Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
ҲИЛОЛА Ёкубжановна
Ассалому алайкум. 1. Нима учун магистратура кириш имтихонининг 1-си, яъни мутахассислик имтихонини ўтказиш ОТМ ихтиёрига берилди. Бу коррупция ҳолатини юзага келтириш учун имкон бермайдими?
Магистратура 2-имтихони, яъни чет тили имтихони ДТМ томонидан онлайн шаклда ўтказиладими ёки очиқ осмон остидами? Агар онлайн ўтказиш режалаштирилаётган бўлса, тизимнинг ҳавсизлиги кучайтириладими? Чунки бундай онлайн тест имтиҳонларида тест тизими базасига бузиб киришлар кўп кузатилган. Бунинг олди олинадими?
Mehribon Jumaniyazova
Ассалому алайкум углим Козогистонда таьлим олади карантин сабаб укиши онлайн булди укишини Узбекистонга кучирмокчимиз йуналиши информатика .канака имтихонлар булади шулар тугрисида маьлумот берсангиз.Рахмат.
Saidov Umarxon
Assalom-u alaykum men bakalvryat ta'lim yo'nalishida kechki ta'lim shaklida o'qiyman men o'qishimni boshqa universitetga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha turdosh yo'nalishga ko'chirmoqchiman . Yo'nalishim turdosh bo'lsa ko'chirish uchun sabab ko'rsatmasam ham bo'ladimi? O'qishni ko'chirish uchun eng kam kantrakt puli to'lanar ekan shu rostmi? Men turdosh yo'nalishga o'shimni ko'chirsam shu to'lovni amalga oshirishim kerakmi? Qanday hollarda ushbu to'lov amalga oshirilmaydi?
Асалому алекум хурматли вазир Ташкулов сиздан илтмоскиламиз бизга кушни давлатан укишда болаларимиз билан кийналаяпмиз оиламиз хотиржам емас бизга йордам беришингищни интзорлик билан кутамиз илтимос билан Уролбаева Наргиза
Assalomu alekum men Rashidova Rushana hozrgi kunda abuturientman Bojxona institutiga topshirganman demak men Davlat royhatidan harbiy katigoriyada yani 5+1 oqshga topshirish tizimida o'tishim kerak ammo men Diplomatyaga ham topshirmoqchi edim Fanlar kesimi br hil va Diplamatyaga boglansam ham huddi shu gapni aytishdi 5+1 kornishida topshirasz deb men hozr qaysini brini birnchisi qlshni qanday Royhatdan otshni bilmayapman iltmos shunga tushuncha berb ketsangiz Oliy talim vazrligi ishonch telefonlari bn ham boglana olmayapmiz 1haftadan beri harakat qilamiz
Ганишер Розиков
Ассалому алейкум, биз Самарқандда яшаймиз, менинг ўғлим 2020 йил Самарқанд Давлат иқтисодиёт ва сервис институтига имтиҳон топшириб балли етишмади ва 2-йўналиш бўлган Бухоро технология институтига қабул қилинди. Ҳозир 1-курсни тамомлаб практика ўтаяпти. Бошқа вилоятда ўқиш биз учун қийин бўлаяпти, харажатлари кўп. Савол - ўғлимизни ўзимиз яшайдиган шахарга Самарқанд ДИСИ га ўқишни кўчириш мумкинми (факултети бир хил - аҳоли ва туристларни озиқ-овқат билан таъминлаш)? Аввалдан рахмат.
Assalomu alaykum man universitetda 2-mutaxassislik sirtqi ta'limda 2-kursda o'qiyman. Biz 2-ta'lim bo'lganligi uchun 2-kursdan qabul qilinganmiz. Sirtqi ekanligini hisobga olib 4yil davomida o'qiysila (ya'ni 5kurs) deyishgan. Bizdan avval topshirganlar 3yil (ya'ni 4kurs) o'qishdi. Biz endi 4yil o'qiymizmi 3yilmi? Lekin haligacha hech kimda aniq javob yo'q. Shu haqida ma'lumot bersangiz. Javob uchun oldindan tashakkur.
Assalomu aleykum. Hurmatli Abduqodir Hamidovich.Savolim shundan iboratki, men hozirda Farg'ona tibbiyot institutida taxsil olyapman keyinchalik o'qishimni Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko'chirmoqchiman,lekin menda uzrli sabab mavjud emas.Yuqorida aytib o'tilganidek kontrakt summasidan tashqari to'lov ya'ni(8 216000)shuni to'langandan so'ng,talabalar imtixon bilan o'tadimi yoki shu summani to'lasa bo'ldimi(komntraktdan tashqari)?Bu borada qaror tasdiqlandimi? Agar o'qishni ko'chirishda talaba ko'payib ketsa unda qanday yo'l tutiladi?O'qishni kochirmoqchi bo'lgan talabalarga kvotalar ajratiladimi?Javob uchun rahmat.
Seydullaeva Gozzal
Assalawma aleykum
QORAQАLPOQSTAN RESPUBLIKASI QONG'IRAT tumanida AJINIYAZ ko'chasi 6-yo'lak 1-xonada yashayman.
Hozirgi vaqtda QORAQАLPOQ DAVLAT UNIVERSITET BERDOQ nomidagi "FIZIKA" fakulteti "METROLOGIYA STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI" tarmoqlar bo'yisha BAKALAVR ta'lim yo‘nаlishi 2-kurs talabasi SEYDULLAEVA GOZZALMAN
SIZGA SAVOLIM
Men METROLOGIYA yo‘nаlishidan "PSIXOLOGIYA" yo‘nаlishiga Perevod qilinsa bo'ladimi, kursdan kursga o'tadimi.
Tel:937771436
Xushnudbek aka iltimos shu narsani soreng magistrlik imtixon OTM qoliga otmasin. Oziz bir paytla etganzde magistraxaltura boladi. TALABANIYAN ESHITILA. MAYLI BIR YIL TAYARLANGANIMZ BIR TIN BOLDI BOSHQA YONALISH UCHUN.Birdan ruhsat yo didila. hech bomasa shuni hozirgi imtixinni adolatli qililaaaaaaa🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑
Xurshid
Assalomu alaykum Xushnudbek aka mening savolim mana shu yil qabuli to'g'risida edi:2021-2022 o'quv yilining qabul kvotasida Tibbiyot institutlarining Professional ta'lim:tibbiy pedagogik ish yo'nalishi ham va unga ajratilgan kvotalar soni ham yo'q ekan savolim shunday mana shu yil Professional ta'lim: tibbiy pedagogik ish yo'nalishiga qabul bo'lmaydimi agar qabul bo'lmasa nima sababdan javob uchun oldindan rahmat
Xurshid
Assalomu alaykum Xushnudbek aka mening savolim mana shu yil qabuli to'g'risida edi:2021-2022 o'quv yilining qabul kvotasida Tibbiyot institutlarining Professional ta'lim:tibbiy pedagogik ish yo'nalishi ham va unga ajratilgan kvotalar soni ham yo'q ekan savolim shunday mana shu yil Professional ta'lim: tibbiy pedagogik ish yo'nalishiga qabul bo'lmaydimi agar qabul bo'lmasa nima sababdan javob uchun oldindan rahmat
Xushnudbek aka iltimos shu narsani soreng imtixon OTM qoliga otmasin. Oziz bir paytla etganzde magistraxaltura boladi. TALABANIYAN ESHITILA. MAYLI BIR YIL TAYARLANGANIMZ BIR TIN BOLDI BOSHQA YONALISH UCHUN. hech bomasa shuni adolatli qililaaaaaaa🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑🛑
Assalomu alaykum Abduqodir Toshqulov nima uchun o'qishni ko'chirib olish uchun imtihonni talabalarga pullik qilindi.Axir chet davlatda o'qiyotganlar ham kantirak to'lab o'qiyaptiku.Har yo'liga qilib muncha xalqdi qiynaysizlar. ILTIMOS shu masalani qaytatdan ko'rib chiqsalaring.Bizga ham rahmlaring kelsin.
Assalomu alaykum Abduqodir Hamidovich.
Bu jarayonni tashkillashtirganlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Savolim xorijda o'qishni O'zbekiston OTM ga ko'chirish bo'yicha.Qizim Qirg'iziston OShTU da(Prikladnaya informatikada zaochniy) o'qiydi.
1.O'zbekistonga o'tkazishda qaysi yo'nalishga tushadi va qaysi fanlardan imtihon topshiradi
2.O'tkazish jarayonida pasportdagi kirdi-chiqdisi sanaladimi yoki nechta bo'lishi kerak.
Yana 1 iltimosim bor.
O'qishni ko'chirish jarayonida:
-Bolali ayollarga;
-Yolg'iz ayollarga;
-Yoshi katta ayollarga;
Yoqoridagi holatlar uchun biror imtiyoz joriy etilsa degan dim.
Chunki juda ko'plab shunday ayollarimiz oliy ma'lumotli bo'lish maqsadida xorijiy o'quv yurtlariga kirib o'qishmoqdalar.
Ular qiynalayotgani aniq.Sizdan iltimos shu ko'chirish jarayoniga qo'shimcha imtiyoz ajratishingizni so'rab qolaman.
Chuqur ehtirom bilan Manzuraxon
Numanova
Ассалому алейкум Хурматли Вазир жаноблари. Мен Термиз Давлат Университети Педагогика факультети Бошлангич таълим йуналиши 1 курсни Кундузги Бакалавр (рус гурух) тугатдим. Оилалиман 3 нафар фарзандим бор. 2 курсдан Сиртки таьлимга кучирсам буладими?Турдош йуналишларнинг кайси бирига кучиришим мумкин. Сизга яна бир илтимосим бор эди. Оилали, фарзандлари бор талаба оналарга келгусида укиш давомида имтиёзлар берса буладими.
M M....в
Ассаломилейкум, биз Россия федерациясида укиймиз. Сизлар айтияпсизларкий хорижий давлатга бориб 1-йил укиб келиб Узбекистонга перевод кимокчи булияпти дедингиз аммо биз буйогда канчалик кийинтчилик билан таьлим олайотганимизчи керак булса фандаримизни уз вактида йополмияпмиз айтмокчиманкий билим кучли берилади укитувчилар хаммасини хакконий тарзда биздан кабул килиб олишади тогри кушни давлатлар уртасидаги киргиз тожик козок шунакадур аммо бизда унакамас шулар ичига кушиб гапирганларингиз инсонга канчалик алам килади биласизларми
Boymurod Botirov 219- maktab
Assalomu alaykum. Men Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Bolalar va o‘smirlar sport maktabida murabbiy bo‘lib ishlayman. Kollej va maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilarining respublika miqyosidagi sport turlaridan 1,2,3-o‘rinni olgan sportchi yoshlarning imtiyozlari bekor bo‘ldimi?. Tibbiyot va Ichki ishlar akadimiyasidan tashqari grantga o‘qishga kirar edi. Shu haqda aniq ma‘lumot bersangiz! Oldindan rahmat.
M M....в
Биз Россия федерациясида укиймиз сизлар уйлагандек буйогда таьлим олиш уйин емас бизларни алохида курсаткичда курсатишларингизни сураб коламиз кушни давлатлар уртасидаги талабалар сафига бизни кушмангизлар бу гапларингиз канчалик кийналиб укиб илм олиб юрган талабларни газабини келтирияпти
Maxfuza🌟
Assalomu alaykum Abduqodir Toshqulov.Savolim o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Moskva institutining yurisprudentsiya yo‘nalishida o‘qiyman.O‘qishniko‘chirish bo‘yicha imtixon nechta fandan bo‘lishi haqida malumot bersangiz.Keyin tarix fakultetga yurisprudentsiya yo‘nalishidan o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi.Javobingiz uchun oldindan katta raxmat.
Assalomu alaykum ustoz man Jahonova Kamola Bobomurod qizi Navoiy viloyati navbahor tumani Guliston mahallasidanman 2002-yil tugʻilganman 2003lar bilan bitrdim yil oxiri bulganim uchun bolalikdan 2-gurux nogironiman ota onam ajrashgan o'z turar joyimiz yoʻq kamtaminlanganlik va ayollar daftarida onam turadilar man endi 11-sinfni bitrganim tufayli enni yoshlar daftariga kiritishyaptikan meni oilaviy sharoitim tufayli tayyorlanolmaganman ammo uzimni davolab davlatga qaram bulib qolmasdan uzumni tiklab kimgadur xayriya qila oladigan darajaga yetmoqchiman uqimoqchiman ligotamni olish uchun mart oyidan buyon yugurardim ammo har borganimda uzim kiritaman hali ruyxat kelmadi deb javob berardi xotin qizlar raisi keyin har borganimda shunday derdi keyingi borganimda qabul yopildi bu yilga qolding deyishdi axir man ham uqishni istaymanku nega ustimdan bunaqa kulishadi iltimos shunga yordam kursating men ham OTMlarda uqib davlatga foydam tegishini hohlayman
Show next 100 comments