Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
🦋СЕРЕБРО🦋
Mehroj......!!!
Javob ololdizmi..
Hozircha yo'q
Life is good
Ассалому алайкум. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги учун нутқи равон, ҳар қандай масаланинг моҳиятини самимий ва ғоят таъсирчан тушунтириб бера оладиган ёш мутахассислар керакми? Аксарият профессор-ўқитувчилар нутқи кўпчиликнинг ғашини келтиради. Илтимос, вазирлик салоҳиятини юқори савияга кўтара оладиган етук нотиқ ва таъсирчан руҳиятни талабаларга сингдира оладиган ёш мутахассислар ҳақида ҳам қайғуринг, рўйхатини олинг, суҳбатлашинг, танловлар ўтказинг, мамлакатимиз ислоҳотларини содда, самимий ва таъсирчан тарзда тушунтириб бера оладиганлар улар-ку ахир?!?
Assalomu alaykum hammaga Man Navoiy davlat pedagogika intitutida 1 kurs talabasiman. Man turdosh bòlmagan yonalish yani Med institutga perevod qilmoqchiman shunday qilsa boladimi??agar bolsa qancha pul tòlanadi. Qayerga tòlashimiz zarur. Kim gaplashishimiz kerak. Nechinchi kursdan qabul qilinamiz. Shular haqida malumot bersangiz. Iltimos javobingizni kutib qolaman
Mirjalol Xayrullayev
Magistraturaga ham yanada e'tiborliroq bo'lishlaringizni so'rab qolaman🥺
@@@#///#@@@
Assallomu allaykum men Jizzax pedagogika instituti geografiya yunalishida oʻqiyman.2-kursni tugayayapman.men yangi oʻquv yilida Jizzax pedagogika institutining oʻzida (ichki perivod qilib) Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishiga davom etkazzam boʻladimi.
Olimova Humayro
Assalomu alaykum o'qishni ko'chirishda turdosh bo'lmagan yo'nalishga ko'chirganda davlat grantida o'qigan talaba shartnomaga o'zgaradimi? 2. Agar smestrni a'lo baholarga o'zlashtirgan bo'lsa o'qishni turdosh bo'lmagan yo'nalishga ko'chirganda stipendiya to'lanadimi?
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Karsu.uz 5240100.
Men oliy malumotli pedagogman bu yil Qoraqalpoq Davlat Unverstetiga agar bu yil ochilsa 2-mutaxasslikka Yurisprudensiya fakultetiga topshirmoqchiman bu yil ochiladimi yana bir savolim nega Yuridik fakulteti bor OTM da 2-mutaxasslik ochilmayabdi
Насиба Ибрахимова
Ассаломуалайкум ҳурматли Хушнудбек.Саволим ўқишни кўчириш бўйича.Табақалаштирилган контрактнинг мнимал қиймати аниқ суммаси қанча бўларкан.Рахмат.
Assalomu alekum savol ijodiy,kasbiy imtixon topshiriladigan yo'nalishlarga qabul to'lovi bormi yoqmi
هُمَرَة
Assalomu alaykum. Meni savolim shundan iboratki. Men Andijon viloyatida yashayman. O‘tgan yili Nukust pedagogika institutiga tarix fakultetiga o‘qishga qabul qilindim. Lekin u yerga borib o‘qishga sharoitim yo‘q. Agar bo‘radigon bo‘lsam yo‘l haqqini o‘ziga 2 mln atrofida, yo‘lga ketadigon vaqt esa 24 soatdan ortiq vaqt ketadi. Shu sabablar meni o‘qishni ko‘chirishim uchun yetarli bo‘ladimi? Men Andijon davlat universiteti tarix fakultetiga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman.
Sanjar
Assalomu aleykum.Yana bir savol matematikadan yurispudensiyaga perevod qila olamanmi va qila olgan taqdirda ham bir martalik tòlov yurispudensiyani stipendiyasiz kontraktini tolaymizmi shuni aniq bayon qilsangiz.
Assalomu alaykum men bitiruvchi kursi talabasiman.Bu yilgi magestraturada qanday o'zgarishlar kiritilmoqda?shaffoflikni ta'milash uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?O'tgan yili barchaga ayon bo'ldiki,bakalavr ta'limi,balki magestratura bosqichida ham ancha shaffoflik ko'zga tashlandi o'qigan kishilar o'z maqsadlariga yetishdi.Bu yil ham magestratura uchun shaffolik qanchalik amalga oshiriladi?O'laymanki bu yil ham shaffoflik darajasi o'tgan yilgi imtihonlardan qolishmaydi va o'qigan o'z ustiga ishlagan kishilar talabalik baxtiga ega bo'lishadi.
Дилшодбек
Ассалому алайкум хурматли қатнашувчилар ва Хушнудбек ака мени саволим шундан иборатки мен Андижонда қишлоқ хўжалиги институтида ўқийман ва ўқишимни АДУдаги спорт йўналишига ўтказмоқчиман. Ўзим спортсменман ёшлигимдан спорт бн шугулланганман. Жуда кўп марта харакат қилиб хам спорт йўналишига киролмадим. Ўтган йили Президент қарори бн қишлоқ хўжалик институтларида қўшимча конрактни 50% га туширилганда Қишлоқ хўжалиги институтига қўшимча конрактга кирганман. Мени ўқишимни спортга кўчириш тартиби қандай бўлади
Xotin qizlarimizga beriladigan 2000 ta grand uchun tavsiyanoma olinsa uqishga kirishda qanday imkoniyatlar beriladi. Agar grand yoki kotrakka ham kira olmasa tabaqalashgan super kontrak bulsa hamma 10 barobar summsi tulab beriladimi?
Istamova
Salom medtehnikumda uqib turb uqishga online ariza topshirsa boladimi
Salom aleykum.
Kvotalar qachon tillar kesimida tasdiqlanadi?
Assalomu aleykum. OTM ga kirishda beriladigan imtiyozlarni kamaytirish yoki yo‘q qilish mumkinmi
Zinnura 302-St👩‍🎓
28-dan karantin qoidalari kuchayishi,viloyatdan hech kirmasligi haqidagi xabarlar keng tarqalmoqda lekin TDPUda ôqish davom etyapti talabalar viloyatlariga qanday qaytib ketadi ozi Nizomiyda hali ham ôqish davom etayotganidan vazirni xabari bormi?
Muattar
Assalomu aleykum.Men O'zMU JF da "amaliy matematik" fakulteti "axborot xavfsizligi" yo'nalishi (kunduzgi) 1-kurs talabasiman.Men o'qishimni O'zMU ga "matematika" fakulteti(sirtqi)ga ko'chirmoqchiman.O'qishimni ko'chirishni to'lovi bormi? Bor bo'lsa qancha? Javob uchun oldindan raxmat.
Ассалому алайкум Хушнуд ака илтимос спортчиларни имтиёзи хакида хам сухбатлашинг, шунга ойдинлик киритиб беринг илтимос
Show next 100 comments