Бугун барча ходимлар 1 соат вақтли кетиши керак!

Меҳнат кодекси 121-моддасига биноан, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага ишланмайдиган байрам куни, яъни 9 май - Хотира ва қадрлаш куни. Демак, бугун - барча ходимлар одатдагидан 1 соат вақтлироқ уйига кетишига қонуний ҳаққи бор.

Ҳурматли иш берувчилар, йиллар давомида Меҳнат кодексининг ушбу нормаси кўп жойларда ишламаган бўлиши мумкин, аммо карантин вақтида қонунларга қатъий амал қилиб, барча ходимларингизга 1 соат вақтли жавоб бериб юборишингиз ҳам қонундан, ҳам инсофдан, ҳам виждондан бўлар эди!


👉 @xushnudbek 👈

114 comments

Show 36 more comments
Qanaqa qilib ketamiz? Transportlarga soat 5 dan keyin yurish mumkunku.... ( 5 dan 8 gacha)
Рустам
Kitoblarga nega 15% QQS (nds) soliq 1 apreldan boshlab qoʻshildi. Sotib olish yana qiyinlashdi
Xammaga salom
Абдуллаев
Сиз кетасизда уйингизга Хушнудбек. Колган давлат хизматчилари айникса ички ишлар ходимлари кайдан уйига кетади. Хаттоки якшанба улар учун иш кунию.
....
Assalomu alaykum buni bilaman. Aka biz hozir ketsak sardobada kim ishlaydi
Alloh sizlarga kuc quvvat bersin, aka. Men shunchaki qonun doirasida bilganimni aytdim, aybga buyurmaysiz😊
Tòg'ri bu mehnat kodeksidagi moddani bilamiz lekin biron marta bizga amaliyotda bòlmagan
Menga bir masalada maslahatlariz kerak Xushnudbek etibor qaratsa yanayam yaxshi bo‘lardi.
Demak. Onam 10 yildan oshdiki muntazam ruhiy kasalxonada davolanib keladi. Yani muntazam tuman ruhiy kasallar ro‘yhatida turadi xech qayerda ishlamaydi (xech qayer ishga olmaydi xam) bunday xolda davlat ijtimoiy ximoyaga oladimi yoki yo‘qmi iloji boricha tegishli qonunlar bilan tushuntirib bersalariz oldindan rahmat.
каерда кеч пайт 20:00 да мажлис буладию
Alisher Yoqubov
Bank hodimlari ketmaydi, chunki ularni odam o'rnida ko'rishmidiku, hokimyatni bir tiyinga qimmat dasturini qilib bersinmi, gazeta obunasini qildirsinmi, paxta, g'alla, to'qsonbosdi ekin, tomorqa madaniyati, humo kartaga ariza yig'ish, humo terminal tarqatish, qaysidir amaldorga bilvosita tegishli mol, tikuv mashinasi, tovuqlarini imtiyozli kredit oluvchilarga majburlab sotsinmi, kitobga pul ko'chirtirsinmi, majburlab bir tiyinlik ko'chatlarni mijozlarga yolvorib sotsinmi yoki o'zini ishi va oilasiga vaqt ajratsinmi, yana bank xodimi aybdor, o'gri emish. Aslida hokimyatdagi bir xalta gunglar o'g'ri, viloyatlarning, tumanlarning qorbobolari o'g'ri.
☀☀☀
Ozi 2 oydan beri dam olish bop yotibdiku sal insof bilande
Desert_Rose
Bo'ldi, hozir o'quvchilarimga yetkazaman. Bo'lmasa tunda ham darslarini yuborishadimiyey. 45 minutda ham uyga vazifa, ham yangi mavzu, ham baholashga ulgurib turgandik, endi bo'lsa sutka ham yetmayapti...
Manimicha bu qonun O'zbekiston temir yo'llariga tegishle bulmasa kerak. Chunke bizlar bayram nimaliginiyam bilmiymiz. Smenali ishlarda xam shu qonun kuchga kirarkanmi?
Қонунларга тўла риоя этиладиган пайтлар хам келиб қолар
Iloxim kelsinlar
ஜ۩۩ஜ Melsov Mirabbos۩۩ஜ
Avvalam bor assalom alekum Xushnud aka sizni yaqinlashib keladigan bayram bilan tabriklayman .
Yuqoridagi bir fikrga qushilgan holda telegrammdan o'zizga murojat kanalinimi yoki botnimi ishga tushirsayiz iltimos man o'zim talabaman sizni har doim kuzatib boraman yana bir bor surayman turli savollar tug'ilganda bog'lanish uchun murojat kanalini yoki botni ochishizni surardim
O'razova Iqbol ona tili
Shunday qo'rqmas huquqshunoslar xalq va oddiy ishchilar huquqlarini himoya qilib rahbar xodimlarga eslatma beraversalar bir kun kelib hamma qonunlar, albatta, ishlaydi, zotan "Haq olinur, berilmas". Bugungi kun yoshlari Xushnudbekdan ko'p narsani o'rganmoqda.
Show next 57 comments