Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Bu jarayonni tashkillashtirganlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Savolim xorijda o'qishni O'zbekiston OTM ga ko'chirish bo'yicha.Qizim Qirg'iziston OShTU da(Prikladnaya informatikada zaochniy) o'qiydi.
1.O'zbekistonga o'tkazishda qaysi yo'nalishga tushadi va qaysi fanlardan imtihon topshiradi
2.O'tkazish jarayonida pasportdagi kirdi-chiqdisi sanaladimi yoki nechta bo'lishi kerak.
Yana 1 iltimosim bor.
O'qishni ko'chirish jarayonida:
-Bolali ayollarga;
-Yolg'iz ayollarga;
-Yoshi katta ayollarga;
Yoqoridagi holatlar uchun biror imtiyoz joriy etilsa degan dim.
Chunki juda ko'plab shunday ayollarimiz oliy ma'lumotli bo'lish maqsadida xorijiy o'quv yurtlariga kirib o'qishmoqdalar.
Ular qiynalayotgani aniq.Sizdan iltimos shu ko'chirish jarayoniga qo'shimcha imtiyoz ajratishingizni so'rab qolaman.
Chuqur ehtirom bilan Manzuraxon
Numanova
Magistraturaga ham bakalavr singari 5 tagacha topshirish imkoniyatini qo‘shsalaringiz hamda tanlov ustuvorligni ham qo‘shsalaringiz juda yaxshi bo‘lardi, Toshkentagi yo‘nalishga topshirsami, Samarqanddagi yo‘nalishgami, yoki Namangandagigami qaysi biriga kira olarkanman deb bittasi tanlashga majburmiz;
bu taklifim xolos taklifimni iltimos o‘qib ko‘rasizlar degan umiddaman e'tiborlaringiz uchun rahmat
Men QDU Pedagogika fakulteti 2-mutaxassislik 2-kurs talabasiman(aniqroģi 2-kursdan qabul qilinganman). Bizga ma'lumki ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limda òqish muddati kamida 3 yil deb belgilangan. Lekin bizga Universitet rahbariyati ikkinchi mutaxassislikka òqish muddati 4 yil bòlganligini aytmoqda. Ikkinchi mutaxassislikka òqish muddati 4 yil bòlganligi haqidagi ma'lumotni xech qayerdan ololmadik.
Savolim : Ikkinchi mutaxassislikka òqish muddati xozirgi vaqtda nechchi yil ?
Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz, javob uchin oldindan rahmat !
Nizomda faqat chet davlatni nazarda tutilganku
Мен ТДИУнинг 1 курс магстрантиман. Шу билан бирга, " Корпаратив иқтисодиёт ва безнис таҳлил" кафедраси ходимиман. Яқинда Қарши Давлат Университети талабаси билан турмуш қурдим (2 курс), турмуш ўртоғимни Жахон тиллари Университетига кўчириб олиб келмоқчиман.
Савол: ўқишни кўчиришда менинг ўқиш жоим ва иш жоим асос бўла оладими? ёки бу учун доимий "прописка" талаб қилинадими?
Javob uchun oldindan rahmat!!!