Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарига маслаҳат!

HumanUz сайтидаги мақолада ўтган йили 151,2 балл олган фарғоналик синглимиз бешта йўналишга кира олмагани, хотин-қизларга бериладиган имтиёз ҳам қўлланмагани айтилган.

Бу ерда ҳеч бир қоидабузарлик йўқ, шунчаки имтиёз қўлланиш тизими ҳақида етарли маълумотга эга бўлишмаган.

Мақолада бошқа нарса диққатимни тортди. 151,2 - бу кўпчилик орзу қиладиган юқори балл. Лекин шу юқори балл билан ҳам бешала йўналишдан йиқилибди. Тўғри, ўтган йили баллар баланд бўлди, бунга сабаблар бор (осон саволлар, атиги 2 та фан, кучсиз текширув ва ҳ.к.). Аммо барибир бу балл билан қайсидир йўналишга бемалол кирса бўларди.

Ҳурматли абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари!

Бешта йўналишни танлашда эътиборли бўлинг, ўтган йиллардаги кириш баллари, квоталар сони ва бошқа жиҳатларни таҳлил қилинг, имкониятларингизни тўғри чамаланг. Ахир бешта йўналишни танлаш — бу сиз учун берилган имконият. Имкониятдан тўғри ва оқилона фойдаланинг.

Барча билимлиларга омад тилайман.


👉 @xushnudbek 👈

233 comments

Show 100 more comments
🧸🖤ོ 🧸
Assalom alikum
Sizdan bir narsaga oydinlik kiritib berishizi suramoqchimn bundan oldingi xabarlarizda textikum bitiruvchilari oliy talimga mutloq bepul topshirishadi degan malumot kelgandi bu habarni kurib rasa hursand bulgandim
Mana ròyxatdan òtishni tugashiga ham 11 kun qoldi lk hali diplomdan darak yu textikum jamoasiga murojat qilsak avgust deyishdi yana boshqasi iyul oxiri bu nma qilishgani sababini surasak diplomga buyurtma berilgan lk hali yu bitirganimizga mana 1 oy buladi yaqinda diplom yana odamni ahmoq qilib telg gurupalarimizda ustozla chiroyli qib yozgan smslari ortiqcha "hurmatli talabalar texnikumga kelib topshirgan atestat yoki diplomlarizni kelib olib ketishlariz mumkin bu bn shu atestatlariz bn oliy talimga topshirishlariz mumkin voxt oz qoldi "hudi shu shakldagi smslar nma bu bizni tinimizgacha olgandi kontirakni endi esa uzimiz uqigan diplomimizni surasak har hil bohonalar yo davlat siyosatimi bu odamni ahmoq qilishga boshqa narsa yumi voxt kam qoldi mayli elektron variantini berishsaham lk shuyam yu eng qiziģi texnikum bitiruvchilariga iltimos shu masalada yordam bering 🙏🤝
Feruza
Assalomu alaykum hurmatli Hushnudbek.yuridika universiteti ixtisoslashgan filialiga qaysi fanlar to‘g‘ri keladi
Feruza
Bizda bu ko'rinmayapti
Assalom alekum Xushnudbek aka abiturentlarni bir o'ringa nechta raqobat bo'layotgani saytda ko'rib bo'mayapti
Qachon dtm buni bazaga kiritarkan shunga aniqlik kiritsangiz hursand bo'lardim....
Qashqadaryoda imtiyozlar orasida otish bali qancha bo'lgan
Yollanma berilada texnikumlardan kn suhbat asosida olinadi
Ассалому алекум хотин кизлар учун тафсия нома олиш муддати тугамадими илтимос айтворинг🙏🙏🙏🙏🙏🙏
🌼<Moychechak>🌼
Assalomu alaykum hammaga
Assalomu aleykum xurmatli Xushnudbek aka .buyil ham tanlovlarni kuzatib borsak biladimi .yonaliwlar tillar kesimida.
Assalomu aleykum
Xotin qizlarga beriladigan imtiyoz ga ega abituriyentlar oʻrtacha qancha ball toʻplawi k/k
Tanlovni kuzatiw qachondan yolga qoyiladi.oldingi yillardagidek
Surayyo Azimboyevna
Assalom. Ichki perevod haqida ma'lumot bering.
Assalomu alaykum menda bir savol bor edi men Samarqand veterinarya medetsinasi institutini tamomladim qaysi turdosh yunalishlarga magestraturaga topshirsam buladi
Assalomu alaykum. Men sirtqi taʼlimga topshirmoqchiman, bugun sirtqi taʼlimga hujjat topshirish muddati 15-iyulgacha deb eshitdim. Iltimos sirtqi taʼlimga topshirish muddati qachongacha ekanligi haqida maʼlumot bersangiz! Agar shunday boʻlsa tezroq topshirishga harakat qilardik.
◥꧁ʍʋʍɨռօʋa꧂◤
Assalomu alaykum. Ukam 5 ta yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi ta'limga o‘qishga topshiribdi shuni sirtqiga o‘zgartirsa bo‘ladimi?
Show next 8 comments