Ҳозиргина Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Олий Мажлиси ва халқига Мурожаатномасига бағишланган тадбирдан чиқдим.

Менимча, кўпчилик тўғридан-тўғри эфирда томоша қилган бўлса ҳам керак.

Унда кўп гаплар айтилди, жумладан 2021 йил мамлакатимизда Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили деб эълон қилинди.

Бафуржа таассуротлар ва таҳлиллар билан кейинроқ ўртоқлашаман.


👉 @xushnudbek 👈

332 comments

Show 100 more comments
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Siz qayerada bilsiz uzoqdan turib yomonlashni xamma biladi bita amaldor yomon boʻlsa boshqasi ham yomonga chiqarib qoymangiz
Agarda ularning hammasi sitqidildan xalq uchun ishlaganlarida xozirda bunaqa tizim shakllanmagan bo'lar edi. Muammolardan xoli bron bir tizimni aytolaszmi
Ассалому алайкум вараҳматуллоҳи вабарокатух ҳаммага Аллоҳ ўзи мададкор бўлсин илоҳим. Россияга ишлаш учун боришга мажбур бўлган инглиз тили ўқитувчиси сифатида йил номидан ҳеч қандай ўзгариш бўлишидан қатъий назар хурсанд эмасман. Чунки Ўзбекистон реал КОРРУПЦИЯ РИВОЖЛАНГАН ДАВЛАТ. КОРРУПЦИЯ ЙЎҚ БЎЛСАГИНА ҲАЛҚ ТЎҚ ЯШАЙДИ, ҚИШЛОҚЛАРДАГИ ВА ВИЛОЯТЛАРДАГИ ОЧ ҲАЛҚ.......
Xushnudbek shu qarorlar ta’minlansa bo’ldida ish qilib. Ishlarni amalga oshirishga bosh qosh bo’ling. Sizdaqa haqiqatgo’ylar ko’paysin.Amiiiiin.
Gavharoy Abbosova
Assalomu alaykum,Xushnudbek,charchamadingizmmi,judayam baxtli o'g'lonsiz,Sizga havas qilardim,Ollohga shukr,farzandlarim Sizga o'xshab ilm yo'lida yurishibdi.Katta o'g'lim And.Mash . Ins.tini tamomlab shu yili DAAD ni ,Grant yutib olib Germaniyaga Magistraturaga o'qishga ketdi,kelinim b.n(yaqinda uylagandik),2 - o'g'lim ham o'zimizda grant asosida Oliygohda tahsil olmoqda..3- farzandim ham shu yili ADU ga Matematika va Inf.ka yo'nalishiga o'qishga kirdi.Barchasi yurtimizda yaratilgan sharoit va DTM dagi shaffofliklar natijasida ,deyman.To'g'ri ,farzandlarim ham qattiq mehnat qilishdi,olloh rizqlarini qo'shib qo'yibdi.Demoqchimanki,odilona siyosat yurityabdi,muhtaram Prezidentimiz,umrlari ziyoda bo'lsin,ijro etuvchilarga ham insof bersin.2021 - yil hammamizga yaxshiliklar olib kelsin,ilohim.🤲🤲🤲
Xushnud akani Prezidentga muammoni aytishni oʻrniga hamma narsa joʻyida deyish ehtimoli koʻproq
Феруз Хакимов
Assalom aleykum hurmatli yurtdoshlar! To'g'ri hammaga gapirish oson, ln amaliga kelganda dangasalik qilamiz. Biz musulmon davlatmiz lekin bir birimizni aybimizni ochishdan bo'shamay qoldik! Yurtboshimiz bitta biz esa 33 mln . Yurtimiz o'zgarishi un avvalo o'zimizni to'g'irlaylik. Shukurlar bo'lsinki , 2020 yil man man degan Amerikani yiqitdi, ln biz omon qoldik. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib IXLOS bilan va albatta ALLOX ko'rib turganini his qilib ish tutsa menimcha hammasi yaxshi bo'ladi.
Ўқитувчилар ҳақида кўп гап бўляпти, бўлди. Лекин ойлик иш ҳақи оҳирги марта 2019 сентябрда ошганди.
Айтилган гаплар карорлар амалга ошса булди
Айтилган жойида колиб кетмаса булди
Хар бир сохада хамма чин дилдан ишламаса хаммаси жойида колаверади
ХУСНИДДИН Каримов
Chetga borib òqib kòrin. Korupciya deyarli yuq. Mazza qilib òqiysiz. Kontrakt puli daje arzonroq
Universitetda, Toshkentda 4-kursman. Xech kimga hozirgacha bir tin berib ko'rmadim. Uch smestrdan beri beshga yopaman. Birinchi kursda rus tilimni hamma fanim besh, u uch bo'lib qolganligi uchun to'g'irlattirmoqchi bo'lganman. Ammo umuman bo'lmagan.
Kvimizda Jahon Tillari, milliy universitetlarida o'qiydiganlar ham bor, uchinchi kurs. Ular ham bu kungacha bir tin bermagan.
O'zimizni yomonlayverishdan oldin, ko'zimizni ochib oldin va hozirgi sharoitlarni ham soloahtira olishni o'rganaylik
Сумни кадрини долларга нисбатан анча паст булиб кетябди бизни валютамиз касотга учрамаса булдиёв

Нега хамма нарса долларда хисобланади акш эмаску УЗБЕКИСТОНДА яшаймизку ахир.
Растаможка haqida ham gapiring
Manimcha kelajak sari tezroq qadam tashlash kerak )))) Yoki o'tmishga qaytsammikan !!!
Arxivarius
Ilohim YURTBOSHIMIZ BELGILAGAN MAQSADLARIGA ESON OMON ERISHSIN. 2021 YIL SHUNDAY OMADLI VA HAR JABXADA BAROKATLI KELSINKI, YER YUZI AXOLISI 2020 YILNI MING URUNIB HAM ESLOLMAY, ESIDAN CHIQARIB AVVALGI HAYOT TARZIGA QAYTIB BAXTLI SAODATLI BOLISHSIN. JANNATMAKON YURTIMIZNI YARATGANNING O'ZI HAMISHA O'Z PANOHIDA ASRASIN.
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
20 yillik staji bor o'rta maxsuslarni ham ko'rib chiqing Xushnudbek
Show next 23 comments