Эртага ташаббусли бюджет бўйича овозли чат ташкил қилинади

Ёдингизда бўлса, openbudget.uz сайтида фуқаролар учун «Ташаббусли бюджет» лойиҳаси эълон қилингани, унда фуқаролар маҳаллий бюджетнинг 1 трлн сўм маблағини қаерга ишлатишни ўзлари ҳал қилиши мумкинлиги ҳақида хабар бергандик.

Шунингдек, талабалар ўртасида катта танлов ҳам эълон қилинганди. Энг кўп фаоллик кўрсатган 50 нафар талабага “Ташаббускор бюджет элчиси” махсус унвони ҳам берилади.

Мазкур жараёнда саволлар кўп бўлишини ҳисобга олиб, эртага, 13 февраль куни соат 20:30 да шу мавзу бўйича каналимизда овозли чат ташкил қиляпмиз.

Спикерлар:

— Аҳадбек Ҳайдаров, молия вазири ўринбосари
— Шерзод Муҳамедов, Молия вазирлиги департаменти директори

Шу мавзуга доир саволларингиз бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

378 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum oʻtgan safar oʻz loyihamni kiritib gʻolib boʻlganman mahhalamizning transformotori eskirib yaroqsiz xolda boʻlgani tufayli shuni yengilashni soʻraganman ovoz yigʻib gʻolib boʻldim lekin transformotorni yengilashmadi mahhalani boshqa joyiga yengi kichkina transformator qoʻyib kuchlanishini kamautirdik deya qutilishdi man olibchiqqan muammo xal qilinmay qolib ketdi man norozi boʻldim savolim tashabbus kiritgan odam qabul qildim ishdan roziman deb qoʻl qoʻyib tekshirvolish xuquqiga ega emasmi ??
Gulomjon
Хушнидбек имкон булса тел оркали боглансак ташаббусли буджет ижросидаги масулларнинг локайдлиги ва бошкалар хакида 915373033
Muxammadjon
Bu loyixani o'zini oqlarmikan? Bu ovozni to'plagani yana o'qituvchilar va tashkilot xodimlari zimmasiga tushadi. Birgina misol o'tgan yili men o'zim guvox bo'ldim o'qituvchilar bozorlar va odam gavjum joylarga borib oviz olgani telifonini so'rab iltimos qilib yuribdi. Nima uchun deb so'raganimda maktabdan norma qo'yib beribdi! Bu xaqida o'ylab ko'rish kerak emasmikan
Dilshodbek Mingboyev
Assalomu alekum. Bizni mahallada 2000 yildan beri gaz yoq. Shuni mahhallamizni gazlashtirishga ajratsa yaxshi bolardi. Gaz yonmaydigan mahallalar kop.
Andijon v Balichi t Turkiston MFY
Assalomu aleykum men ToshDO'TAU 1-kurs talabasiman hali kop narsalarni bilmayman iltimos menga qanday Loiha tuzish qanday royhatdan o'tish va qanday qilib ovoz toplash togrisida malumot berolasizmi. Iltimos kimdir menga yordam bersin. Ozgina tushuncha hosil qilishim uchun yordam bersangiz hursamd bo'lgan bo'lar edim🙂
Нилуфар
Ассалому алейкум Коракалпогистон Республикаси Беруний тумани Киёт МФЙ да жойлашган Фарход кучасига асфаль килиб беринглар илтимос
Assalomalekum Tashabbuslar uchun ovoz yeğish qachondan boshlanar ekan oldindan tahmat
Assalomu alaykum yaxshimisiz talabalar uchun notebook berlimaydimi kreditga juda kerak bo‘lyapti
Халбекова Гавхар Абдухалиловна
Assalomu aleykum. Xushnudbek uyimizni yonida masjid qurilayapti, bu loyihaga masjit uchun pul ajratilishini taklif kiritsam bo'ladimi? Moderasiya vaqtida chiqib ketmay tanlovda qatnasha oladimi? Javob uchun oldindan raxmat.
I.T.Davlatova
Assalomu alaykum.Bu loyihaga ajratilgan pulni o'z vaqtida, o'z joyida ishlatiladimi?.Bizani yashaydigan ko'chani ahvoli aytarli dajada emasda,hech kim shu bilan qiziqib ko'rmagan.Shunga bu loyihadan pul ajratiladimi?.Javob uchun oldindan rahmat.
Assalom- u alaykum. Ovoz berish hali boshlanmadimi?
Assalomu alaykum openbudget sayti ishlamayapti. Men tashabbusimga ovoz yiğishda qiynalayapman. Nima qilishimiz kerak?
Ассалому алайкум Фаргона вилояти Богдод туман Ултарма кишлогидаги Ултарма ОШПни кайтакуришга ердам беринглар ,бино1940йилда курилган