqand shahridagi SamDU iqtisodiyot fakultetiga sirtqi talim fakultetlarig ko'chirmoqchi edim va buning uchun qanaqa hujjatlar to'g'rlashim kerak to'liq ma'lumotlar kerak edi
Assalom alaykum. Turdosh yo'nalishlarni qayta ko'rib chiqsangiz: "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi bakalavriat bosqichida barcha yuridik sohalarni o'rganishadi. Nega endi ular magistraturaga yuridika universitetiga topshira olishmaydi????
Ассалому алайкум магистратурага кириш буйича янги конун куриб чикилаётгани хакида эшитгандим. Унга кура бакалавр йуналиши бошка соха булган талаба магистратурага бошка йуналишга топширолмас экан. Яьни бакалавр хамда магистратура йуналиши бир хил булиши шарт экан.Шу ростми? Агар рост булса , менинг йуналишим инглиз тили магистратурага араб тили буйича топширолмайманми?
Show next 100 comments