Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Sizga savolim shundan iboratki xorijdan o'qishni ko'chirish yani uzbekiston oliy o'quv yurtlariga o'qishni ko'chirish o'tish bali nechi bal bo'ldi nimaga hech qayerda elon qilinmayapdi biz imtihondan o'tgandan kiyin elon qilinadimi bu mantiqqa to'g'ri keladimi.
2.
Taklifim. Oliygohlarida alohida nogironligi bor bo'lgan talabalar b.n ishlaydigan bo'lim ochilsa. Uning vazifasi imkoniyati cheklangan talabalarni ihtidorli lar b.n qo'shimcha ishlash. Bandlik ko'maklashish. Moddiy va ma'naviy ko'maklashish. Bunday yoshlarni hayotga intilishini yanada oshirish kerak. V. Klar
Men Toshkent shaxrida yashayman (propiskam shu yerda) yaqinda uylandim tushmush o'rtog'im Samarqand viloyatidan, Samarqand davlat universitetining musiqa ta'lim yo'nalishiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan, hozirda shu yo'nalishni 3-kursini tugatdi. Men turmush o'rtog'imni o'qishini Toshkent davlat pedagogika universitetining musiqa ta'lim yo'nalishiga ko'chirmoqchiman. (O'qishini ko'chirishda aniq asos bor shuni uchun muammo bo'lmaydi degan umiddaman). Meni savolim (taklifim) shundan iboratki turmush o'rtog'imni o'qishini davlat granti asosida ko'chirishda amaliy yordam berishimgizni sorayman. Oldindan kattakon rahmat aytib qolaman