KHISO olimpiada maktabining URGANCH shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadasining natijalari bilan tanishing!
(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)
Xorazm vohasida olimpiadaga qiziqish juda katta ekanligini 4 ta sinfda jami 240 nafar o‘quvchi qatnashganidan bilish qiyin emas. Ayniqsa, Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-IDUM maktabiga tasanno aytsak arziydi👏Ota-onalarning talablaridan kelib chiqqan holda
g‘olib va
faol ishtirokchilarni oktabr oyi oxirida
"Viloyat hokimi olimpiadasi" doirasida
Xorazm viloyatiga borganimda taqdirlashga qaror qildik. Buni oldindan kanalimizda ma'lum qilamiz.
UPD: Natijalar bir nechta sinfi yozilmagan o‘quvchilarning sinfi to‘ldirilgach yangilandi. Tabiiyki, g‘oliblar safida ham o‘zgarish mavjud.