Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum men anklav xududida ya'ni boshqa respublika xududidagi maktabda ishlayman yotoqxona masalasida tashabus kiritdim .Savolim bu tashabbus ko'p ovoz olinsayu lekin boshqa xudud chegara muammolari deb rad qilinmaydimi?
Rishton tumani Chong'ara qishlog'i
Avallombor assalom aleykum savolim shundan iboratki man ISFT yani xususiy institutda talabaman man ham shu loyihada yani tashabusli budjet loyihasiga qatnashsak boladimi javob uchun rahmat
Assalomu alaykum men ikkita tashabbusni yaniy asfaltlash va sim yogʻochlarni almashtirish loyihasini tashabbus qilib bergandim bu narsa ikkinchi bosqichdn oʻtmay qolmaydimi
Salom samarqan viloyat payariq tumandan Xoliqolov Nurmurodman smart maxala ilovasiga qushimcha qushgan xolda jori yilarda maxala bujetiga qancha mablax ajratilgan va nmalar dasturga kirtilgan manzlma manzil kirtilsa yaxshi bulardi misol ko'paki maxalasga shuncha milyon pul mablaxi ajratilgan shu maxala xududida palancha qishloq palancha ko'cha tamrga shuncha boqcha qurlishga shuncha voxakozo bu bilan karopsiyani yuq qilardik
Xayrullo Amanov
Bir tashabbus bir mahallaning muammosini hal qilsa, bunda ovozlar soni faqat shu mahallada yashovchi aholidan yigʻiladimi yoki butun OʻZBEKISTON fuqarolaridan yigʻiladimi?
Assalomu alaykum bizning qishloqda bolalar box'chasi mavjud emas farzandlarimizni bowqa qishloqdagi boxchalarga yuboramiz taksi gaplashib ..shu sababdan uz qishlogimizga boxcha qurdirmoqciman 1200 xujalikdan ziyod fuqorolar mavjud ..
Men bir nechta tashabbus bn chiqmoqchiman oshalar hammasi inobatga olinadimi
Жасур Исломжонов
Assalomu alaykum loyiha kiritildi lkn ovoz yigish shartmi bz buni kop hollarda kordik 1ta fuqaro bu bilan kop vaqtini sarflash km maslahat ornida aytish kki tegishli viloyat tuman shahar hokimligida kamchiliklar haqida yetarli malumot bor deb oyliman qishloqdagilar un asfalt elektr energiyasi bolsa yetarli
Futbol maydonchasi xam mavjud emas shu tawabbus bilan kimga uchrashsam buladi ..futbol maydonchasi va bolalar boxchasi qurdirsak yaxshi bulardi
Assalom alaykum faqat qurilishga oid loyixalar boyichami yangi texnologiyalar dasturlar ham kiritilsa boladimi
Канча ташаббус киритганни фойдаси йук барибир хокимлар айтгани, ушаларни хохлагани булади. Мени ишончим йук бу тизимга хаммаси масхарабозлик
Xayrullo Amanov
Aholi soni koʻp mahallalarda shahar xududi boʻlganligi sababli yoʻl, ichimlik suvi, gaz , tokdan muammosi boʻlmaydi. Bular oʻz navbatida mini stadion, tennis korti, suzish havzasi, kutubxona va hokazolarni kiritib yutishga urinib koʻradi. Boshqa mahallalarda suv, tomorqa suvi, tok simyogʻoch, yoʻllar abgor holatda boʻlsa, bu qaysidir maʼnoda nohaqlik keltirib chiqarmaydi?
Zahro Obidova
Assalomu aleykum Savolim shundan iboratki 1 ta mahalla hududidagi malum kochalarni asfalt qilish taklifi bildirilgan bolsa yutib ham chiqdi deylik tashabbus amalga oshiriladigan muddatda ichimlik suvi kirish loyihasi tasdiqlanib qolsa shu holatda mablag beriladimi tashabbusni amalga oshirish uchun
Assalom alaykum, avvalombor rahmat bu chatni tashkil qilganliklariz uchun. Savolim: men magistratura talabasiman va ishlayman, men talabalarga berilgan imkoniyatdan kechroq xabar topdim, ungacha tashabbusga lohiya berib bo'lgandim, endi talaba ekanligimni qayd etsam bo'ladimi ? Javob uchun rahmat.
Fuqoro tomondan xam maxaladagi o'ziga tegishli tor ko'chalarniyam shag'alashtrish yo asfaltlashtrish loyxa sifatidam dasturga kiritsa buladma yo bu vaqat maxala raysi tomondan buladma
SAIDMUROD
Assalomu alaykum aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammo bor.
Aholi istiqomat qilayotgan hududda gaz taqsimlash stansiyasi bor. Uni koʻchirish boʻyicha hokim qarori qabul qilinib joy ham ajratilgan. Lekin gaz taqsimlash binosi koʻchgani yoʻq aholiga zaharli moddalar ham chiqarmoqda
Savolim : tashabbusimiz nima asoslar bilan rad etilishi mumkin ? O'tgan yili 41 mingdan 13 mingni tekshiruvdan o'tgan dediz. Tekshiruvdan o'tishi uchun talablar qo'yilganmi ?
Meni ulang maxalaga tegishli kankirit taklif bor buyerda yosam tushutrolmayman mikrofoni ulob bering
Show next 29 comments