Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Safarova Feruza Musurmonqulovna
Assalomu alaykum hurmatli Abduqodir Toshqulov .
Savolim quyidagilardan iborat :
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Uneversiteti va Rossiyaning Òral Davlat Uneversiteti hamkorligida tashkil etilgan fakultetda qòshma ta'lim dasturi asosida òqiyotgan tòrtinchi kurs talabasi ma'lum sabablarga kòra òqishini Termiz Davlat Uneversitetining iqtisodiyot fakultetiga kòchirsa bòladimi ?
Ikkinchi savolim : Termiz Davlat Uneversitetining rus tili fakultetida grant asosida òqiyotgan talaba òqishini Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining turdosh fakultetiga kòchirsa grand saqlanib qoladimi ?
Javob uchun oldindan rahmat !
Assalomu aleykum,savolim O'zbekiston OTMlari aro perevod bo'yicha,eshitgandimki,perevod bo'lishi uchun shu ohirgi sessiyani qayta topshirishga qolmasdan yopmasa perevodga ruxsat berilmas ekan shu rostmi?Chunki hali bazi sirtqi ta'limdagilar sessiyani boshlamagan ular yopib ulgurmasa perevoddan qolibketadimi?Chunki sessiya boshlanishidan dom darak yo'q.
Bir OTM ning ichidan bir yo'nalishidan ikkinchi mos yo'nalishga ko'chirish shu haqida kanalida ham ma'lumot bersangiz
Assalomu Alekum. Sizdan iltimos xorijdan pervod qilmoqchilarni òtish balini ozroq qòyinglar 56 ótgan yilgidek yoki 80 qòying mayli lekin baland qòymang iltimos. Nega endi pervod qilishga 1 oy qolganda bu yangilikni kiritdisla oldindan etganlarizda biz yaxshi tayyorlanardik. Biz super kontrakt tòla olmaymiz shuning uchun xam chet davlatiga kirganmiz. Òtgan yili bal yetmaganiga. Biz xam òzimizda òqiylik deymiz qiynalip chet davlatda óqimasdan. Iltimos òtish balini past qóying
Parizoda
Assalomu alaykum men Hamroyeva Nigora Hamzayevna Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman Barkamol avlod bolalar maktabida "qandolat"tugaragi rahbari bulib ishlayman ma'lumotim õrta maxsus 12yillik stajga egaman oliy ma'lumotli bulish uchun oliy talim muassasalariga xujjat topshirib dtm testlaridan õtib yetarlicha ball olaolmayapman sababi ishlab turgan soxa buyicha emas fezika fanlari buyicha test beriladi men yoshlarga hunar õrgataman amaliy sohaga oid imtihonlar bulsa a'lo baholarga topshirsam kerak iltimos bunga qanday imkoniyatlar bor aytib utsangiz. 2020 yil dtm test sinovlari buyicha ona tili vaadabiyot fakultitiga sirtqi fakultitiga topshirib 85,1 bal tuplagan edim
Ассалому алайкум, Мен Тошкентда яшайман, Хотиним 2 та фарзандим хам Тошкентда доимий пропискада.
Савол; Кизим Хоразм Давлат Университетида кушимча Кантракт асосида укийди, Ойимни ёлгиз колдирмаслик учун УРДУ га киритган эдик, энди Ойим билан Кизимни Тошкентга кучириб келиш максадида Кизимни Тошкентдаги турдош йуналишга укишини кучирмокчиман бу узурли сабабга кирадими.
Assalomu alaykum Abdulqodir Toshqulov. Men hozirgi kunda Qozoğiston respublikasi shimkent Universitetida óqiyman. Bu yil ózbekistonga óqishimni uzrli sabablarga koʻra kóchirmoqchiman. Ózim buvim bilan buvamni qólida tarbiya olganman ota-onam ajrashishgandan sóng, men 2 yoshligimdan buvijonim tarbiyasida qolganman, Buvam qazo qilganlariga 6 yil bóldi, hozirgi kunda Buvimning asosiy qarovchisi menman, oʻtgan yili Oʻzbekiston universitetlariga topshirib ozroq ball yetmay qoldi super kontrakt tólay olmasligim uchun chet davlatdagi universitetga topshirdim va karantin boʻlib yóllar yopiqligi sababli online talim oldim. Endilikda sizni qaroringizga binoan óqishni kóchirishda ótgan yilgi minimum ballni toplamasak tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlar ekanmiz, bu qanchalik tógri, agar shu gap rost bólsa iltimos qilaman bu qaroringizni ózgartiring bizlar boylarni bolasiga óxshab super kontrakt qilolmaganimiz uchun chetga topshirganmiz, ótgan yili abituriyent boʻlib tóplay olmagan balimizni bu yil qanday qilib student bólib tóplaymiz.
1000 talikka kirgan institutlar nega imtixon bòladi pervod qilishda bizlarda darslar òtildi xamasi sessiyalar bòldi qiynalip sessiyalarni yopdik. Bizda xaqiqatdan óqish bolyapti. Nega biz imtixon topshirishimiz kere. Biz darsimizni qilip sesiyalarga tayyorlandik biz dtm imtixoniga tayyorlanmadik. Chunki bizni òqishimiz kóp edi. Va biz xabarimiz yoq edi imtixon bólishidan nega 1 oy qolganda imtixon qòydilar. Iltimos top 1000 talikka kirgan institutlar ga imtixonsiz qabulqiling yoki kirish balini past qóying iltimos.
Gulnoza Mamadaliyeva English Teacher
HA, MAGISTRATURA SHAFFOF BO'LSIN. INSOF VA IYMON BERSIN YUQORIDAGILARGA.
( MANA NECHA YILLARDAN BUYON SHERIKLARIM 3 MING 3,5 MING DOLLARGA KIRISHADI). BUNDAN BUYOG'I TO'G'RILIK BO'LSIN BIZAM O'QIYLIK.
🌸🧸ᴍᷟᴀⷽʀᷢᴊᷯᴏⷪɴᷡᴀⷽ🧸🌸
Assalomu alaykum savolim oʻqishni koʻchirish boʻyicha men 2020-yilda yaʼni oʻtgan yili Andijon davlat universitetiga oʻqishga kirdim Oʻzimning yashash manzilim Sirdaryo viloyatida shuning uchun oʻqishimni Guliston davlat universitetiga koʻchirmoqchiman albatta yoʻnalishimni oʻzgartirmagan xolatda bu uzrli sababga kiradimi
Javob uchun oldindan rahmat
Ассалому алайкум мана шу муаммога аниклик киритиб беринг.Абутирент бир вактнинг узида хам кундузги таьлимга хам сиртки таьлимга топшириш имкони борми? Масалан юридик университети мисолида.
Assalom alaykum.Men Muratov Jahongir.Savolim shundan iboratki boquvchisini yo'qotganlar uchun O'zbekiston OTMlariga qabul jarayonida yoki universitetga kirgandan keyin qandaydir imtiyozlar bormi ? (misol uchun kontrakt puliga yordam berish yoki tabaqalashritilgan ya'ni super kontrakt kirgan bo'lsa davlat tomonidan qanchadir foizni to'lab berish shunga o'xshash moddiy yordam beriladimi yoki qo'shimcha qandaydir imtiyozlar mavjudmi agar mavjud bo'lsa batafsil ma'lumot bersanigiz )
Javob uchun: raxmat 😊
Men xozirda Rudn Universitetida rus tili filiologiyasida òqiyman. Òzbekistonga ingliz tili filiologiyasiga pervod qilip bilamanmi xech qanday tòlovlarsiz. Va imtixonda qaysi fanlardan test ishlayman.
Кутлыхан Бектурсинова
Ассалаума алейкум Абдукодир Тошкулов. Мен Каракалпакстан Республикасы Нокис каласынан едим Сизге ушта совалим бар еди, сизлардан грамматик хатоларим булса узир сурайман.
1. Совалим куйдагича: Биринчи юналишка Леч фак Екинчи юналишга Пед фак Учинши юналишка Мед био/я укишка топширсак буладима. Бунда Леч ва Пед факта биринши блок биология пани екен. Мед биол да биринши блок химия пани екан. Я булмаса 5 та юнолишида факат биринши блок биология булиши керекми?
2. Совалим куйдагича:
Тонлов устиворлиги белгиланди бунда.
1. Давлат гранти
2. Давлат грант ва толов-контра
Агар биз Давлат грантин танласак, топлаган баллимиз Давлат грантка етмай колди. Унда биз толов контрактига укишка кабул килинадими?
Агар Давлат грант ва толов-контрактни танласак, туплоган баллимиз Давлат грантига етса Грантка укишка кабул килинадими? Шу тонлов устиворларига купчилик тушунмоучилик булияпти.
3. Совалим куйдагича:
Менинг углим мед инистутта "Tibbiy profilaktika ishi" юналишида укийди хозир 2-курсни томомлади, енди 3-курс утиш арофасида. Углимни "Довалаш иши" факултетига кучиришга буладими?
MaVJuDa Jumanova
Ассалому алейкум мени кизим Олмалик кон металлургия коллежида окийди коллеж томонидан амалийотга чикиб иш билан таминламаслик хакида коллеж рахбари Сатторов М. Томонидан кафолат бермаяпти коллеж томонидан шартнома бор ишга жойлаш имконияти борми шу муаммога йечим топиб беришингизни сорайман Жавоб учун рахмат.
Assalomu alaykum.Man Farg'ona shahridagi Koreya Xalqaro Universitening(KIUF) Turizm Menejmenti yo'nalishi 3 bosqich talabasiman.O'qishimni FarDu Ingliz tili yo'lanilishiga ko'chirmoqchi bo'lsam,nechanchi bosqichga tiklanishim mumkin va super kontrakt narhi qancha bo'ladi,shu haqida tushuncha berib yuborsangiz.
Shukurullo
Oʻqishni koʻchirishda kontraktni stipendiyasiz miqdori toʻlanadimi yoki stipendiyali miqdorimi
Фаррух Вайдилаев
Assalom alaykum
Savolim in
1. bir otm dan boshqasiga uqishni kuchirishda bron bir asos kursatilishi lozimmi?
2.agar uqiwni birinchi kursini bitirib ikkinchi kursni boshqa otm ga uqwga kuchirsak boshqa otm da davlat granti asosida kuchadimi yoki uzgarshsiz qoladimi amaldagi uqishi davlat granti asosida bulsa
3. Hozirda yunalishlar bir xilda faqat otm boshqa boshqa otm ga uqwni kuchirich uchun ham onlini tarzda ariza topshirsa buladimi. Masalan samarqand arxetiktura institutidan toshkent davlat transport unversetitiga kuchirish niyatimiz bor
Assalomu alaykum men shu yil topshiraman . Meni savolim shundan iboratki pedagokikaga òqishga kirib tibbiyot institutiga o'qishni kòchirsa bo'ladimi va agar ko'chirib bòlsa tartibi qanday bo'ladi???
Ассалому алайкум. Мен хозирда Андижон Давлат Унверситети да тахсил оламан. Мен рус тили йуналишидан турдош булмаган йуналиш яьни медицинага кучирсам буладими? Тиббиёт коллежини аьло бахолар бн тамомлаганман. Медицинага кизикишим ута кучли. Турдош булмаган йуналишларга перивотни амалга оширишда, коллеждаги тахсил олган диплом йуналишларини хам эьтиборга олишларингизни хам сураган булар эдим. Жавоб учун рахмат
Show next 100 comments