Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Assalomalaykum man toshkentga oqishga kirgandim, birinchi kursni tugatdim, endi ozimni doimiy yashash joyimga qashqadaryoga ota onamni yoniga oqishimni kochirmoqchiman, xosh bunda tekin boladimi yoki pullimi bu ham, javob uchun oldindan rahmat!!!
Assalomu alaykum. Yuridik sohadagi student exchange haqida batafsilroq ma'lumot berib òtishlarini sórasangiz xursand bòlardim Xushnud aka
Assalom aleykum Xushnudaka, sizga bitta savolim bor, hozirda maktablardagi psixolog shtapi qisqartirildi pedagogika psixologiya yo‘nalishida o‘qiyotganlar qayerda ishlaydi tushintirib bersangiz iltimos, javob uchun oldindan rahmat
ISLOM
Assalom alaykum nega talabalarda koranavirus aniqlansa ham hech qanday chorra ko'rilmayabdi
Assalomu alaykum magistraturaga adashmasam Ielts ball bo‘lishi kerakmi endi bu yil topshoradiganlar uchun jarayon qanday bo‘ladi.Oldindan raxmat
Magistratura imtihonlarda qaysi yoʻnalishga topshirishi mumkin ekanligini koʻrsatib beruvchi roʻyxat qachon chiqadi
Assalomu aleykum jurnalistika unv.ga õqishga kirmoqchiman hujjat topshirishda ijodiy ish topshiriladimi va bu yil ijodiy imtihon bôladimi?
Xodjayeva Habiba
Assalomu aleykum.Oliy taʼlim muassasalarida ichki perevod haqida maʼlumot bering?
Ассалому алайкум жаноб вазир менинг синглим ТДПУШФ да укийди хозирда 1-курсни тамомлади бизнинг доимий яшяш жойимиз Самаркандда лк синглимнинг балли СмДУга 1 етмаганлиги сабабли Шахрисабзга укишга кабул килинди биз уни кучиртирмокчимиз(перевод) бунинг йул йурикларини тушунтиришингизни сцрайман олдиндан рахмат.
DILFUZA
Assalomu alekum.Bu yilgi chetdan kòchiriladigan òqishning imtihon ballari becha ball etib belgilanadi.nechta joyga yopshirish mumkin.
Xolmonov V
Salom hurmatli Xushnudbek aka va hurmatli vazirimiz, Kattaqo'rg'onda yangi oliygoh ochilmoqda ekan usha oliygoh haqida gapirib bersangiz kadrlarni ishga qabul qilish qanday buladi usha oliygohga nechta talaba va o'qituvchi buladi.
Assalomu alaykum . Men Ropijonova Nozima hozirda Toshkent Davlat Agrar Universitetining 1-bosqich talabasiman.4 yildan buyon Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga o'qishga kirishga harakat qildim,ammo o'tgan yili TDAU ga qabul qilindim. Mening tibbiyot sohasida o'qishga qiziqishim va ishtiyoqimni inobatga olgan holda TTA ga o'qishimni ko'chirsam bo'ladimi? Tibbiyot sohasiga o'ta qiziqishimga sabab oilada nogironligi bo'lgan ukam va singlim !
ОТМ га Онлайн хужжат топшириши иложи булмаяпти.ОТМ лар руйхати чикмаяпти.Качон тулик ишга тушади
Assalomu alaykum men Toshkent Tibbiyot akademiyasi oliy ma'lumotli hamshiralik fakultetini tugatdim magistraturaga topshirish tartibi eski holiga qaytarildi bizni esa fakultet va magistratura yopildi biz endi qaerga topshira olamiz iltimos bizni masalani ko'rib chiqilar turdosh bo'lmagan yo‘nalishlarga topshirishni qaytgani yaxshi edi hamma o'ziga yaqin sohani tanlab o‘qirdi menimcha hechkim asalarichilikni bitirib tibbiyotda o‘qimasa kerak.Maslahat berishizni iltimos qilamiz biz Oliy Ma'lumotli hamshiralik fakulteti barchamizga bu qiziq va zarur iltimos biz tanlagan kasb bizni eng katta hatoyimiz bo‘pqolmasin
Assalomu allaykum men O'rinboyev Javohir Baxtiyorjon o'g'li hozirgi kunda O'zbekiston Milliy universiteti milliy goya manaviyat asoslari va huquq talimi yonalishida o'qiman. o'qishimni Qoraqalpoq davlat universiteti Yurispuridensiya yo'nalishiga ko'chirmoqchiman.Shu yo'nalishga ko'chirsam bo'ladimi.
Assalom aleykum Sirtqi talimni bitirib magistraturaga topshirsa buladimi
Matematika va informatika sirtqida òqiyman 1-kursda shuni sirtqi boshqa yo‘nalishga ko‘chirsam bo‘ladimi masalan biologiya
Xushnudbek aka siz bn qanday bog'lansa buladi
Show next 100 comments