Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Rasulova Maxfuzaxon
Assalomu alaykum.Mening farzandim bu yil rus tili va adabiyoti fakultetiga hujjat topshiradi( milliy gruhga).Majburiy fanlardan test savollari waysi tilda bo'ladi.Tarix,Ona tili ,matematikadan testlarno o'zbek tilida yechishadimi yoki rus tilidami?
Coach Basketball BaBaYeVa
Assalomu aleykum Abduqodir Toshqulov! Men Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on BO'SM.da basketbol sport turidan 8 yildan beri murabbiy bo'lib ishlayman.
15-20 may kunlari Nukus shaxrida basketbol sport turidan Oliy liga ayollar musobaqasida shogirdim Musurmonova Munisa namangan viloyati jamoasida maydonga tushdi. Va 3-o'rinni egalladi.
Biz Viloyat boshqarma orqali president qarori asosida hujjatlarini tayyorlab Respublika ROSM.ga topshirdik.
Imtiyoz bilan qizim o'qishga kirdi Deb men ham ota onasi ham qarindoshlari ham xursand edik.
Endi meni o'quvchimni orzu umidlari Nima bo'ladi. Hozir u qiz juda tushkun kayfiyatda kelajagidan xavotirdamiz. Hammaga sharmanda bo'ldim Deb uyidan kochaga chiqmay yiglab yotibdi.
Viloyatda balki tumanda jamoaviy sport turiga õquvchilarni qiziqtish qiyin chunki sport anjomlarimiz yetishmaydi. Imtiyoz Deb men qizlarimni qiziqtirib yurgandim.
Endi ota onalarni o'quvchilarimni oldida nechi pullik odam bo'ldim yolgonchiga chiqdim. Bolamni koziga qarolmayapmanku.
Endi biz o'quvchilarni qoldan chiqaramiz sababi hammasi fanga repititorga o'tib ketadi. O'qishga legota bolmasa sport turgandan foyda yo'q trenerimiz g'irt yolgonchi faqat quruq va'dalar beradi Deb....
Iltimos yordam bering qarorni qaytadan korib chiqizlar 2100 ta bolani taqdiri orzu umidlari Nima bo'ladi shuncha yillik mehnatlarichi...
Oddiy O'zbekiston Chempionatiga borish uchun mablag' topolmayapmizku Osiyo jahon Chempionatlarini orzu qilmasak ham boladi
Манзура Турсунова
Ассалому алайкум Узбекистон республикасида чемпион булган спортчиларга лигота бекор килинди спорт батамом улди деганику бу президентимизнинг спортга булган этиборлари каерга кетади унда олимпия захиралари каердан чикади Узбекистонда спортнинг кераги булмай колдику кимдир жавоб бера оладими
Assalomu alaykum menda shunday bo‘lib turibdi. O‘quv turlarini tanlash chiqmayapti iltimos tushintirib bersangiz milliy ham chet el sertifikati ham yo‘q oldinnan raxmat
TTA Termiz filiali 3 kurs talabasiman. 2018 yili Prezidentimiz farmoniga kòra nogironligi bòlgan shaxslar uchun ajratilgan 2 foizli kvota asosida talabalikka qabul qilindim 2 guruh nogironiman. Men òqishimni TTA ga kòchirsam bòladimi yiliga 5 6marta davolanishimga tògri kelyapti. Yashash sharoitim ham qoniqarsiz otam chet elda onam òrta tibbiyot hodimi moddiy tomonlama qatmashda qiyjnchilik yuzaga kelyapti Davolanish joyim Toshkent shahrida. Davlat granti asosida òqiyman TTAga davlat granti asosida òqishimni kòchirishim mumkinmi?
Ilhom Isakov
Milliy sertifikatni kimyo biologiyani haliyam boʻlsa natijalarni bekor qilishga erishish kerak vazirimiz shu sertifikat oliy talimga oʻtmasligini tashkillasalar boʻlardi chunki uzogʻi 10yildan keyin tibbiy koʻrikka muhtoj boʻlganlarida shu yil oʻqishga sertfikatni sotib olganlar qoʻlida davolanishlari kerak boʻlsa natijasi yaxshi boʻlmasligi meni qoʻrqitadi
Eldorbek Arabov
Asalomualekum savolim shundan iborat erkin kurash murabiyiman Res.chempionatida 1.2.3 orin bolgan maktab bitiruvchi oquvchilar unversitetga qabul qilinardi nima uchun bu buyruq ozgartirildi endilikda kamida osiyoda natija qilmaguncha kira olmas ekan maqsad sportni sindirishmi bu qarorni qabul qilishdan oldin bir yil ozlari sport bilan shugullansa bolardi sportni qiyinchiligini bilsin bu kotta okoxonlar
Assalomu alaykum mening savolim shundan iboratki men hozirda Oʻzbekiston milliy universiteti tarix fakulteti 1 kursini tamomladim 2 kursdan yuristprudensiyaga perevod qimoqchiman shunda qanday boʻladi ?
Javob uchun oldindan rahmat!
Sherzodbek
Assalomu alaykum. Meni savolim quyidagicha akademik ta'til olish tartibi yangilandi shu bo'yicha ma'lumot bersangiz. Agarda ma'lum sabablarga ko'ra yozgi amaliyotni o'ta olmasangiz kursdan kursga qoldirishadimi yoki unday bo'lmaydimi oldindan raxmat
Ассалому алейкум Самарканд иктисодиёт ва сервис институти иктисод факултетидан 2курсдан тошкент давлат юридика интитутига юриспруденцияга кучириш мумкунми мумкун булса кай тартибда .
Donik
O'tgan yili yuqori ball bn uzb dagi xorij universitetiga kirgan talabalarga davlat grati ajratiladimi yoki faqat bu yili kiradiganlargami
Assalomu alaykum Abduqodir Toshqulov , Xushnudbek aka hamda vatandoshlar
Savolim shuki men hozirda TDTU talabasiman 1- kursni tugatmoqdaman. Budjedda taxsil olayapman . Lekin oʻtgan yili universitetlarni belgilash roʻyhatimda bundan keyingisi Tosh.Dav. Transport. Universiteti edi . Mening toʻplagan balim oʻsha Transport universitetga ham budjedga bemalol yetgan shu yil 2- kursdan oʻsha Transport Universitetga budjed asosida oʻqishimni koʻchira olamanmi yoki faqat kontrakt asosidami
Javoblar uchun oldindan rahmat kattakon
📿📿💎💎📿📿
Assalomu alaykum men super kontraktga kirganman Qoraqalpoqqa. Lekin oilaviy sharoitimi tòģri kelmaydi. Masofa uzoqligi sababli pervot qilmoqchiman. Lekin pervotni pulli qilgan davlat. Nega oddiy xalqni bollari qiynalishi kerak. Shularni pulsiz ham hal qilsa bòladiku. Hamma narsa pul bòlyapti. Iltimos menga yordam kerak shu masalada. Oilaviy sharoiti yomon bòlsa ham pervot qilsa bòladimi.
Assalomu alaykum savolim shundan iboratki maktabgacha talimdan boshlanģich talimga perevod qilsa bòladimi tekinga perevod qilolamizmi Yoko pul talab qilishadimi perevod qilayotganda imtihon bòladimi qancha mablaģ ketadi hammasi bòlib. Imtihonda òtolmasa qaytib òzimizni òqishga pul tòlab òqiymizmi. Imtihonda kirishdan oldin ham pul tòlanadimi qancha tòlanadi. Imtihon qayerda bòladi. Imtihon savollarini Dtm tuzadimi nechta fandan imtihon topshiramiz Savolimga javob bersangiz juda ham xursand bòlaman
Бир ОТМ узида кундузги булимдан сиртки булимига кучириш тартиби хакида маълумот беринг
Mirjalol Xayrullayev
Magistraturaga kirish agar adolatlik tartibda bo'ladigan bo'lsa nimaga endi hohlagan yo'nalishdagilar topshira olmaydi?
Masalan: Men TTYSI ni tamomlaganman, Inglis tilini bilish darajam ham bor, nima sababdan Magistraturaga Inglis tilga kirmasligim kerak bu mantiqqa sig'maydi deb hisoblayman
Assalom aleykum man Andijon davlat universiteti Madaniyat va sanʼat yoʻnalishida 1kurs oʻqiyman. Qashqadaryo viloyatidanman QarDUga tarix yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman shunda toʻgʻridan toʻgʻri koʻchirsa boʻladimi turar joyim uzoqligini sabab qilib koʻrsatib yoki minimal kontrakt toʻlaymanmi shu haqida batafsil maʼlumot bering



Javob uchun oldindan rahmat
☀️SHahrizoda☀️
Assalom aleykum.Savolim nimaga Oliy ta'lim vazirligi magistratura imtixonini Oliyhohning o'ziga topshirdi.Nimaga.O'tgan yilda test bo'lganda boshqa yillarga nisbata shaffof bo'lgandi.Hamda test natijasi o'sha vaqtning o'zida chiqqan edi.Va Imtixonning oliygohga topshiririlishi ko'plab noroziliklarga sabab bo'lyapti.Hech bo'lmaganda Dtm Spest fanini imtixon qilganda ishonchliroq bo'lardi .Chet lidan ko'ra spest ahamiyatliroqkuu
Perevod masalasi boʻyicha toʻliq maʼlumot bering iltimos noturdosh yoʻnalishga
نوزيما
Ozi super kontrakt tolab oqiwga kirgaman. Endi oqiwmni boahqa universitetga kochirmoqchiman sizlar yana pullik qib qoyibsizlar.Faqatgina biz oddiy xalqni ezi pul talab qilasizla. AXIR PULSIZ HAM BU MASALALARNI HAL QILSA BOLADI .BU QARORGA DEYARLI BARCHA TALABALAR NOROZI.HUKUMAT SHUNCHALIK PULGA MUHTOJ BOLIB QOLDIMI ENDI HATTOKI OQIWGA KOCHIRISHGA HAM BIZ ODDIY TALABALARDAN PUL TALAB QILSA.OZI OILAVIY SHAROITIMIZ SHUNCHA PUL TOLASHGA TOGRI KELMAYDI.SHU MASALANI YAHWILAB KORIB CHIQISHINGIZNI SORAYMAN.QIYNALGAN PUL YOQ OILALAR NIMA QILADI.AXIR 2020 YILDA BUNDAY BÒLMAGAN.NIMA UCHUN SHU YIL PULLIK BÒLDI
Shuning oldini olish uchun ham, menimcha, oʻz vaqtida yaxshilab oʻqish kerak deb oʻylayman. Davlat super kontrakt qilib kimgadir imkon yaratdi, toʻgʻri bunda pulning oʻrni beqiyos. Aslini olganda umuman yoʻqotish kerak super kontraktni, uning oʻrniga kvotani koʻpaytirsa ham boʻlaverardi. Oʻqishni koʻchirish uchun oʻrnatilgan tabaqalashtirilgan kontraktni faqatgina xorijiy taʼlim muassasalaridan koʻchirayotganlar uchun belgilansa bu ancha maqsadga muvofiq boʻlar edi. Oʻzbekiston OTMlariga oʻqishga kirganlar deyarli teng, lekin qaysidir kompaniyani kelishuvi asosida faqat pul toʻlab chetga kirayotganlar oʻzbek OTMlarida imtihon asosida qabul qilinishi 100 foiz adolatdan boʻladi.
Zauchniga toshkentdan uzimning riloyatimga uqishimni kuchirmoqchiman yunalishim bir hil lekin sabab yuqda
Show next 100 comments