Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum
Meni taklifim shuki chekka qishloqlarga ham sport boʻyicha etibor qaratilsa yahshi boʻlardi futbol va boshqa sport turlariga shahsan bizani qishloqda sport yoʻnalishlari uchun umuman sharoit yoʻq, Lekin iqtidorli qiziquvchi yoshlar koʻp.
Assalom aleykum yaxshimisizlar sog'liqlariz yaxshimi mahalladan kantirakda o'qiydigan chin yetimlarga yordam bo'ladimi kantiraktiga
Salom Xushnudbek salomatmisiz bizni agbor tumanimizga xam bu mablag yonaltirilsa bolarmikan...bizni agbor yollar sssrdan qolgan bizni kottalar toymayapti shekilli Sirdaryo v Sardoba tumani...
Qishloqlardagi muammolarni organic chiqib pulni o'shanga sarflash kerak deb oylayman.
Keldiyor
Qashqadaryo viloyati chiroqchi tumani Taragʻay qishlogʻiga bitta kutubxona ochib bersalaringiz
Assalomu alaykum. Ta'limga sarflash kerak koproq. Hamma rivojlanishning boshlang'ich nuqtasi ta'limdir
Гулистон туман Зарбдор МФЙ 2012 ЙИЛДА курилган 6 сотихли уйларда 10 йил булди хали йуллар асвалт килингани йук вахоланки Узбекистан буйлаб хамма намунали уйларни хаммаси асвалт йул килинган
Bizni xududni suv bosib yolarimizni buzib ketib chala tashlab ketdi yolchilar bu yollardan yurib bolmayaptiyu lekin bu yolimiz dakumentda bitkazdi qilib soqqani qilishdi shu b.n QUYONga aylanishdi Sardoba tumani...
G‘olib bo‘lgan tashabbuslar qanday aniqlanadi? Tumanlar kesimida ovoz ko‘p to‘planishi kerakmi? Shu bo‘yicha izoh berishingizni so‘rayman.
Assalomu alaykum qadrli Hushnudbek aka tashabbusli byudjet sarmoyalarning qayerga sarflanishini hal etuvchi ishchi guruh qayerdan va qay tartibda shakllantiriladi ?
Hozirgi kunda qishloqda muammolar yetarlicha topilayapti. Mablag'ni o'shanga sarflasak muammolarni Barbara eta bilamiz.
Assalomu alaykum! Open budjet yaxshi loyiha, fikrimcha. Aholi ehtiyojlarini aniqlashda takliflar muhim o'rin tutadi. Men o'qituvchiman. Bugun ushbu loyihasiz ham ta'limga berilayitgan e'tiborni ko'rib, his turibman. Meni qiynaydigan muammo- bu ishsizlik muammosi. Menga qolsa tashkilotlarda ishga qabul qilishni shaffof amalga oshirayotgan rahbarlarga qandaydir rag'batlar joriy qilinsa, reyting joriy etilsa, bunga sarflangan mablag' savob va ko'pchilikning duosiga sabab bo'lar edi. Fikrimni o'zim misolimda tushuntiray. Institutni 2014- yilda imtiyozli tamomlaganman. Turmush o'rtog'im harbiy bo'lganliklari sababli respublikaning bir necha hududi, shaharlarini ko'rdim, yashab kelyapman. Lekin meni doim qiynaydigan muammo ishga kirishdagi tanish- bilishchilik, korrupsiya. Endi tasavvur qilinglar: men vaqtinchalik 4,5 yilga borib yashaydigan hududda hech kimni tanimayman. Biror maktab rahbariga borib murajaat qilsam, dars yo'q, deyishadi uzil- kesil. Hech qanday xizmat ham taklif qilishmaydi, eshitishimcha, begona odam orqali bu ishni hech kim qilmasmish. Qonunlarimizda pora taklif qilganlik uchun ham, olganlik uchunham statya bor. Sohamni sevib tanlaganman. 10 yildan beri repitetorlik bn shug'ullanaman. Maktab rahbarlariga pora berishni istamaganman sira, shunday hech kim ishga olmaydi, qandaydir bahonalar albatta, topib berishadi. Lekin farzandlarim bog'cha, maktabga chiqishadi, InshaaAlloh. Men ham davlat ishida ishlashni xohlayapman. Bir hafta bo'ldi Farg'ona shaharga ko'chib keldik. Bu yerda o'quvchilarim yo'q, maktablarda jon deb ishlardim, ta'lim rivojiga hissa qo'shishni istayman. Lekin ona tili va adabiyot o'qituvchisi bizda yetarli, yoki dars yo'q degan gaplardan juda charchaganman,ochig'i. Nahotki, jamiyatimizda pulsiz,porasiz ishga kirish mumkin bo'lmasa?! Nima uchun halol o'qishga kirib, qiynalib o'qib, yana direktorlarning kistasiga, jig'ildoniga pul bergan pedagoggina ishga qabul qilinsa? Yashirish yo'q. Kursimizni 25 nafar talaba bitirganmiz. Hozir ham telegram guruhda yozishib turamiz. Ular ham hammasi maktabda dars berishadi va lulsiz baribir kirolmaysan, deyishsa, qabul qilolmayman. Poraxo'rlik avj olgan jamiyatda nafas olib bo'ladimi? Xattoki, dars soati taqsimlanishida ham pul olafigan maktab rahbarlari borligiga chidab bo'ladimi? Dekretdan qaytayotgan o'qituvchidan ham pul umidvor bo'ladigan jamoa bn murosa qilib bo'ladimi? Bu hali ishonchli kursdoshlarimdan eshitganlarim. Agar shunday dargohda ishlasam, bilmadim yana faqat repitetorlik qilishga qaytaman, deb qolsam ajab emas. Meni maqsadim faqat pul emas. Tan olaman, mehnatga yarasha haq bo'lishi kerak, albatta. Pul topishning yo'llari ko'p. Men esa ta'lim sohasidan boshqa sohada o'zimni tasavvur qilolmayman. Davlat maktablarida, sinfda, keng auditoriyalarda mazza qilib dars o'tsam deyman. Ta'limdagi korrupsiyaga qarshi qancha pul kerak bo'lsa shuncha ajratar edim, agar qo'limda bo'lsa. Hamma o'zidan kelib chiqib taklif bildiradi. Men ham o'zimni qiynagan savollarni yozdim.
Qay tarzda ovoz yigiladi tashabbuslar
Javohir Do'smatov
Салом алекум менинг фикримча чека чека кишлокларга сарфлаш керак йул куприкга ишлатиш керак
Сардор Умаров
Shaxar markazlariga emas Tumanlarga etibor berish kerak sharoit yaxshi emas axvol ayanchlik axvolda xar soxada yetarlik keragidan ortiq kamchiliklar mavjud kim eshtadi ..odiiy xalqni.
Jalol Pulatov
Foydasi yoʻq baribir Xushnudbek. Nima keragi bor teatrni.
Sanobarxon
Ассалому аллайкум бизда 2019 йилда ОбодМахалла йили булди.лекин 3та куча асфалт булди колган кучаллар колиб кетди. Куча еритгичлари куйилмади .Сим ёгочлар янгисига алмаштирилмади.Ичимлик сувлари тортилмади .Махалла раиси узининг махалласига атрофидаги уйларга урнатиб олди . Барча ишлар чала келиб танишишларингизни истаймиз.Кишлок ахолиси хали хам муаммолар гирдобида колиб келмокда.Ёлгон хисоботлар билан хамма ишлар бажарилди деб махалла раиси ва курилиш ташкилоти ишни тугатган.Бошка махаллаларда ишлар бошкача куча еритгичлари, ичимлик сувлари, трансформаторлар куйилган, сим егочлар бетон сим егочларга алмаштирилди нега бизда шундай булмади.Ишларнинг ярми хам бажарилмади буни текширадиган ташкилотлар йукми? Шу ишлар хакида гапиришингизни истаб Узун тумани Уланкул махалласи 2чи кишлоги фукоралари.Олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum bu loyihada bir mahllaga qanchadan mablagʻ ajratiladi?
Assalomu aleykum man ham o'z tashabusumni qoldirdim mahallamizni asfalt qilish bo'yicha ovoz berish qachon boshlanadi shunga
U Mablag Kim tomonida Sarflanadi Maxxallada faol bogan yowlarmi
Mahalla raisimi
Yo Kim Wuni etila
Show next 100 comments