Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum Xurmatli Abduqodir Toshqulov
Sizga savol emas taklifim bor edi.men hozir med instda ōqiyman.
Yangi chiqqan qarorga kōra noturdosh yonalishlar tabaqalshtirilgan kontrak summasini minimal miqdorini tōlab ōtaverar ekan.bu bir tomondan yaxshi bir tomondan juda yomon.

Yomon tomoni med instlarga universitetlardan talaba keladi.misol uchun zoologiya yōnalishlaridan tuproqshunoslik, huquq biologiya va hokazolardan..

Bularni med instga ōtkazish noto'ğridir.chunki ertaga bemor oldiga kelsa biron nima qilib qoyishi mumkin..

Boshqa yonalishni bilmadimu med instga boshqa yonalish talabalari kelmagani maqul deb bilaman. Med instga taluqli bolmagan yonalishlarni med instga ōtkazishga yōl qōynasligingizni sōrardim

Med instniki qanday bolishi mumkin degan savol tugiladi.

Bu savolga javob med instlarni ōzida noturdosh yonalishlar bor ular qilsa boladi.chunki ular tibbiy fanlarni ōtib yuribdi.univerdagilar esa birontayam tibbiy fanlarni ōtmagan hali..
Ōtkan yil ōzi 500 ga yaqin perevod talabalr keldi. Umuman medicina sohasidan xabari yoq.
Ōqituvchilarni juda qiynab qōyishdi.agar manavu perevodlar kelsa med instga tizimni ōzgartirib yuboradi juda
Harbiy tavsiyanoma haqida ham malumot bering bu yil muommalar bulmasin
ассалом алекум бу йилги магистратурага кабулини давлат тест маркази томонидан тест шаклида отказилишини сиздан илтимос киламиз бунда шаффофлик сал болар эди
езма иш болса пул болиш эхтимоли копрок
👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓$$$
Assalomu alekum.
Men o'tgan yilgi test natijalariga ko'ra Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilganman.Lekin o'zim Jizzax viloyatida doimiy ro'yxatda turaman.Menga Namanganga borib o'qish olislik qilmoqda, shu sababli o'qishimni ko'chirmoqchiman ,ammo, Jizzaxda bunday turdosh yo'nalish yo'q, faqatgina Toshkentda O'zDJTU da mos va turdosh yo'nalish bor.Men o'qishimni O'zDJTU ga ko'chirsam kantraktning ma'lum miqdorida to'lov amalga oshiramanmi.Bu adolatsizlikmasmi.Javob uchun avvalo raxmat.
Assalamu alaykum. Men ótgan yili talabalar órtasida respublika fan olimpiadasida fizika va astronomiya asoslari fanidan 1-órinni oldim. Prezidentning PQ 5032 qaroriga kóra magistraturaga imtihonlarsiz grant asosida qabul qilishadimi?
Assalamu alaykum. Men ótgan yili talabalar órtasida respublika fan olimpiadasida fizika va astronomiya asoslari fanidan 1-órinni oldim. Prezidentning PQ 5032 qaroriga kóra magistraturaga imtihonlarsiz grant asosida qabul qilishadimi?
Al hamdulillah..☝️
Salom aleykum texnikumida qachon xujjat topshirsa buladi va qachon
Assalamu alaykum. Men ótgan yili talabalar órtasida respublika fan olimpiadasida fizika va astronomiya asoslari fanidan 1-órinni oldim. Prezidentning PQ 5032 qaroriga kóra magistraturaga imtihonlarsiz grant asosida qabul qilishadimi?
Assalomu Aleykum hurmatli Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vaziri va Huquqshunos,blogger Hushnudbek aka.Hushnudbek akaga ovozli chat imkoniyatini yaratib berganligi uchun barcha talabalar o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.Oliy va o'rta mahsus ta'lim Vaziriga taklifim bor: Bu yil pandemiya sharoitini hisobga olgan holda,Rossiya Top1000universitetlariga o'qishni ko'chirishda o'tish balini,o'tgan yilgi OTM ga o'tish bali bilan ya'ni Umumiy 189 balning 30%ini 56,7 ball qilib belgilashni taklif qilaman.Zero 393-sonli qarorda Top1000talik Rossiya universitetlariga bejizga imtihonsiz o'qishni ko'chirish joriy etilmagan,Chunki Rossiya Top1000universitetlarida ta'lim sifati yuqori,sessiyalarni yopish qiyin.Qolgan Rossiya Top1000universitetlaridan boshqa Chet El va Qo'shni davlat universitetlaridan o'qishni ko'chirish balini huddi Hushnudbek aka ta'kidlaganidek o'tgan yilgi o'tish balining eng quyi bali etib belgilashni taklif qilaman.Masalan Iqtisoditot bo'lsa O'tgan yilgi TDIU Iqtisoditot sirtqi o'zbek tili yo'nalishiga 137.8ball Deb belgilangan.O'shanda adolatli bo'lar edi,zero Vazirlar mahkamasini 393-qarorini birdaniga o'zgartirish talabalarni va ularni ota-onalarini noroziligini keltirib chiqarmoqda ya'ni top1000Rossiya universitetlariga o'qishni ko'chirish imtihonlarsiz belgilansin Deb yozilgan edi bu qarorda.Prezidentimiz va siz tomondan olib borilayotgan islohatlar O'zbekistonni rivojlantirish uchun qaratilganligi olqishga sazovor,zero biz talabalarning yagona maqsadi kelajakda yetuk mutahasis bo'lib O'zbekistonni yanada rivojlantirish hisoblanadi.Bizga eng Katta baxt nima Deb so'rashganda biz : Biz musulmon oilada va O'zbekistonda tug'ilganimiz Deb javob qaytargan bo'lar edik.O'zbekistonda yaratilib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanmaslik,ko'r inson chanqab turib yonida suvni payqamaslik bilan barobardir.Biz Chet eldagi talabalar O'zbekiston farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.Bu yil pandemiya sharoitini hisobga olgan holda bizga ham yurtimizda o'qish uchun imkoniyat yaratib berishizni so'raymiz,Ilgari qonunda top1000talik Rossiya universitetlariga imtihonsiz o'tish joriy qilingan edi,Hech bo'lmasa Top1000Rossiya universitetlariga o'tish balini 56,7 ball qilib belgilanishiga rozilik bersangiz barcha Chet eldagi talabalarni hursandiligiga sabab bo'lar edingiz deb o'ylayman.Hurmat bilan Shoxrux.A.N.(1-kurs Iqtisodchi)
Sardor
Assalomu alaykum hurmatli Abduqodir Toshqulov men Oʻrozaliyev Sardor hozirda Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali da 1-kursni tamomladim men oʻzim Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yashayman,oʻqishni olis hududligi va oilaviy sharoitimiz yaxshi emasligi uchun Namangan davlat universitetiga biologiya fakultetiga oʻqishni koʻchirishga amaliy yordam soʻrayman
Assalomu aleykum hurmatli A. Toshqulov men Bux.tibbiyot instituti oliy hamshiralik ishi yònalishi bitiruvchisiman savolim quyidagicha shu shil tibbiyot yònalishida ikkinchi mutaxasislikga qabul bòladimi? Òtgan 2020-2021 yillarda qabul bòlmagan edi Hech bòlmaganda shu yònalish uchun ikkinchi mutaxasislikga qabul bòlsin biz 6 yillik tibbiyot sohadida malumotga egamiz (3 yil med kollej +3 yil med.institut) sizdan iltimos shu muammoni ham kòrib chiqib ijobiy hal qiling
.....
Assalomu aleykum Abduqodir Toshqulov horijdan òqishni kòchirish bòyicha ma'lumot bersangiz qanday hujjatlar kerak bòladi, chegaradan kirdi-chiqdi qilingan bòlishi shartmi bu yilgi òtish balli qancha bòlishi mumkin? Oldindan rahmat
Ассалом Алейкум
Сизга савол льгота олган спортсменлар нима учун укишга кирмайди ?
Биз спортсменлар 10 йиллаб спорт билан шугулланиб келаётибмиз Лекин бизни мехнатни хеч Ким курмаёпти ва шунга Яраша укишга хам киргизмаёптила
Бу нима деган гап ?
Биз одам эмасми? 
Ассалому алайкум хурматли Абдукодир Тошкулов
Саволим шундан иборатке
пиризидентимизнинг спорт буйича Узбекистон чемпиони ва совриндорлари (1 2 ) ОТМ га имтийозле равшда грант асосида кабул килинади деган карори бор еди. менхам узбекистон чемпиониман 11 синфни йакунладим шу карор асосида ОТМ га хужжатларимни топширдим укишга оз муддат колганда карор узгартирилди енди узбекистон чемпионлари ва совриндорларининг депломлари ОТМ га утмас екан екан менга ухшаб ОТМ га хужжат топширган болалар сони 2 мингдан куброк енди биз укишга таййорланишга улгирмаймиз уша карорни кайта куриб чикилишини илтимос килар едим
👩‍⚕️Irodabonu Abdurahmonova👩‍⚕️
Ассалому алайкум барчага, Хушнудбек, Сиздан илтимос, вазир билан ўтадиган бугунги суҳбатда қуйидаги масалага ҳам аниқлик киритиб берсангиз: мен Ўзбекистон Миллий Ахборот Агентлиги расмий каналининг 24 июнь кунги бир постида ушбу маълумотни ўқиб қолдим: " абитуриентлар рўйхатдан ўтиш жараёнида танланган бакалавриат таълим йўналишлари устуворлигига қараб дастлаб давлат гранти, кейинчалик тўлов-контракт асосида танловда иштирок этишлари бўйича қўшимча имконият берилади." Шуни изоҳлаб беришларингизни илтимос қилардим. Олдинги йилларда 5 йўналишдан 1- сига контрактга кириб 2- сига ёки 5-сига грантга кирса барибир 1-йўналишда контракт асосида ўқишга мажбур бўларди, масалан, 2 йил олдин қизим ЎзЖОКУ га 1-йўналиши халқаро журналистикасига контрактга, 2-йўналиши телерадиобошловчиликка грантга балли етган, лекин 1-йўналишида контракт асосида ўқишга мажбур бўлди, сабаби ҳаммага маълум.
ЎзАА расмий каналидан олинган " абитуриентлар рўйхатдан ўтиш жараёнида танланган бакалавриат таълим йўналишлари устуворлигига қараб дастлаб давлат гранти, кейинчалик тўлов-контракт асосида танловда иштирок этишлари бўйича қўшимча имконият берилади." ушбу маълумотга кўра энди 5 йўналишдан 1, 2, ва ҳ.контрактга балли етиб, 3 ёки 4, ёки 5- йўналишга грантга балли етса танлаган йўналишининг кетма-кетлигидан қатъий назар грантга балли етган йўналишида ўқишига рухсат бериладими, Сиздан яна бир бор илтимос, шу масалага ҳам алоҳида тўхталиб аниқлаштириб беринг, менимча бу масала кўпчиликнинг ҳам оғриқли нуқтасилиги аниқ.
Олдиндан раҳмат, соғ-омон бўлинг, ишингизга ривожлар тилаб қоламиз.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендияси тайинланадиган 11 та йўналишнинг “ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИ” йўналишида Президент стипендияси соҳиби бўлмоқчи бўлган Тошкент давлат аграр университети иқтидорли магистр талабаларига тўсиқ бўлаётган ва қийнаб келаётган масала!

Вазирлар Маҳкамасининг 2008 йил 13 октябрдаги 226-сон қарорига кўра Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендияси тайинлаш тўғрисидаги низомида кўрсатиб ўтилган меъёрларига қарайдиган бўлсак.
Президент стипендияси соҳиби бўлмоқчи бўлган магистр талаба биринчи курс тугагандан сўнг, яъни 2 та семестрни аъло баҳоларга тамомлаганидан сўнг танловга ҳужжат топшириши мумкин.
Бундан ташқари ҳужжатларни қабул қилиш муддати — 1—15-август, кўриб чиқиш муддати — 10—25-сентябрь этиб белгиланган.
Шу сабабли Тошкент давлат аграр университети магистр талабларининг ушбу танловда иштирок этиш имконияти мавжуд бўлмай турибди. Бунга сабаб Тошкент давлат аграр университетида Магистратура босқичи 2020 йилдан бошлаб ўқув йили 4 январь санасидан бошланиши белгилаб қўйилган. Шу сабабли 1 босқич магистр талабаларининг 2 семестр якунийлари декабрь ойига тўғри келмоқда. Бу вақтда эса Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендиясига ҳужжатлар қабул қилиш муддати тугаган бўлади.

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ АГРАР УНИВЕРСИТЕТИ МАГИСТР ТАЛАБЛАРИГА УШБУ МАСАЛА ЮЗАСИДАН АМАЛИЙ ЁРДАМ БЕРИШИНГИЗНИ СЎРАБ ҚОЛАМИЗ!
Yuldash Taxirov
Salom Xudhnudbek. Mening taklifim. 1.Magistraturaga qabul jarayonida mutaxassislik fanidan xam DTM test olsa korrupsiyani oldi olingan bo'lar edi. Mutaxassislikni OTM olsa yana oldingi xolatlar bo'lishi mumkin. 2. Magistratura qabulida Diplom ilova ballini xam qo'shishni olib tashlash kerak... Bu takliflarni Vazirga albatta yetkazing... Oldindan Raxmat...
M💫
Assalomu aleykum. Men 11 sinf bitiruvchisiman. 11 yildan buyon sport bilan professional shugullanib kelaman.Yaqinda O'zbekiston chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar OTM ga endi imtiyozli ravishda grant asosida qabul qilinmaydi degan qaror haqida eshittik. Shunga izoh bering. Nima uchun Yoshlarni qo'llab quvvatlash yili deb, yoshlarni ogohlantirmasdan kirish imtihonlari arafasida bunaqa qarorlar chiqyapti? 1 oycha oldin O'zbekiston chempionati diplomi va boshqa hujjatlarni sport va turizm vazirligiga yuborib, aniq OTM ga imtiyoz bilan grant asosida qabul qilinamiz deb, hech qanday kirish imtihonlariga tayyorlanmadik. Shuncha yillik mehnatimiz samarasini kuramiz deganda, qisqa vaqt ichida bular bekor qilinib, buni ustiga shu yildan boshlab 5 ta fandan ham imtihon qo'yilar ekan. Buni oldinroqdan bilganimizda, chempionatda g'olib yoki sovrindor bo'lishga harakat qilmasdan, fanlarni chuqurroq o'rganardik. Sportchilarga nisbatan katta adolatsizlik bo'lyapti. Buni qayta chuqurroq ko'rib chiqishingizni so'rayman
Assalom alaykum bu savolim Aynan Abduqodur Toshqulovga
Hurmatli Vazir janoblari
Nimaga aynan o‘qish davri tugaydeb , sessiyalar o‘tib , pervodga 1.5 oy qolganda bunaqa qaror chiqardingiz , tashqi pervodlar pulli , bo‘lib ballar ko‘tarilib ketdi , axir qo‘shni Tojigiston , Qozog‘iston Qirg‘izistonda , shunchapaytdan beri o‘qib endi o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirishga hichqancha vaht qolmaganda , shu super kontrakt , ball lar o‘zgargani haqidagi qarorni qabul qildingiz axir
Bz talabalar uchun shu qaroringiz
Adolatdanmi ,
Axir biz o‘qishni 2020-yil Qo‘shni davlatlarga topshiryotgan paytimiz boshqacha shartlar bilan kirgandik ,
Bu qaroringiz o‘qishdavri tugap pervodga ozvaqit qolganda
Bz uchun judayam katta Adolatszlik bo‘lyapdi,
Iltimis qilib qolardik bu qaroringizdan ko‘plab ota onalar talabalar norozi
Buqarorni hech bo‘lmaganda keyingi yildan kuchga kirgizing buyilcha bzlarga yordam qiling
Hech bo‘lmaganda halq muhokamasiga qo‘ying
Ahir bzni davlatimiz shu talabalarni beradigan super-kontrakt puliga zor bo‘lib qolmagandur
Show next 100 comments