KHISO olimpiada maktabining URGANCH shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadasining natijalari bilan tanishing!
(Saytimizda onlayn olimpiada davom etmoqda!)
Xorazm vohasida olimpiadaga qiziqish juda katta ekanligini 4 ta sinfda jami 240 nafar o‘quvchi qatnashganidan bilish qiyin emas. Ayniqsa, Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-IDUM maktabiga tasanno aytsak arziydi👏Ota-onalarning talablaridan kelib chiqqan holda
g‘olib va
faol ishtirokchilarni oktabr oyi oxirida
"Viloyat hokimi olimpiadasi" doirasida
Xorazm viloyatiga borganimda taqdirlashga qaror qildik. Buni oldindan kanalimizda ma'lum qilamiz.
UPD: Natijalar bir nechta sinfi yozilmagan o‘quvchilarning sinfi to‘ldirilgach yangilandi. Tabiiyki, g‘oliblar safida ham o‘zgarish mavjud.
Каланов Умрбек. Тўғирлаб беринг, илтимос 🙃
Мени кизим 1 синф, 12.6 бал олди бу 3 урин дегани, лекин уни 2 класса езиб хеч кандай урин бермадингизлар
Тартиб йук вообще , хеч кимга маслахат бармиман.тугрилаб куйинг
2. Qizingiz sinfini yozmagan. Maktabini ham. Biz e’lon qilgan roʻyxatda ham sinfi yozilmagan.
3. Agar javoblar varaqasu boʻyicha tekshirsa qizingizda 0 ball. Ichidagini tekshirsa ham 9,8 ball. Bolalar mayli yosh bola deb javob belgilamasdan savolga yozganini toʻgʻri deb 12,6 chiqarishgan.
4. Farzandingizga va boshqa hammaga takror-takror ikkita tilda faqat 1-betiga yozinglar javoblarni deyilgan.
5. Rasmlari bizda bor. Iloji boʻlsa shu yerda e’lon qilaman.
6. Hech kim sizni iltimos qilib chaqirmadi. Birgina sizning asossiz va nohaq “e’tirof”ingiz bilan odamlar olimpiadaga kelmay qolsa yoki umuman olganda kelmay qoladigan odam ham saviyasini bildirgan boʻladi.
Kelajakda qizingiz katta loyihalar qilsin va sizga oʻxshagan e’tiborli odamlarni samimiy e’tiroflariga sazovor boʻlsin.