Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
O'zbekistonda #sportni o'ldirishni boshlashdi. Bular qaror chiqarishda O'zbekiston bolalarini o'ylaydimikan o'zi?
O'zbekiston chempioni bo'lish uchun qancha mehnat va pul sarflash kerak ekanligini biladimi o'zi bular.
O'zim bilganlarni yozay faktlar bilan har qanday joyda isbotlab bera olaman.
Yengil Atletika
Bu sportga kelganda murabbiyni aytadigan gapi o'qishga imtixonsiz kirasan. Bo'ldi bundan boshqa narsa bolani qiziqtira olmaydi. O'zbekiston chempioni bo'lish uchun qishloqda mol boqib borib chempion bo'lgani yo'q bu bolalar. Ularga litsenziyani olib tashlagani.
Keyin puli bor boyni bolasi hech qachon stadionga chiqib jonini qiynamaydi. Sovuqlarda stadionda yugurib yurmaydi. Birgina o'qishga imtixonsiz kirishdan ham mahrum qilib bolalarni sindirib yo'q qilib tashladi bular.
Bir tomondan yaxshi befoyda sportga vaqt, umr, pul sarflamaydi endi odamlar. Ota-bobolarimiz to'g'ri aytishgan salohmondek gavdang bilan sportda nima qilasan ol qo'lingga ketmonni shundan foyda.
Yaxshi ham shu sportda faqat qiziqish tufayligina yurganman. Lekin shundan pul topib oila tebrataman deb yurganlar qancha
Chempion yigit-qizlar bu yaxshilikka, bugunoq stadionga qaytib kelganim bo'lsin dengda qo'lingizga kitob olib o'qishni boshlang. 13 yil sportda yurdik bir tiyinlik foyda yo'q. Trenerlarni oyligi ko'payishiga foydamiz tegdi xolos.