Audio
❓Ўқишни кўчиришда ариза топширган пайт хатолик кетибди, таҳрирласа бўладими?

✅ ЖАВОБ:
Аризангиз тасдиқлангандан кейин таҳрирлаб бўлмайди. Фақат аризангиз рад қилингандан кейингина таҳрирлаш имкони бўлади.

❓Ўқишни кўчиришга ариза топширдим, лекин ҳалигача ариза ҳолати "янги" бўлиб турибди. Қачон кўриб чиқишади, 5 августгача улгуришмаса нима бўлади?

✅ ЖАВОБ: Барчанинг аризаси кўриб чиқилади. 5 августгача улгурилмаса ҳам хавотирли эмас, кейин кўрилади. Асосийси 5 август соат 23:59 гача ариза топширишга улгуриш керак.

❓Аризангиз қабул қилинди деб SMS келмаяпти. Тестдан қолиб кетмайманми?

✅ ЖАВОБ: шахсий кабинетингизни текшириб туринг. Аризангиз тасдиқланса, ўша ерда хабар берилади. Тасдиқланган аризалар тестдан қолиб кетмайди.

❓Ўқишни кўчириш учун тестлар қачон бўлади?

✅ ЖАВОБ:
Барча тестлар тугаб бўлгач, тахминан 20 августдан кейин.

❗️Мана бу ерда ҳам ўқишни кўчиришга оид жуда кўп саволларга жавоб берилган. Эшитиб, керакли маълумотларни мустақил қидиришга ҳам ўрганинг.


👉 @xushnudbek 👈

1212 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум кизим 17 июль куни ариза берганди. Кабул килинди деб жавоб келди. Энди тестда катнашиш учун ту́ловни кандай амалга оширамиз.
Farangis
Man 27da yozganman
Ha biz ham kutyapmizku, 25-avgustgacha hammaniki ko'rib chiqilar ekanku
Madhuri🌹
17 iyulda topshirganim rad qilingan ekan. Xatolik ketibdi keyin 1 avgust kuni yozgandim qaytadan tahrirlab
Madhuri🌹
Agar yena rad qilinsa perevod qilib bolmaydimi?
Madhuri🌹
Ahir kecha audio faylda rad qilinsa tahrirlasa boladi uni deyilganku
Madhuri🌹
Men pasport pdfni òrniga boshqa narsa joylagan ekanman.
Madhuri🌹
Agar yena rad qilinsa perevod qilib bolmaydimi?
Yo'g'ee hali perevodga hujjat topshirish vaqti tugamadiku, tahrirlagan bo'lsangiz perevod qila olasiz
Madhuri🌹
Asos qõchimchalar degan joyiga boshqa fayl joylansa xato bõlmasmikan. Unga ozi nimani joylash kerak
🖤🖤🖤
Assalom alekim hozirda karantin sababli online o'qish davom etyapdi shu online davrda talaba chet davlatga chiqsa bo'ladimi talaba online o'qishini chet elda turib davom ettirsa muammo bo'lmaydimi shu to'g'risida to'liq javob bersangiz! Rahmat
Ibrokhim
Madhuri🌹
Asos qõchimchalar degan joyiga boshqa fayl joylansa xato bõlmasmikan. Unga ozi nimani joylash kerak
Masalan qanday fayl joylamoqchsz u joyiga asosan turmushga chiqqan bòlsangizu nikoh guvohnomasi shunga oxshash kk buladigan fayl yuklanadi
Assalomu aleykum. Men o'qishni ko'chirishga ariza topshirgandim. Shaxsiy kabinetni ko'rmoqchi edim login va parol degan joyi chiqdi. Men ariza topshirayotganda login kiritmadimku. Shu joyida parolni unutish joyiga kirib qaytadan parol kiritdim. Men topshirgan arizaga kirdi va yana arizani saqlashni bosib arizani yuklab oldim keyingi yuklab olgan arizamni oxirida o'zgartirildi deb chiqdi. Lekin hech narsani o'zgartirmadim. Arizam qabul qilinadimi?
sirtqida oqidiganla kundiziga perevod qilsa ariza topshirganda 3 kurs deb yoziladimi yoki 2mi. ozi 3 kursga kochdi
Habibullo
Oqishni kochirtirish haqida arza yozgandim lekin haliyam Javob kelmadi arzaning tekshirsam holati yangi deb turubdi.nima qiliy arza qabul qolgani qanday bilsak boladi
AsRiDDiNoV SaRDoR
ssalom xushnudbek aka tuzumisiz sizga bir savolim bor edi uqishni chet eldan uzbekistonga kuchirish masalasida ! Uzbekisnon respublikasi vazilrlar maxkamasing 27.04.2019 yil 360 sonli qaroriga 23¹ bandiga kura Халқаро тан олинган ташкилотларнинг олий таълим муассасалари рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатдан жой олган Россия Федерацияси олий таълим муассасаларида таълим олаётган талабаларнинг аризаларига мувофиқ уларнинг ўқиши Давлат комиссияси қарори билан Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларига синовлар (тест, ёзма иш)сиз тўлов-контракт асосида кўчирилади. Deb belgilangan Xozirda siglim qozog'izstonda M.Avezov nomi institutda uqiydi M.Avezov instituti xam top 1000 talikdan joy olgan 491 o'rinda Savolim shundan iborat: 360 sonli qaror asasida bizxam M.Avezov nomidagi qozog'iston davlat unversitetidan uzbekistonga imtixon sinovlarisiz perevod olishimiz mumkunmi ? Buday savol bilan xozirda qozog'istonda uqiyotkan (uqiyotkan institutlari top 1000 dan urin olgan) va uzbekistonga perevod olish istagida bulgan studentlarning barchasi qiziqishmoqda Savolimizni beetibor qoldirmaysiz degan umitdamiz javobiz uchun oldindan raxmat !
Qarorga òzgartirish kiritilgan top 1000 ga kirsa ham imtihon topshiradi
𝐌𝐢𝐫𝐟𝐚𝐲𝐳
Bugun qabulning ohirgi kuni rad etildi deb sms kelsa kn tahrirlab bilamanmi qolib ketmaymanmi
Show next 100 comments