Ҳозиргина Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Олий Мажлиси ва халқига Мурожаатномасига бағишланган тадбирдан чиқдим.

Менимча, кўпчилик тўғридан-тўғри эфирда томоша қилган бўлса ҳам керак.

Унда кўп гаплар айтилди, жумладан 2021 йил мамлакатимизда Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили деб эълон қилинди.

Бафуржа таассуротлар ва таҳлиллар билан кейинроқ ўртоқлашаман.


👉 @xushnudbek 👈

332 comments

Show 29 more comments
Jahongir Official
Ishsizlik darajasini yuqotish kerak Avvalo. 2 yildan buyon ishsiz yurganlar bor oliy taʼlim ni tugatib xam ishsiz.
Жахонгирхужа Бахоров ММИБДУ
Ассалому алайкум Хушнудбек ука.Мен Наманган в Поп т Гулистон кишлогиданман.Сиз билан кандай боглансам булади.Илтимос,сиз билан богланишим шарт
Ollohga shukr sovuqda mazza qilib yashayabmiz.
Ancha pul ajratilishi aytildi. Lekin bu pullar xalqqa yetib bormasligini hamma BILADI !!!
Бунинг учун ҳуқуқий саводхонлигимизни ошириш керак!
Йошларга имконийат яаратилса коп нарсага еришамиз
Ko'mirga chiqib ketgandim.tomdan tappi tawab qaytgunimcha svet yonmapti korolmadim
Mening fikrim. Ha tug'ri yozayapsizlar zur buldi, imkoniyatlar berildi, lekin agar amalga oshmasa shu aytilgan gaplar bu gaplarning keragi yuq. Amalga oshirish nafaqat prezidentimizning balki tegishli davlat tashkilotkarining ham zimmasidagi ishdir. Nima bulsa ham mana shu aytilgan gaplarning amalini kutib qolamiz.
Hamma gap ijrochilikda
Assalomu aleykum. Bizda ham svet yo'qligi uchun ko'ra olmadik. Endi ayrim bemani guruh adminlarining aniq bir ma'noga ega bo'lmagan reklama va yolg'onlari ko'pchilikni chalg'itadi. Xushnud aka iltimos agar Youtube ga ushbu murojaatnoma yuklansa ssilkasini guruhingizda yoriting.
Ahmadjon Musurmonov
Judda ajoyib buldi
Xushnudbek aka juda ham zor boldi albatta bugungi kun.Prezidentimizga rahmat ,ozimni kanalimda ham uzluksiz berib bordim malumotlarni @sizbilanbiz da aniq malumotlar aytildi .
2021-yil biz va vatanimiz uchun zur yil bulishini kutib qolaman😉
Умиджон Абдуллоев
Ака газ б.н свет хакида гап булмадими
Jonibek Nuriddinov
Негадир сиёсий ислохотларга катта ургу берилмади, мухолифат партияларга йул очиш хакида лом-мим дейилмади. Мурожаатномадан унчалик таьсирланмадим.
Assalomu alaykum Prezidentimiz Murojaatnomalarida siz kabi ishtirok etish nasib qilsin Ilohim🤲🤲🤲 . Shunday yurtda yashayotganimdan farxlanaman.
Assalomu aleykum.
Aynan bu yerda, mavzuga aloqador bo'lmagan holda "comment"qoldirayotganligim uchun oldindan uzr.
Men universitetda to'rtinchi kursman.
Magistraturaga tayyorlanyapman (hozircha faqat IELTS ga).
Bitta meni judayam qiynayotgan savolim bor. Nima uchun bakalavrga topshiruvchilar uchun savollarning o'xshash namunasi oldindan taqdim etiladi-yu, magistratura uchun bunday emas?
Aynan shu mavzuga oid, savollarni qanday topishimiz va nimaga tayanib tayyorlanishimiz mumkinligi haqida "post" chiqarsangiz.
Biz buni intizorlik bilan kutamiz. Hozirgacha, biz shunday o'qishimiz bilan bog'liq yuridik ma'lumotlarning aksaryatini sizning kanalingizdan olganmiz.
Shu safar ham yordam berasiz, degan umiddamiz.
Oldindan katta rahmat.
Postingizni kutib qolamiz.
Insha Allah 2020 yilda bajarolmagan ishlarimizni 2021 yil tulaligicha bajaramiz Bugun biz yoshlar uchun estaqolarli kun .
Ha yaxshi bo'ldi.
Show next 100 comments