Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Qishloq hududida endigina elektr muammosi yaxshi tarafga o‘zgargan lekin aholi loy ko‘cha gaz masalasi bo‘yicha juda ham qiynalib kelmoqda
Assalomu alaykum open budjet asosan qanaqa yonalishlarga sarflanishi haqida toliqroq malumot bersangiz
Misol uchun Qabiristonlarni qayta tamirlash uchun yonaltirilganmi yoki yoqmi
Assalom aleykum hammaga hayirli kech. Bu tashabbusni albatta biz qoʻllab quvvatlaymiz chunki oʻzimiz ham yoshlarimiz Menda bitta taklif bor oʻzim qishloqda yashayman Hozirda Isft institutida tahsil olaman.Men oʻz qishlogimga yoshlar uchun Oʻquv markaz ochmoqchiman agarda menga yordam bersalaring albatta bu loyiha yoshlarimiz uchun juda katta yordam boʻladi
Qishloq joylarda yoʻllar qurilishi eng muhim masala. Loy yoʻllar, oʻnqir choʻnqir chuqurlar ...... Va yana boshqa muammolar...
Muhayyo Qo'chqarovna 24-мактаб кадр
Assalomu alaykum men Fargʻona politexnika institutining neft gaz boʻyicha 3_bosqich talabasiman bu lohixa talabalar u.n zoʼr imkonoyat
Agar har bir bolaga , oqish ishtagi bor bollarga , shartnoma pulini tolashga yordam berilsa. Yoshlarga juda katta ishonch berilgan bolardi. Bu narsa esa 1 yoki 2 martalik yordam emas, balki osha yoshni butun kelajagiga yordam berilgan bolardi. Osha inson ozini ish bn ta minlaydi, shu jamiyatga xizmat qiladi.oilasini rivojiga hissa qoshadi
Assalomu aleykum. Maktablarda isitish tizimi yaxshimas. Ayniqsa sport va faollar zalida jihozlashga etibor qaratilmagan. Mahallalarda aholi hordiq chiqarish uchun bolalar uchun plashadka skameykalar yuq. Uylarni fasadi eskirgan yangi buyoqlash kk.
Kochalarga Chiqindi qutilarini kopaytirish kk. Mahalla uchun hamshiralar kam.
Муяссар
Ассалому алайкум ташаббускор инсонлар ва спикерлар.Мен Бир таклиф Билан чикмокчиман,бугунги ешларни келажагини Хар томонлама куллаб кувватлаш,уларга шарт шароит яратиш максадида махалла депутати,Хоким ердамчиси ва ешлар етакчиси хамкорлигида Хар Бир махаллада узининг Ешлар марказини ташкил этиш ва Уни самарали юритиш концепциясини яратиш ва лойиха тайерлаб,эксперимент тармкасида Олмазор туман 3 та махаллада ташкил этишни тавсия этаман.Бу жуда катта натижа беради,мен туман депутати сифатида шу лойихаси ташаббускори булишга тайерман
Boshlanishidan avval o‘tgan yilgi suhbatni ham bir eshitib chiqilsa maqsadga muofiq
Texnikumlaraga bujetga kirgan talabalarga stependiya ajirattiladimi shuni aytvorila
Хаммага хайирли кеч
Gaz haqida ham gapiriladimi
Men ushbu vaziyatda maktab, aynan taʼlim sohasiga eʼtibor qaratishlaringizni soʻramoqchi edim!
Men faoliyat koʻrsatayotgan maktabda oʻquvchilarni ommaviy yigʻib, biron bir tadbir oʻtkazishga, biron bir maʼnaviy -madaniy tadbir oʻtkazishga imkon yoʻq! Sababi faollar zali yoʻq! Sahnaning va zalda yigʻilgam jamoaning juda katta oʻz salobati, oʻz taʼsir kuchi boʻladi! Sinfxonada oʻtkazilgan maʼnaviy tadbir koʻp boʻlsa yigirmatta oʻquvchini qamrab oladi. Zalda esa butun maktab jamoasini qamrab oladi. Istardimki maktabga bitta faollar zali qurib berilsa nur ustiga aʼlo nur boʻlardi! Bu bilan nafaqat maktabni , balki butun mahallaning maʼnaviyatini oʻstirgan boʻlardik! Eʼtibor uchun avvaldan tashakkur!
Xamang ishiga rivoj tilayman 🤲🤲
🌟🌟🌟🌟🌟
Кам таьминланган оилаларнинг фарзандлари учун хунар ургатадиган текин тугараклар очилишига ишлатиш мумкин.
Tashabbus qo‘shish hali ham ochiqmi? Men qo‘shgan tashabbus ko‘rinmayapti
🌟🌟🌟🌟🌟
Кам таминланган оилалар фарзандлари учун тил ургатадиган компютерда ишлашни ургатадиган укув марказлари очиш мумкин
Show next 79 comments