Бош прокуратура томонидан шифокорга нисбатан очилган жиноят иши бекор қилинди

Аввалроқ Самарқанд вилоятида фуқаро Х.Д.га нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилаётганлиги тўғрисида хабар берилган эди. Унда самарқандлик тиббиёт ходими тиббий текширувлардан ўтмасдан 34 нафар кишига коронавирус инфекциясини юқтиришга сабабчи бўлганлиги айтилганди.

Мазкур ҳолат юзасидан Соғлиқни сақлаш вазирлиги Х.Д.га нисбатан жиноят иши қўзғатиш тўғрисидаги қарорни асоссиз, деб ҳисоблаб, вазир Алишер Шадманов Ўзбекистон Республикаси Бош Прокурорига шифокорга нисбатан жиноят иши қўзғатиш тўғрисидаги қарорни бекор қилиш масаласининг кўриб чиқилишини сўраб мурожаат йўллаган эди.

Бугун ушбу мурожаат юзасидан Бош прокуратура томонидан жавоб хати келди.

Унда қайд этилишича, Бош прокуратура мазкур жиноят иши ҳужжатларини ўрганиш жараёнида Х.Д.га нисбатан тўпланган ҳужжатлар бўйича олиб борилган терговга қадар текширув ҳаракатлари ҳар томонлама, синчковлик билан ўтказилмасдан, барча ҳолатлар тўлиқ текширилмасдан, шошма-шошарлик билан барвақт жиноят иши қўзғатиш тўғрисида қарор қабул қилинганлигини аниқлаган.

Шунга кўра, Самарқанд вилоят Ички ишлар бошқармаси ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан Х.Д.га нисбатан Жиноят кодексининг 257-1-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатиш ҳақидаги қарор Бош прокуратура томонидан бекор қилинган.

Мурожаат Бош прокуратура томонидан чуқур ўрганилиб, тезкорлик билан ижобий ҳал қилинганлиги шифокорларимизни қувонтириши, ўз касбига нисбатан яна-да масъулият билан ёндашиб, фаолият юритишларига замин яратиши шубҳасиз.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги Бош прокуратура томонидан бугунги синовли кунларда фидойи тиббиёт ходимларининг қаҳрамонларча фаолиятини қадрлаб, адолатли қарор қабул қилганлигини эътироф этиб, адолат посбонлари бўлмиш, прокурорларимизнинг ҳақиқатни қарор топтириш йўлидаги шарафли ва машаққатли фаолиятида улкан муваффақиятлар тилайди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


👉 @xushnudbek 👈

84 comments

Show 33 more comments
Men shu vrach mahallasidanman nima bolganini bilmay gapirurmelar haqiqat har doim ... Joylarda yo'qolib ketadi bunaqa shifokorlarni boridan yug'i yaxshi qancha odam hayotini garovga qo'yib suvdan quriq chiqib ketdi qurbaqa "" ichdagi vallomatlar orqasidan
Туманда ишлайдиган бечора врачлани жазоланглар, амалдорларни хотини булган врачларга мумкин
Ja sizga yuqtirmaydigan shifokor kerak bo'lsa o'zingiz borib ishlang kasalni bilib turib yordam berganiga raxmatimi tekin ishni tagi teshik bo'ladigani shu bo'lsa kerak boyni bolasi butun viloyatga tarqatdi xechkim gapirmaydi. Oddi shifokon jinoyatchi.
Toʻgʻri hech kim ataylabdan qilmaydi hammamiz olloh asrasin!
𝗫𝘂𝘀𝗻𝗶𝗱𝗱𝗶𝗻
Men shu vrach mahallasidanman nima bolganini bilmay gapirurmelar haqiqat har doim ... Joylarda yo'qolib ketadi bunaqa shifokorlarni boridan yug'i yaxshi qancha odam hayotini garovga qo'yib suvdan quriq chiqib ketdi qurbaqa "" ichdagi vallomatlar orqasidan
Siz ro'za ramozon oyida tuxmat qilishdan uyaling mayli eshitgandirsiz lekin siz o'zingizga yomolik qilmaganmi man masalan umuman tanimiman eshitmaganman mani xursan qilgan narsa oddi shifokor oqlangani bu butun o'zbekistonda yanggilik demak qaysidir tomonga o'zgarish bor.
Nigora Jumayeva
Mening ham mahhalamda shifokorlar bor bechoralar uyiga umuman kelmaydi
Ahmed Olimov
Siz ro'za ramozon oyida tuxmat qilishdan uyaling mayli eshitgandirsiz lekin siz o'zingizga yomolik qilmaganmi man masalan umuman tanimiman eshitmaganman mani xursan qilgan narsa oddi shifokor oqlangani bu butun o'zbekistonda yanggilik demak qaysidir tomonga o'zgarish bor.
Bro siz o'ziz aytganday uni tanimaysiz atak men bilmay turib tuxmat qilmayman men eshitganm yoq kozim bilan korayabman koz oldimda kasallarni olib ketyabdi bitta shuni orqasidan qancha xalq azob chekyabdi nechta bitta odam ishga chiqolmayabdi oilasini boqolmayabdi siz hech nimani bilmaysiz shunga gapirish oson ...
Shifokor 28 aprelda uzini koronavirusga chalinganini bilyapti ungacha faqat isitmasi kutarilganku. Agar u 28 apreldan keyin ham shifoxonaga yotmay uyida davolanganida unda bu jinoyat bulardi. Uzi bilmaganku buni. Tergovchi qanday isbotlaydi u ataylab virusni bowqalarga yuqtirganini
𝗫𝘂𝘀𝗻𝗶𝗱𝗱𝗶𝗻
Bro siz o'ziz aytganday uni tanimaysiz atak men bilmay turib tuxmat qilmayman men eshitganm yoq kozim bilan korayabman koz oldimda kasallarni olib ketyabdi bitta shuni orqasidan qancha xalq azob chekyabdi nechta bitta odam ishga chiqolmayabdi oilasini boqolmayabdi siz hech nimani bilmaysiz shunga gapirish oson ...
Aka shunchalik xaqiqanparvar ekansiz nimaga qishlog'izga qanday kep qolgan bu kasalik qaysi ziyofatdan keyin butun viloyatga tarqagan bunixam gapiring yo qo'rqasizmi odam faqat kuchi yetgangamas uni tagida yotgan maqsadni topish kerak topolmaysizmi unda gapirmaslik kerak
𝗫𝘂𝘀𝗻𝗶𝗱𝗱𝗶𝗻
14 kun tashuvchi vazifasini o'tagan bilib turibmi yoki bilmay buyogi xudo ayon
Bu uni vijdoniga havola hech qanaqasiga uni aybini isbotlab bulmaydi. Balki aybdordir balki aybsizdir. Uni jazolagan bilan 34 kasal tuzalib qolmaydi balki shifokorlarni ruhini tuwiradi.
QALANDAROV IZZAT SHONAZAROVICH
O'rniga o'zing borib ishlab unda tushundingmi! Toshbaqa!
Ey aqlli blen seniyam qoni qoshning birorta qarindoshingga ashnaqa yuqtisin keyn gaplashamz uyingdan ostona hatlab daje oziq ovqat uchun chiqolma keyn gapirasan
QALANDAROV IZZAT SHONAZAROVICH
𝗫𝘂𝘀𝗻𝗶𝗱𝗱𝗶𝗻
14 kun tashuvchi vazifasini o'tagan bilib turibmi yoki bilmay buyogi xudo ayon
Aqilliy nimalar deyaverasan. Qattan chiqqansan? Kasbing kim! O'zing bir tomon bo'lib valirayverma!
Bitta terapivt virusni qayerdan dovolaydi kallang ishlat dunyodagi eng zor virusologlaring dovolmayabdi keyn u davlat hisobidan virusga kurashishga jalb etilmagan mikrob
Show next 30 comments