53 млн сўмга «Малибу» олса бўладими? Бўлади. Шахмат федерацияси раҳбарлари буни уддалашибди.

Кун.уз нашрининг ёзишича, Шахмат федерацияси ўз ихтиёридаги 2015 йилда ишлаб чиқарилган «Малибу» русумли автотранспорт воситасини 2021 йил январь ойида «Марказий шахмат клуби» МЧЖга 53,5 миллион сўмга сотган.

❗️Энг қизиғи, «Марказий шахмат клуби» МЧЖ директори Ҳусан Турдиалиев бир вақтнинг ўзида жамоатчилик асосида Шахмат федерацияси раисининг биринчи ўринбосари лавозимида ишлайди. Тасодифни қаранг.

«Малибу»ни сотиб олган МЧЖ таъсисчиларидан бири Жаҳонгир Камолов эса Шахмат федерациясининг IT-менежери ҳисобланади. Яна битта тасодиф, шундай эмасми?

Бу ҳали ҳаммаси эмас.

Шахмат федерацияси 2021 йил январь ойида жами 1,86 млрд сўм миқдоридаги маблағларни яна ўша «Марказий Шахмат Клуби» МЧЖга ҳомийлик асосида БЕҒАРАЗ ўтказиб берган. «Марказий Шахмат Клуби» МЧЖ бу пулларни нима қилган, деб қизиқяпсизми? МЧЖ бу пулларнинг 1 млрд сўмдан ошиқ қисмини 6 нафар жисмоний шахснинг пластигига (!) туширган. Турли хизматларни қилди, деган важ билан.

Ўша пластигига пул олган 6 киши орасида Ҳусан Турдиалиевнинг қизи Т.Турдиалиева ҳам бор.

Бундан ташқари бозорда тахминан 7 млн сўм турадиган ноутбукларни 15 млн сўмдан ҳисоблаб сотиб олинган.

Э, қойил лекин. Любая бизнес хараша!


👉 @xushnudbek 👈

386 comments

Show 100 more comments
Insof yòq bularda noinsoflar👎💩💩💩
Menimcha mana shunday byudjetdagi mablag‘larni noqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirilishini oldini olish uchun ana o‘sha byudjetdan qancha pul qayerga yo‘nalyotganini ochiq ko‘rsatadigan dastur yasash kerak. Qancha miqdordagi summa qaysi korxona yoki qo‘mitaga o‘tkazildi. O‘z navbatida bu o‘tgan pullar nima maqsadda ishlatildi. Menimcha bu holda korrupsiya ham,pulni noqonuniy o‘zlashtirish ham uncha-muncha odamni qo‘lidan kelmaydi. Buni qilsa bo‘ladi. Faqat davlatimiz xalqqa,xalq esa davlat ishonishi kerak!
Прокуратура буларни мот қилармикин? Ёки дуранга рози бўлармикин? Ўйинни кузатамиз!
Holvani hokim yeydi, .... deganlari shu-da. Qaysi bir davlat tashkilotiga bormang rahbarlar o'z urug'-aymog'ini ish bilan ta'minlagan. Shunday ekan hech bir soha rivojlanmaydi, ko'zbo'yamachilik avj olaveradi.
Минг афсус, лекин хар сохада шунака ахвол.
Bular o'lmayman deydida
Insof sari Baraka! Vijdon bormi o'zi degan savol qiynayapti.
Zato osmonimiz musaffo
Xushnudbek o'zizam bilasku hammasini.Qaysi sohada yo'q bunaqa soqqakashlar.Bechora xalqni ezmasangizchi shunaqa xabarlar bilan.Qani ularni jazolaydigan mard.
korrupsiya 140-o'rinda ekanmiz dunyo buyicha, bunaqa holat bulavergandan keyin nima ham bulardik, essiz xalqni mehnati va to'layotgan soliqlarimiz mana shunaqa g'alamislarni boqish uchun ekanda ....
S A M A R
Шахмат ўйинида гап кўп.....
Xadidja Xo'jamberdiyeva
Assalomu alaykum Xushnud aka men shaxmatdan trener bo'lib ishlayman shaxmatda juda nohaqliklar kop qachon bu nohaqliklar tugarkin. Har yili viloyat chempionati bo'ladi biz unga eng kam ish haqqini yarimi 16-18 yishgacha bolgan bolalar uchun kichik yoshdagilar un esa 90 ming so'm to'laymiz g'oliblarga esa bir dona diplom medal va arzimagan sumka tegadi u ham mayli viloyatda g'olib bo'lib Respublikaga chiqqan bolalarni esa hatto akademiyada turish un yotoqxonasiga ham quyishmaydi. Shuncha pul to'lab boshqa viloyatda kelib poytaxtda 10 kun kvartirada turib shuncha pul sarf qilib sovg'asi bitta bakal bersa u ham mayli qachon bu viloyatdagi qarindosh-uruqchiliklar tugarkin. Meni o'quvchim har yili respublikaga borib o'ynedi viloyat terma jamoalar a'zosi bo'lishi kerak qonun buyicha lekin federataiyamiz umuman qo'shmedi yaqinlashtirmedi eh bu nohaqliklarga qachon chek quyilarkina
Vitamedic Rustamova
Assalomu aleykum,Nihoyat mavzuda sal yaqinlashibsiz,oldinlari Xushnudbek har qanday nohaqlikka chidolmasdan,uni qog'ozga o'rab bo'lsa ham xalqqa yetkazardi,hozir faqat mayda chuyda habarlar bilan o'ralashib qolgandek go'yo.Iltimos ,avvalgidel faolroq bo'ling
Latif Mukhammadiev
Shaxmat zor uyinda 😉
Утесин
Tanish-bilish, uruǵ-aymoq, korrupciya yuqolmas yekan rivojlanish haqida gap bulishi mumkin yemas
Давронбек
Хакикий гросмейстерлар
Xalqni puli bu teshib chiqsin
QAMA SHUNAQA KATTA XAROMILARNI, 400-500 MING SO'M BILAN QO'LGA OLGINCHA...
Vitamedic Rustamova
Hozirgidek katta pullar mutasaddilar tomonidan kuniga o'zlashtrilmoqdayu,huddi buni bilmaymizu,birdan shaxmatchilarni fosh qildik,Exxe bunaqa nohaqliklarni qanchasi bor,ammo ularni ko'rishga hech kimda ko'z yo'q,o'zaro kelisha olmay qolishgan yoki ozidan kattaroq mutasaddilarga ulush bermagandurda bu federatsiya,Ha ,mayli nima bogandayam budjetga ozroq pul tushadigan bo'libdi
Umid Murodov
E qoyile!!!Yana kimlarga bo'lindi ekan bu pullar.Hech kim avvalroq bilmagan ekanmi.Korrupsiya tabiiy holga aylanib tomir otib ketgan.
Milyardlab davlat mablag‘ini oilaviy yotib olib yeganlar (bir necha o‘n millionlab oylik oladilar o‘z navbatida) arzimas jarima, juda borsa 2-3 yil qamoq bilan qutiladi. Lekin oyligi kamligi va lekin shunga qaramasdan xalq xizmatidagi soxa vakillari arzimas bir necha yuz ming pora olgani uchun ( to‘g‘ri oz bo‘lsa ham pora baribir) esa 5-6 yil qamoq jazosi beriladi. Osmonimiz musaffoooo!!!
Show next 100 comments