Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Men Toshkent shaxrida yashayman (propiskam shu yerda) yaqinda uylandim tushmush o'rtog'im Samarqand viloyatidan, Samarqand davlat universitetining musiqa ta'lim yo'nalishiga davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan, hozirda shu yo'nalishni 3-kursini tugatdi. Men turmush o'rtog'imni o'qishini Toshkent davlat pedagogika universitetining musiqa ta'lim yo'nalishiga ko'chirmoqchiman. (O'qishini ko'chirishda aniq asos bor shuni uchun muammo bo'lmaydi degan umiddaman). Meni savolim (taklifim) shundan iboratki turmush o'rtog'imni o'qishini davlat granti asosida ko'chirishda amaliy yordam berishimgizni sorayman. Oldindan kattakon rahmat aytib qolaman
Javob uchun: raxmat 😊
Men hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universiteti 3 bosqich talabasiman (endi 3 kurs bo‘laman xudo hohlasa)
Deylik men Toshkent davlat yuridik Universitetiga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman ko‘chira olamanmi yoki hozirda 1 Kursni tugatib 2 kursga o‘tayotganlarga taluqlimi...
Bu yerda tabaqallashtirilgan kantrakni to'lasa bo'ldi hohlagan OTM ga o‘qishini kopchirsa bo'ladi deyilga hop bu joyi tushinarli bo'ldi...
Endi ko'pchilikga qiziq bo'layotgan asosiy savolga o'tsak
O'qishni ko'chirishda talaba qaysi kursni tugatayotga bo'lishi kerak.
2. Абитуриент 5 тагача ОТМни танлаб ўқишга топшириш мумкин. Бунда тўплаган балли биринчи танлаган ОТМга контракт, иккинчисига эса грантга етган бўлса биринчисида яъни контракт билан ўқишга мажбур бўлади. Танлаш ҳуқуқи берилгандан кейин абитуриент тўплаган балли етган хоҳлаган ОТМда ўқиш имконияти берилиши керак эмасми.