Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
17:19
Assalomu alaykum Xushnudbek. Meni savolim shundan iboratki men TaTU Samarrqand filiali kompyuter injeneringi fakultetini 2-kurs sirtqi yunalishini tugatdim hozirda 3-kursga qadam quydim savolim shundan iboratki men Uzbektelekom ak Navoiy filiali Xatirchi tumani telekommunikatsiya tarmogida ishlayman .Shu sohada 11 yildan buyon xalqa xizmatidaman .Endi savolni qisqa mazmuni shundan iboratki men Tavsiyanoma asosida uqishga kirganman shu sababli 14 945 000 sum kantrakt tulayabman . Ishxonamga raxmat utkazib berishayabdi faqat oylikdan ushlab qolishadi . Endi shu tavsiyanomani ishxona menga shu kadrni uqitib oliy malumotli qilib beringlar deb turgan bir paytda kantraktni miqdori balandligini sababini bilmoqchiman va bu holatda kantrakt kimni hisobidan tulanish kerak .?
Men Qo‘qon DPI da 2 mutaxasislik informatikada 2 kurs talabasiman.
O‘qitish modulli, masofadan turib o‘qitiladi. O‘zimiz platformaga kirib fanlarni o‘zlashtirishimiz kerak. Tushunmasdan 2 kursni tugatdik. Bizga zoomda dars o‘tiladi degandi lekin ingliz tilidan boshqasi o‘tmadi. Dasturlash tilidan esa umuman o‘tishmadi. O‘zimiz youtubedan python dasturlash tili kurslarini ko‘rib o‘rganmoqdamiz. Biz diplom uchun o‘qiyotganimizni bilgandek ular xam dim lom uchun o‘qityapti.
Kontrakt stipendiyasiz 7 500 000 so‘m.
O‘qishga xujjat topshirishimizda bizga 3 yil o‘qiysizar deyishdi. Endi esa bizni 5 yillikga qo‘shib yuborishdi.
Yana to‘rt yil kontrakt to‘lashim kerak. Oyligim 1 000 000 so‘m. Bir amallab bu yilni to‘ladim 3 kursga o‘tdim. Endi ish so‘rasam siz xali nomutaxasissiz deb dars bermayapti maktablar.
Siqilib ketdim. Oilam farzandim bor.
Lekin o‘zim fizika fakultetini tamomlaganman. Informatikadan yana o‘qiyapman.
Biz 3 kursda dars bersak bo‘ladimi?
Охирги тасдикланмаган манбаларга кура Президентнинг ПФ-9524 фармонига узгартириш киритилгани яьни, республика чемпионатларида кулга киритилган совриндорлар давлат гранти асосида укишга кириши чикариб ташлангани айтилмокда. Шу холатга аниклик кириб беришингизни сурайман. Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Javoblaringiz uchun oldindan raxmat
Бизни ўкувчилар хужжатлар топширилган ва аризалар ёзган Энди бу имтиёз бекор килинадими?ёки Хали аник бўлмадими? Шунга аниклик киритиб берсангиз.