Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Asadbek
nodavlat oliy ta'lim muassasasidan davlat oliygohiga (turdosh yo'nalishga tibbiyotdan tibbiyotga) o'qishni ko'chirish qanday bo'ladi?
Ассалом алайкум.
Мен ТДИУнинг 1 курс магстрантиман. Шу билан бирга, " Корпаратив иқтисодиёт ва безнис таҳлил" кафедраси ходимиман. Турмуш ўртоғим ҚарДУ талабаси (2 курс), турмуш ўртоғимни Жахон тиллари Университетига кўчириб олиб келмоқчиман.
Савол: ўқишни кўчиришда менинг ўқиш жоим ва иш жоим асос бўла оладими? ёки бу учун доимий "прописка" талаб қилинадими?
TAKLIF: Sirqi talimda faqat ish staji borlarga yoki ishlayotganlar oʻqishga ruxsat berilsa yaxshi boʻlar edi chunki yosh yangi abituriyentlar xam sirtqiga topshirishyapti Sirqi asosan ishlaydiganlarga kerak bolayabdi
Yuridik Texnikumda öqiyotganlar ham oliy talimga topshirsa böladimi?!Bitirmasdan?!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Qarshi Davlat Universitet tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya yo'nalishi 1-Kurs talabasi To'rayev Ilhom savolim: Biotexnologiyadan Med institutga perevot qilish tartibini so'ramoqchiman Vazirimiz bn ovozli chat orqali bog'lanishni iloji bormi agar iloji bo'lsa ovozli chat orqali savollarimga javob olmoqchiman
Uzbekistan
Assalomu alaykum xurmatli Abduqodir Toshqulov, men Oʻzbekiston Respublikasidagi bir universitetdan boshqa universitetga oʻqishimni koʻchirmoqchiman. Oʻzim Toshkent davlat Agrar universiteti Termez filialida Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olaman, 2-bosqichni tugatdim. Bu oʻquv yilidan Termiz davlat universiteti Bialogiya fakultetiga Sirtqi taʼlimda oʻqishimni 3-kursdan davom etmoqchiman. Men oʻqishimni koʻchirishim turdosh yoʻnalish xisobladimi? Xamda bu oʻqishimni koʻchirishimda pulli bir martalik toʻlov olinadi, deb eshitdim. Lekin men Boquvchimni yoqotganman, Yolgʻiz onam esa Ayollar daftarida qayd etilgan. Oʻqishimni Termiz davlat universiteti Bialogiya fakultetiga Sirtqi taʼlimga koʻchirishimda yordam berishingizni soʻrayman. Oldindan raxmat.
Turkiyadagi top 1000talikka kirmagan universitetda o'qiydigan talaba O'zbekistonga perevod qila oladimi, agar perevod qilsa testdan otolmasa, keyingi kursda yana perevod qilsa boladimi
Расул Аташов
Bizlarga 9 fannan imtixon bòldi shuning 8 tasidan òtdim lekin 1 fannan òta olmadim endi qayta topshirish avgustning 20 dan keyin bòladi deyapti buyoği qanaqa bòladi
Assalom alaykum nima sababdan xar yili oliy yurtiga topshirishdagi va abuturentlar uchun bolgan yangiliklar kechroq elon qilinadi. Masalan aloxida iqtidor talab qiladigan jismoniy madaniyat bolomiga bolgan yangilik va imtixonda olinadigan amaliy narmativlar kech elon qilinadi? Shularga izox bersangiz. Raxmat agar vakt topib qoniqarli jovob bera olsangiz.
Assalomu alaykum . Meni 2 ta muhim savolim bor edi. Professional ta'lim tizimi ham Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga qaraydi. OTM va maktab o'qituvchilarining oylik maoshlari so'nggi yillarda oshirilib borilmoqda . Lekin professional ta'lim muassasasalari hodimlarining oylik maoshlari oxirgi o'zgarishsiz qotib qolgan . Bu tizimda ham 20 mingdan ziyod o'qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Lekin bu o'qituvchilarning oylik maoshlari juda past hisoblanadi hozirgi kunda. Mani savolim professional ta'lim muassasalari o'qituvchilarining oylik maoshlarini oshirish va rag'batlantirish bo'yicha ham ishlar olib borilyapdimi. Ikkinchi savolim hozirgi texnikumda taxsil olayotgan 1 kurs talabasi OTM ga hujjat topshirib biladimi. Bu ham dolzarb savollardan biri
꧁☆𝚈𝚞𝚕𝚍𝚞𝚣 𝙺𝚘𝚖𝚒𝚕𝚘𝚟𝚗𝚊☆꧂
Assalomu alaykum. Men Texnologik ta'lim sirtqisida uqiyman. Texnologik ta'lim 2020-2021-uquv yilidan kunduzgi ta'limi 3yillik buldi deyishmoqda.Agar shunday bo'lsa sirtqisi nechi yil buladi. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum xushnudbek aka sizdan iltimosim bor edi bugungi ovozli chatda yangi prezident qarori bn ochilgan o'zbekiston uneversiteti haqida malumot bersinlaa bizga shu savollar qiziq qachon buladi imtihoni qancha talaba oladii uning imtihoni alohida buladimi yoki hammasi bitta buladimi shu savollar haqida malumot bersinla iltimos
Assalom aleykum men Samarqand davlat universiteti Xalqaro taʼlim dasturlari fakulteti 1-kurs talabasiman.Bizning oʻqishni ham koʻchirsa boʻladimi?
Murodova Malika 126-g
Assalomu alaykum men bir unversitetni o'zida kechki talim shaklida korestili filalogiyasida o'qiyman o'qishimni kunduzgi talim shakli ingliz tiliga filalogiyasiga ko'chirmoqchi edim qay tartibda boladi.
Javob uchun oldindan Raxmat.
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka!!! Mani Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovga ta’limga oid aniq, konkret savolim bor edi. Covid19 ni paydo bo’lishi va uning dunyo bo’ylab keng tarqalishi ko’plab noqulayliklarni keltirib chiqargani hech kimga sir emas. Bizda shu paytgacha Online ta’lim tizimi mavjud emasdi va Pandemik vaziyat bu sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlarni bir necha yillarga tezlashtirib yubordi. Barcha OTM larda Moodle, HEMIS kabi platformalar ishlab chiqildi. Bu o’zgarishlar ayniqsa talaba-yoshlarga katta qiziqish bilan kutib olindi. Bugungi, ayni kundagi Pandemik vaziyatning keskinlashuvi fonida bazi OTM lardagi ta’lim jarayonlarini to’liq shaklda Online shaklda o’tkazilishi esa avvalo inson salomatligi uchun ham muhim albatta. Ammo yuqoridagi tizimlar, xususan Moodle tizimida ko’plab kamchiliklar hanuzgacha mavjud. Masalan tizimning internetga bog’liq bo’lmagan holda qotishi, yuklanmasligi, web sahifadagi ma’lumotlarning browserda noqulay joylashishi yoki o’quv kurslarini tizimda joylashtirishdagi turli xatoliklar.
Savolim shundan iboratki:
1.Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etishda qanaqa ishlar olib borilyapti?
2. Siz Online (masofaviy) ta’limga kelajak ta’lim shakli sifatida qaraysizmi?
Assalomu alaykum. Men o'tkan yilda Andijon davlat qishloq xojaligi instutida 1 yil o'qib 1- kursni bitirib akademik tatil olgandim. Hozir o'qishimi tiklash bilan birga o'sha qonunga muofiq davlat xisobiga yetarli 1 martalik tolov tolab o'qishimi tibbityot instutiga ko'chirsam bo'ladimi? Hozir Qirgiziston davlat tibbityot instutida 1- kursni tugatdim. Bu yuqorida soragan narsamga tasir qilmedimi? Agar bu narsa mumkin bolsa taxminan qancha tolov tolashim kerak?
Keyin turkiyada sirtqida oqisa talaba uzbga kunduzgiga yoki yana sirtqiga perevod qila oladimi, javoblar uchun oldindan rahmat
Nima uchun OTMlarda yaxshi kadrlar yo'q???
Talabalarni soni oshyapti.Lekin sifatli kadrlar unga mos ravishda oshmayapti.
Ne vajno
Топ 1000 ни кайтариб уз урнига куйинглар хамма бу ерда киммат контракт тулаб укитяпти укишни УЗИ булмайди.
Янам бориб эгзамен топшириб кайтиб келиб укишни давом этиришни УЗИ булмайди анча харажат килишади Яна хамма хам бу харажатини тулаб билмайди укисинми кунлик харажати бор контракт туласанми
Magistratratura birinchi bosqich imtihonini OTM oladigan bo'ldi. Shu imtihon jarayoni va test yoki yozma ishlar tekshirilishdagi karupsiya holatlarini oldini olish uchun qanday choralar ko'rilyabdi?
Isroilova Shahnozabonu 36-20
Assalomu aleykum perevod qilish bo‘yicha savolim boridi,uzrli sabablari yo‘q bo‘la turib perevodqilmoqchi bo‘lganla uchun kontraktni minimal summasi dibsiz shunda nech pul to‘lanadi batafsil ayting
Show next 100 comments