⚡️Токио-2020 Олимпиадасидан фактлар!

5️⃣ 🇺🇿 Ўзбекистон ҳисобида жами 5 та медаль (🥇3 та олтин, 🥉2 та бронза)

3️⃣2️⃣ Дунёда 32-ўрин.

1️⃣ Марказий Осиёда 1-ўрин. Ўзи биздан бошқа бирорта давлат олтин ололмади. Қозоғистон (83) кумуш ҳам ололмади. Тожикистон умуман медал олмади.

1️⃣ Туркий тилли давлатлар орасида 1-ўрин. Туркия (35) ҳам биздан орқада.

1️⃣* МДҲ давлатлари орасида 1-ўрин. Олимпия қўмиталари орасида эса 2-ўрин. Чунки биздан олдинда бўлган Россия (5) давлат сифатида эмас, Олимпия қўмитаси сифатида қатнашди.

2️⃣ Мусулмон давлатлари орасида 2-ўрин. Пешқадам Эрон ҳам аслида биз каби 3 та олтин ва 2 та бронза олган, фақат кумуш медалларига ҳисобига биздан бироз олдинда.

5️⃣ Осиё давлатлари орасида 5-ўрин. Биздан олдинда Хитой (2), Япония (3), Ж.Корея (15) ва Эрон (27). Спорт гигантлари хуллас. Ҳиндистоннинг олтинлари атиги битта бўлди.


👉 @xushnudbek 👈

379 comments

Show 100 more comments
Зарина Мухторовна
Ofarin mustaqilligimizga ajoyib sovg‘a qilishdi
ASLIDA BIZ HAR BIR O'ZBEK SPORTCHISIDA MEDAL OLISH IMKONIYATI BORLIGINI HAM UNUTMASLIGIMIZ KERAK ,
Qozogʻiston ni IMO (international mathematical Olympiad) dan 16ta oltin, 39 ta kumush, 68 ta bronzasi bor. O'zbekistonda esa bu 0 ta oltin, 10 ta kumush 28 ta bronza. Jamiyat hayotini o'zgartiruvchi sohalar asosi matematika ekanligini, IMO matematika bo'yicha eng nufuzli olimpiada ekanligini va Oʻzbekiston 0 ta oltinga ega ekanligini hisobga olsak, palace logerlariga qarsak chalmay iloj qancha. Kuch buqadayam bor.
DILINURXON ALIMARDONOVNA
Blogerlarimizga ham rahmat yoritib berish ham shunchalikda. Mardni mard deyishadi. Haqiqatni gapirib berishyapti. O'zbeklar doim oldinda bo'lib kelgan. Bundan bu yog'iga ham shunday bo'ladi. Allohim barchasini omadini bersin.
Har bitta inson uzida vatan tuygusini tubdan his qilish kerak mohiyatini bilish kk, o'ylayman ichki saralaw, aniqrogi olimpiadagacha bolgan saralaw yaxwi yolga qoyilmagan, misol yer tishlatadigan baksyorlarimiz boridi i bowqala, kor...ya
O'zbekiston qalqonlari safi kengayaversin ! O'zbekning g'ururi va iftixori bo'lmish O'ZBEKISTON BAYROG'INI JAHON ARENALARIDA Yuqori cho'qqiga ko'tarishdek sharafli matonat qalbida iymoni, ko'zida shijoati porlab turgan har bir sportchiga nasib qilsin INSHA ALLOH! 🤲🤲🤲
Қолганлар билан эмас, аввалги Рио2016 билан сархисоб қилинганда олдинга юриш бўлганда ўшанда қувонсак бўларди
Natija yomon emas. Lekin endi bu natija bizni quvontirmasligi ham bor gap. Chunki Rio-2016da bokschilar bizni shunga o'rgatib qo'yishdi
Haydarov L
Eng yaxwi bokschi ni kim olibdi.
Màftunà Fàyzullàyevnà✴
G'alaba muborak bòlsin Yurtim...
Har sohada ilģorlash bizning qòlimizda va amallarimizga boģliq.
Jang zòr bòldi.Boshqa sportchilarimiz ham aslida yaxshi harakat qildi.Yuqorida ba'zi bokschilarimiz ololmaganligini sababi agarda jangni kòrgan bòlsalaring juda yaxshi kurashgan.Birinchi bokschimiz jangida esa adolatsizlik bòlganini bitun dunyo kòrdi...
Bu deganim Olimpiada butun jahon e'tiborida ekan bu kabi adolatsizliklarga davlatlar shunchaki qarab turmasligi kerak.Iqtisodiy siyosiy janglarni bu kabi musobaqalarga aralashtirmaganida medallarimiz soni bundanda kòp bòlishi mumkin edi.
Nima bòlganda ham G'alaba Muborak Òzbekistonim!!!!
O'zbekning sha'nini himoya qilishni yugagiga tugib Olimpiadada ishtirok etgan 70 nafar ( barcha sportchilarimizga) sportchimizga chuqur minnatdorchilik bildirib qolaman! Shaxsan men har jahon chempionatini ko'rganda men ham yurtimni shunaqa dunyoga tanitgim keladi- Chempionlarga havas qilaman, Davlatning suyangan tog'i bo'lib chet elga chiqish mas'uliyatini o'zi bu katta baxt deb hisoblayman! Shunday ekan medal ololmagan qadrli sportchilarimiz six aslo xafa bo'lmang , demak siz bundan oliysiga munosib ekansizki sizga ya'na bir imkon berildi. Mehribon Xalqimizning qo'llari doimo kelajak bunyodkorlari uchun - siz uchun duodadir!!!
Хитой ва Япония учун муваффақиятли бўлди. Америкадан ўтолмаган бўлсада Британиядан ўтиб кетишди. Хеч бўлмаганда олтинимиз 4та бўлганда аввалги сафарги ўринимизи олган бўлардик
Барака топишсин спортчиларимиз
Куп йиллик
огир мехнат машаккат меваси бу
Спортчиларимизни ота оналарига хам тасанно
Komiljon Baxriddinov
👍👍👍👍
Шарманда. Агар коррупция булмаганида Узбекистан бундан яхширок натижага эришарди
Ajoyib
Bundanam yuqorilarga chiqamiz
Ассаломуалайкум! ИЛМДА ҲАМ ШУНДАЙ НАТИЖА КЎРСАТГАНИМИЗДА ЭДИ. АФСУС.
Òzbekiston kelajagi buyuk davlat! Buyuk shaxslar qoni oqmoqda tomirlarimizda. Kòzimizni tòq qilib nevaramiz uchun uy solishni òylamasdan Òzbekiston kelajagi uchun qayģurishni boshlasak òsha Osiyoda 5 emas 2 òrinni olishimiz mumkin,1ga iloj yòq dunyoni kuchi yetmaydi unga
Javohirхon
Ассаломуалайкум! ИЛМДА ҲАМ ШУНДАЙ НАТИЖА КЎРСАТГАНИМИЗДА ЭДИ. АФСУС.
Buning uchun avvalo òqituvchilarning hurmat darajasini oldingidek uluģ qilish kerak. Bolalarni pul sanashga emas kitob òqishga òrgatishimiz kerak.
Ulug'bek Rustamov
Бу усиш эмас,пасайиш. Рио да 4/2/7 эди умум жамоада 21 поғона. Эски Ўзбекистонни эсладимда,
Ўзи негадир спортдан,санатдан,футболдан,кинадан файз кўтарилгандик.
Show next 49 comments