URGANCH 08.10.2023.pdf
350.8 KB
KHISO olimpiada maktabining URGANCH shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadasining natijalari bilan tanishing!

(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)

Xorazm vohasida olimpiadaga qiziqish juda katta ekanligini 4 ta sinfda jami 240 nafar o‘quvchi qatnashganidan bilish qiyin emas. Ayniqsa,
Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-IDUM maktabiga tasanno aytsak arziydi👏

Ota-onalarning talablaridan kelib chiqqan holda g‘olib va faol ishtirokchilarni oktabr oyi oxirida "Viloyat hokimi olimpiadasi" doirasida Xorazm viloyatiga borganimda taqdirlashga qaror qildik. Buni oldindan kanalimizda ma'lum qilamiz.

UPD: Natijalar bir nechta sinfi yozilmagan o‘quvchilarning sinfi to‘ldirilgach yangilandi. Tabiiyki, g‘oliblar safida ham o‘zgarish mavjud.

24 comments

Show 7 more comments
Dilnoza Bekchanova
Xudaynazarov Xurrambek Urganch shahridagi 5-son maktabdan 1-sinfda o'qiydi. 1-sinflar orasiga o'tirib qo'ying, iltimos.
Комилжон Тураев
Устоз катнашган укувчиларни руйхати чикмадику
Бу синов эмас, конкурс хам эмас-бардак! Фамилия, синфлвр, районлар хато езилган шунча болларни.
Мени кизим 1 синф, 12.6 бал олди бу 3 урин дегани, лекин уни 2 класса езиб хеч кандай урин бермадингизлар
Тартиб йук вообще , хеч кимга маслахат бармиман.тугрилаб куйинг
S B
Qizingiz qogʻozga 2-sinf deb yozgan boʻlishi mumkin. Agar shunday boʻlib chiqsa izohdagi xushmuomalaligingiz uchun sudga beramiz. Skrinshot oldim. Oʻchirganingizni foydasi yoʻq.
Мен хеч нимани учирадиган ниятим йук, менга угроза килиб телефон килманг, муомалани телефон килган одам ургансин.
Юлдуз Давлетовна
Мен хеч нимани учирадиган ниятим йук, менга угроза килиб телефон килманг, муомалани телефон килган одам ургансин.
1. Sizga hech kim telefon qilmagan, siz telefon qilgansiz.

2. Qizingiz sinfini yozmagan. Maktabini ham. Biz e’lon qilgan roʻyxatda ham sinfi yozilmagan.

3. Agar javoblar varaqasu boʻyicha tekshirsa qizingizda 0 ball. Ichidagini tekshirsa ham 9,8 ball. Bolalar mayli yosh bola deb javob belgilamasdan savolga yozganini toʻgʻri deb 12,6 chiqarishgan.

4. Farzandingizga va boshqa hammaga takror-takror ikkita tilda faqat 1-betiga yozinglar javoblarni deyilgan.

5. Rasmlari bizda bor. Iloji boʻlsa shu yerda e’lon qilaman.

6. Hech kim sizni iltimos qilib chaqirmadi. Birgina sizning asossiz va nohaq “e’tirof”ingiz bilan odamlar olimpiadaga kelmay qolsa yoki umuman olganda kelmay qoladigan odam ham saviyasini bildirgan boʻladi.

Kelajakda qizingiz katta loyihalar qilsin va sizga oʻxshagan e’tiborli odamlarni samimiy e’tiroflariga sazovor boʻlsin.
S B
Mana qizingizning ishini siz va barcha ko'rishi mumkin: https://telegra.ph/Yulduz-Davletovna-xonimning-etirozi-boyicha-10-09
Тугри мен узим тел. Килиб келдим, уз хохшим билан, лекин ариза тулдирганда исм, синф, шахар , тел тулдириб юбордик . Агар кизим синфни езмаган булса нимага именно 2 класс деб автоматик чикади сизда? Кайта 1 синф езмислами, еки тел оркали анкетани караб тулдириш керак, биз келган пайтда тел олмадингизлар, килмадингизлар, булар хали 1 класс тулик тулдиришни каердан билишсин
Хайдар Садуллаев
Ассалому алайкум Сардор яхшимисиз? Офлайн мусабоқалар тошкентда қачон ўтказасиз энди. Болалар кутиб қолишди шекилли
Assalomu alaykum ustoz Xorazm da 5-6 sinflar qachon bo'ladi.
Salayev G'ulomjon
Салом яхшимисиз. Бизлар 15 нафар бола олиб борганмиз. Хеч булмаса болаларни хурсанд килиш учун сертификат жунатиб куйсангиз узларимиз чикариб берар экин. Болаларга озгина булса хам мотифация булар эди.
Assalomu alaykum Sardor ustoz alimpiadangiz zur utibdi. Men uquvchilarim bilan qatnashmoqchi edik. Afsuski ayrim sabablarga ko'ra boraolmadik. Nasib qilsa noyabr oyi uchun yana Toshkentda oflain alimpiada utkazsangiz albatta borishga harakat qilamiz. Uquvchilarimdan utgan yili òrin olganlari ham bor edi. Òrin ololmaganlar esa òrin olamiz endi deb uzlari ustida ishlashdi. Alimpiadangiz mening uquvchilarimga motivatsiya berdi. Uzlashtirishlari ancha yuqorilagan. Hozir maktabda alochi sinflar qatoriga kutarilganmiz. Albatta keyingi olimpiadalarizda qoldirmasdan qatnashamiz. Yana alimpiada tashkillashtirishizni surab qolaman. Ishlarizga omad. Bilim yulida xech qachon charchamang. Sizdek insonlar hamisha yosh avlodlarimiz uchun keraksizlar.
Ассалому алайкум Сардорбек, ўқувчилар олимпиадада иштирок этганидан жудаям хурсанд. Бундай олимпиадаларни тез тез ўтказиб туришингиз тарафдориман. Бугун Ёшлар марказида тақдирлаш маросими бўлиб ўтаркан.Ўқувчиларим хурсанд. Қандай балл олишидан сиз ҳаммани тақдирламоқчисиз. Бу уларга мотивация албатта. Янада ўз устиларида ишламоқчилар. Мантиқий ва танқидий мисол масала китобларингиз оламиз ва кейинги синовларингизга тайёргарлик кўрамиз