Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
...$$$...
Ассалому алейкум саволим шундан иборотки хозирда битирувчи укувчи медалистларга нима янгиликлар бор укишга кираётган абутуриенларга
Яшаш жойи бир вилоятда лекин бошка вилоаятда окийдиган талаба озини худудига якин болган университетга окишини кочира оладими яни ушбу холат узрли сабаб хисобланадами ёки улархам толов килишлари керакми??
Veterinariya meditsinasi instituti bilan meditsina instituti turdoshmi yoqmi?
Jannatxon Jumayeva
Assalomu aleykum men Fargona Davlat Universiteti bitiruvchisiman ayrim sabablarga kora Gost imtixondan yeqildim menga oxshaganlar kop diplom ololmas ekanmiz nizom boyicha imtixon keyingi yilga ekan bizni 1 yilimiz kuymoqda oilaviy sharoit sabab ishga chiqmoqchi edik bizga bu yil qaytaga qoyib bera oliwni iloji bormi iltimos bizga yordam bering
Assalom aleykum meni savolim O'qishni ko'chirish uchun ariza topshirish va to'lov qilish qachondan boshlanadi. Shuni aytib o'tsangiz. Javob uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum
Meni Oliy ta'lim vaziriga taklifim magistraturaga qabul jarayonida faqat turdosh yo‘nalishlar qabul qilinishi kerak
Sababi 4yil biologiya yo‘nalishida o‘qigan talaba (u matematikadan deyarli boshlang‘ich bilimga ega xolos) matematikaga magistraturaga qandaydir yo‘l bilan (yoki testdagi tavakkalchilik omadi bilan) kirib qolyapti
Magistraturada darslar chuqur o‘tiladi boshlang‘ich bilimga ega bo‘lmagan talaba qanday qilib chuqurroq bilimni oladi?
Bu menimcha mantiqsizlik.
Yoki 4yil kimyo yo‘nalishida o‘qigan talaba iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga qabul qilinyapti. Bulardan qanday iqtisodchi chiqadi?
Xoʻjamberdiyeva Iroda
Assalomu alaykum men Termiz davlat universiteti informatika o'qitish metodika taʼlim yoʻnalishi 2-kurs tugatdim.o'qishimni amaliy matematika va informatika yoʻnalishiga ko'chirsam boʻladimi
Assalom alekum men Guliston Davlat Unversitetida Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida 2-kursni tugatim super tabaqalashtirilgan kantrak asosida sampiga tibbiy proflaktika ishiga o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi fanlardan qarzdorligim yo'q faqat baholarni nechiga yopganimizni ahamiyati yo'qmi
Мафтуна Машрабова
Ассалом. Мен Россия Халклар Дустлиги Университетида укийман. Биринчи курсни тугатдим. Энди Узбекистонга перевод килмокчи эдим. РУДН университети топ 1000 таликга кирган. Перевод килиш имтихонсиз эди. Шу карорга узгариш киритибсизлар. Бу нима дегани , перевод килишга санокли кун колганда Шу карорни кабул килиш тугрими? Олдинрок йил бошида каерда эдингизлар? Биз Козогизтон ёки бошка университетдан эмас Халкаро университетдан перевод килаяпмиз! Бешта фандан имтихон булади деганичи? Биз студентмиз абитуриент эмас! Россия университетида кичкина пул тулаб укиганимиз юк! Яхшилаб уйлаб куришларингизни сурайман! Ва карор кабул килишни эртарок йил бошида килиш керак эди .
Ассалому алайкум! Битирувчилардан ҳали ҳамон уч томонлама шартнома ҳамда касаба уюшмаси учун бадал пули сўралмоқда. Шулар қонуний асосга эгами?
Assalomu alaykum savolim shundan iboratki nima uchun chetga o'qishga topshirayotganlar uchun imtihonlar tugagandan so'ng to aprel oyigacha qabul bo'ldi, lekin bular 2 oy o'qiydimi yo'qmi o'zizmizga perevod qilib keladi kim uni nazoratga oladi. men ham 4 yil tayyorlanib oliy ta'limga kirganman mana bu yoqda abituriyentarimiz o'lib tayyorlanadi lekin 2 oy o'qiydimi yo'qmi xorijdan keladiganlar 80-90 ball olib o'zizmiga talaba bo'ladi yana nufuzli universitetlarga, siz shu talabalardan ertaga yorqin kelajak kutaolasizmi javob uchun rahmat
Bazarova Maxbubaxon
Assalomu- alaykum,meni farzandim,OShMIda 1- kursni tamomladi .
Abdixalil Normurotov
Assalomu alaykum,sizga savolim Toshkent Agrar Unversitet O'simliklar karantini yunalishidan(kimyo&biologiya) >> Qarshi davlat Unveriteti biologiya fakulyetiga o'qishimni ko'chirsam bõladimi?Mos va turdosh hisoblanadimi?
Mirzo Ulug’bek Muxiddinovich
Assalomu aleykum. Xushnudbek aka menda Oliy va o’rtamaxsus ta’lim vaziri Abduqodir Tashqulovga taklif bor. Ovozli chat davomida ushbu taklifimni ularga ma’lum qilsangiz. Taklif: Bakalavr darajasiga o’qishga kirish uchun abiturient 5 ta OTM ga parallel ravishda imtixon topshirish imkoniyatiga ega. Magistratura uchun ham kamida 2 ta OTMga parallel ravishda imtixon topshirishga bizga nima qarshilik qiladi? Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Janob vazir ham ta’lim sohasida kreativ yondashuvlarni amalga oshirishi tarafdorimiz. Aynan joriy yildan magistraturaga parallel ravishda kamida 2 ta OTMga imtixon topshirish imkoniyatini yaratib bersinlar. Mirzo Ulug’bek Muxiddinovich.
Bazarova Maxbubaxon
Kunduzgi o'qiganligi sababli,ko'chirishga qanday qulaik mavjud
Khilola Kurbonova
Magistraturaga xoxlagan yoʻnalishga topshira olish imkoniyatini bu yil ham yaratib beringlar iltimos. Bu masalani bir yil oldinroq ogohlantirish kerak edi oz vaqt qolganda qaror chiqarmasdan. Oʻzimiz xoxlagan yoʻnalishga tayyorgarlik qildik va oʻzimiz xoxlagan yoʻnalishda dangasalik qilmaymiz ham.
Savol, nega hamma narsalar faqat gapda boʻladi. Amalda 60% ham bajarilmaydi, misol qilsam ertagacha yozish kerak
Jasurbek Barotov
Assalom alaykum bu yil imtixon topshirishga imtiyozlar bor ekan shunga nogronligi bo'lgan oilada imtiyoz bor deb eshitim yo oilasida bo'lishi kerakmi yo abiturentni o'zi nogronlik haqida malumot noma kerkmi
SALOMAT BOZOROVA
Bugungi chatga qanday qushilsam buladi biladiganla yordam bervorila menda ochmayaptii
Ассалому алейкум.Бу йил Гулистон давлат университетидан Тошкентга перевод кмокчиман.Доимий пропискам Тошкентда.Йошлигимдан буйон ота онам ва укаларим билан Тошкентда истикомат килиб келаман, отамнинг иш жойлари хам Тошкентда. Бошка вилоятда окиш оилавий шароитимизга тогри келмаябти, буни устига укам хам Тошкентда контракт асосида окийди шу сабабдан моддий тарабдан кийналябмиз. Отган йили балим Гулистон давлат университетига тогри келиб колган, шу сабабдан 1чи боскични контракт асосида оша йерда тамомладим.Саволим шундан иборатки, аризада доимий пропискамни, оилавий шароитим кийинлигини ва отамни иш жойларини йозсам бу узурли сабабга кирадими ?
Жавоб учун олдиндан рахмат
Ассалому алайкум. Мен окияткан олий талим Урганчта аммо яшаш жойим Фаргонада. Фаргонада мени йоналишим йоглиги сабабли мен Тошкентга перевод килмокчиман сабаби Тошкентда турар жойимиз хам бор лекин пропискадан у йерга отмаганман. Шундай холатда мен окишни кочира оламанми хеч кандай супер-контрактсиз? Жавобингиз учун рахмат!
Show next 100 comments